• Sanoat halaqitlaridan himoyalashga
  • To‘rtinchi bo‘lim nazorat savollari
  • Radiohalaqitlar paydo bo‘lgan vaziyatda




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
    Radiohalaqitlar paydo bo‘lgan vaziyatda radioaloqa chidamliligini ta’minlash 
    uchun quyidagi choralarni ko‘rish lozim: 
    zahiradagi chastotalarga o‘tish;
    – BP hamda ichkari BPda asosiy navbatchi qabul chastotalaridan foydalanish;
    – birlashma AT va qo‘shni tuzilmalar orqali o‘tuvchi aylanib o‘tish kanallaridan 
    foydalanish;
    – vositalar mavjud bo‘lganda, QTli va UQTli radiostansiyalardan foydalangan holda 
    o‘rinbosar radioaloqa kanallarini tashkil qilish. 
    Sanoat halaqitlaridan himoyalashga quyidagicha erishiladi: 
    – radiostansiyalarni mahalliy shovqinlar manbaidan uzoqda joylashtirish; 
    – jangovar mashinalar, QShM, komandir mashinalari, jangovar boshqaruv 
    mashinalari, maxsus avtomobillar elektr jihozlarini ekranlash. 
    Shunday qilib, barcha darajadagi komandirlarning radiovositalarni qo‘llash shartlari 
    va ularni himoyalash bo‘yicha ko‘riladigan choralar majmui bo‘yicha bilimlari ularga 
    istalgan vaziyatda qo‘l ostidagi va biriktirilgan bo‘linmalarni uzluksiz boshqarishni 
    ta’minlash imkonini beradi. 
    To‘rtinchi bo‘lim nazorat savollari 
    1. Radioelektron vosita (REV) larning elektromagnit moslashuvi (EMM) 
    muammolari. 
    2. Radiohalaqitlarning asosiy turlari va ularni REV ishiga ta’siri. 
    3. REVlarning EMMini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar. 


    49 
    ILOVALAR 
    1- ILOVA 
    TUSHUNTIRISHLAR 
    1. Aloqa tugunining har bir elementiga (markaziga, stansiyasiga) P harfi va uch xonali 
    sondan iborat bo‘lgan shartli belgi beriladi. 
    P-100 – tlegraf markazi (telegraf stansiyasi); 
    P-200 – telefon markazi (telefon stansiyasi); 
    P-300 –kanal hosil qilish markazi (stansiyasi); 
    P-400 – qo‘shinlarni avtomatlishtirlgan boshqarish tizimi markazi (bo‘limi); 
    P-500 – axborot o‘tishini ta’minlash markazi; 
    P-600 – qabul qiluvchi radiomarkaz; 
    P-700 – uzatuvchi radiomarkaz; 
    P-800 – koinot aloqasi markazi (stansiyasi) (aloqa tuguni tarkibida mavjud bo‘lsa); 
    P-900 – Muxandislik-texnik tizimi markazi. 
    Aloqa tuguni tarkibida bir nechta bir xil turdagi elementlar (markazlar, stansiyalar) 
    mavjud bo‘lsa ularning shartli belgilari oldiga tartib raqami qo‘yiladi. 
    Masalan: 1P-300, 2P-300, 1P-600, 2P-600. 
    2. Aloqa tuguni elementlari (markazlari, stansiyalari) har bir jangovar postining 
    (apparatxonasining, stansiyasining) shartli belgisi JP harflaridan va uch yoki to‘rt xonali 
    sonlardan iborat bo‘ladi va bunda birinchi raqam tegishli elementga (markazga, stansiyaga) 
    qarashli ekanligini ko‘rsatadi. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish