• Tutashuv halaqitlari
  • O‘zaro halaqitlar
  • Aloqa tugunlari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
    Fluktuasion halaqitlar – elektr zanjirlarida harakatlanayotgan elektronlardan ajralib 
    chiqayotgan issiqlik hisobiga hosil bo‘ladi, ular uzatish va qabul qilish traktlari 
    qurilmalariga katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki uzatgichning keng yo‘lkali halaqiti asosan 
    fluktuasion halaqitlardan tashkil topgan. Uzatgich yaqinida joylashgan qabul qilgich 
    qurilmalarida ishlash vaqtida bu turdagi halaqitlardan himoya qilishni hisobga olishimiz 
    lozim. Uzatgich chiqishida radiochastotalarni filtrlash usulini qo‘llab, ushbu turdagi 
    halaqitlar bilan kurashiladi. 
    Tutashuv halaqitlari – kuchli elektromagnit maydonda o‘tkazuvchi yuzalar orasida 
    o‘zgaruvchan kontaktlar paydo bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi, bir harakatlanuvchi obyekt 
    ichida bir nechasining bir vaqtda ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy faktor hisoblanadi.
    Tutashuv halaqitlarining paydo bo‘lish jarayonini quyidagicha tavsiflash mumkin: 
    Harakatlanuvchi obyekt (avtomobil, BTR, PJM, tank va boshqalar), elektr nuqtai 
    nazaridan, bir-biri bilan bog‘langan juda ko‘p sonli metall elementlardan iborat. Bunday 
    elementlarga obyekt korpusi, yurish qismi detallari, lyuklari eshiklari, apparatura bloklari, 
    qo‘shimcha uskunalar va hokazolarni kiritish mumkin. Elektr nuqtai nazardan, bu 
    elementlarning ayrimlari bir-biri bilan mustahkam qotirib bog‘langan, shuning uchun ular 
    orasidagi kontaktning o‘tish qarshiligi vaqt bo‘yicha deyarli o‘zgarmaydi. Shu bilan bir 
    qatorda, bu obyektlarda katta miqdordagi metall elementlar borki, ular harakatlanish 
    paytida yoki obyektdagi mexanik ta’sirlar natijasida bir-biriga uriladi, bir-biri bilan 
    ishqalanadi, bir-biriga nisbatan siljiydi, buning natijasida esa ular orasida doimiy 
    bo‘lmagan kontaktlar hosil bo‘ladi. 
    O‘zaro halaqitlar bu radiovositalarning asosiy va salbiy nurlanishlaridan hosil 
    bo‘luvchi halaqitlardir. Ko‘p sonli radioelektron vositalarning bir vaqtda ishlashi o‘zaro 
    halaqitlar bilan kurash muammosini ilgari surdi. 


    47 
    Hozirda turli maqsadlarda ishlatilayotgan radioelektron vositalar sonining keskin 
    o‘sishi kuzatilmoqda (yer usti va koinot radioaloqasi, televideniye, radiolokasiya, 
    radionavigasiya va boshqalar).
    Bu holat radiochastotalarga bo‘lgan talabni yanada oshishiga olib kelmoqda, lekin 
    radioto‘lqinlar diapazonining hajmi cheklangan, natijada ko‘p radiotizimlar bitta chastota 
    yo‘lagida ishlashga majburdir. Ko‘plab radiotizimlar tomonidan birlashtirilgan chastotalar 
    yo‘lagidan foydalanishi o‘zaro halaqitlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
    O‘zaro halaqitlarning miqdori ko‘p holatlarda to‘lqinlarning tarqalish xususiyatlariga 
    bog‘liq bo‘ladi. Turli xil diapazondagi radioto‘lqinlarning tarqalish xususiyatlari bir 
    biridan tubdan farq qiladi. Shu sababli, har bir diapazondagi o‘zaro halaqitlarni miqdori va 
    xususiyatlarini aniqlash va baholashda shu diapazonga tegishli bo‘lgan maxsus usullar 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    QT diapazoni 3–30 MGs oralig‘ida bo‘lgan chastotalar diapazonini o‘z ichiga oladi, 
    bu chastotalar diapazonining umumiy kengligi 27 MGs ni tashkil qiladi. Odatda bitta aloqa 
    kanalining ishlashi uchun 5 kGs kenglikdagi chastotalar diapazoni ajratiladi, natijada QT 
    diapazonida 5400 ta aloqa kanalini joylashtirish mumkin bo‘ladi.
    Hozirgi kunda yer yuzining ko‘plab davlatlarida yuqorida ko‘rsatilgan kanallar 
    sonidan oshiq katta miqdordagi QT diapazonida ishlovchi radiostansiya va uzatgichlar 
    mavjud. Shuning uchun ko‘p hollarda yer yuzining turli joylarida joylashgan 
    radiostansiyalarning aksariyat qismi bitta chastotada ishlashga majburdirlar. 
    Natijada, QT radioliniyasida to‘lqinlarning uzoq masofalarga tarqalishi oqibatida, 
    radiostansiyalarning bir biridan katta masofalarda joylashishiga qaramay, qabul nuqtalarida 
    yuqori miqdordagi o‘zaro halaqitlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish