46
Atmosfera halaqitlari – elektromagnit nurlanishga molik bo‘lib, ular chaqmoqning
razryadlanishi hisobiga, shuningdek chang, suv tomchilari, qum, qor zarrachalari, kuchli
shamol yoki bo‘ron ta’sirida harakatlanib zaryadlanishi hisobiga hosil bo‘ladi va antenna
ish faoliyatiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ular uzun va o‘rta to‘lqinlarda ancha
kuchliroq, QTda kuchsizroq va UQTda juda kuchsiz bilinadi. Ularning shiddatliligi
hududlarning geografik sharoitiga, ob-havoga, sutka vaqtiga va yil fasliga bog‘liqdir.
Chastota qancha yuqori bo‘lsa, atmosfera halaqitlari ta’siri shuncha kamayib boradi.
30 MGs dan yuqori bo‘lgan chastota kengliklariga deyarli ta’sir qilmaydi.
Koinot halaqitlari – Quyosh, Oy, va boshqa galaktika fazoviy jismlarining nurlanishi
hisobiga yuzaga keladi. Koinot halaqitlari sun’iy yo‘ldoshli (sputnikovыy) aloqaga juda
qattiq ta’sir ko‘rsatadi. “Magnit bo‘roni” ham koinot halaqitlari turiga kiradi va QTli
radioaloqaga o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
Industrial (sanoat) halaqitlar – sanoat, tibbiyot, ilmiy va kundalik hayotda
ishlatiladigan xo‘jalik elektr uskunalarining (
har-xil stanoklar, dvigatellar, yuqori
kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, transformator stansiyalari, elektr toki bilan
ishlaydigan tibbiyot uskunalari, elektr payvandlash uskunalari va h.k.) ishlash jarayonida
hosil bo‘ladi. Ushbu halaqitlar harbiy radioaloqa vositalariga juda katta ta’sir kuchini
ko‘rsatadi. Asosan avtomobillarda, zirxli texnikalarda va uchish apparatlarida o‘rnatilgan
radiovositalarga ularning o‘t oldirish tizimi, xar-xil elektr qurilmalarining ish faoliyati
hisobiga paydo bo‘layotgan halaqitlar ta’sir ko‘rsatadi.