42
Jangovar boshqaruv signallarining o‘tishi hisobi jurnali jangovar boshqaruv
maxsus aloqa posti NHBoshlig‘i tomonidan yuritiladi, unga ATning bevosita signallarni
uzatilishini (qabul qilinishini) ta’minlovchi barcha elementlaridan bildiruvlar kelib tushadi.
ATda jangovar boshqaruv maxsus aloqa posti bo‘lmagan taqdirda, ushbu jurnalni yuritish
AT boshlig‘i tomonidan jangovar boshqaruv signallarining o‘tishi nazorati uchun javobgar
etib tayinlangan navbatchi smena mansabdor shaxsiga yuklatiladi.
Telegraf xizmatini ko‘rsatish uchun ATga biriktirilgan harbiy qism va
muassasalar kitobi telegraf stansiyasiga ega bo‘lgan har bir statsionar ATda yuritiladi.
Navbatchi smenaning shtatdan tashqari o‘t o‘chirish komandasi jangovar hisobi
shtatdagi (shtatdan tashqari) yong‘inga qarshi himoya va qutqaruv ishlari xizmati boshlig‘i
tomonidan tuziladi va AT boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Unda shtatdan tashqari o‘t
o‘chirish komandasining tarkibi, o‘tni o‘chirish bo‘yicha majburiyatlari hamda o‘t
o‘chirish va shaxsiy himoya vositalari bilan qurollanishi ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘t o‘chirish qurilmalarining va avariyaviy-qutqaruv jihozlarining joylashuvi
chizmasi ATning shtatdagi (shtatdan tashqari) yong‘inga qarshi himoya va qutqaruv ishlari
xizmati boshlig‘i tomonidan tuziladi. Unda barcha mavjud o‘t o‘chirish, shaxsiy himoya
vositalari, avariyaviy-qutqaruv jihozlari, ularning soni va AT xonalari bo‘ylab joylashuvi
ko‘rsatiladi.
MTT markazi shaxsiy tarkibini mashq qildirish grafigi (faqat statsionar ATlar
uchun) elektr ta’minot va hayotni ta’minlash markazi (ATE) boshlig‘i tomonidan tuziladi
va AT bosh (katta) muhandisi tomonidan imzolanadi. Unda mashqlar ro‘yxati, ularni
o‘tkazish vaqtlari, ularni bajarish bo‘yicha me’yoriy vaqtlar va o‘tkazilishi uchun mas’ul
shaxslar ko‘rsatiladi.