45
1- rasm. ATda aloqa vositalarini EMM bo‘yicha joylashish chizmasi.
Radiostansiyalarning ta’sir masofasi asosan qo‘yidagilarga bog‘liq:
– uzatkichlarning quvvatiga;
– radioto‘lqin tarqalish sharoitlariga;
– ishchi chastotalarga;
– antenna turiga;
– qabul punktidagi shovqin sathiga;
– qabul qilgichning sezgirligi va tanlovchanligiga;
– radiostansiyaning joylashishi o‘rniga.
BP ATlarida har-bir xizmat boshliqlari, bo‘linma komandirlari uchun radiostansiyalar
yoyiladi va ular xizmat yuzasidan o‘z ish faoliyatlarini olib borishadi.
Radiostansiyalarni BPlarida birgalikda to‘g‘ri joylashtirish muhim ahamiyatga egadir,
chunki hatto ishchi chastotalarni to‘g‘ri tanlagan holda ham radiostansiyalarni bir-biriga
yaqin joylashtirish shunga olib keladiki, bir radiostansiyaning uzatishga ishlashi boshqa
radiostansiyalarda
aloqa
sifatining
jiddiy
yomonlashuvini
keltirib
chiqaradi.
Radiostansiyalar oralig‘idagi masofa qanchalik yaqin bo‘lsa, chastotalar farqi shunchalik
katta bo‘lishi lozim. Hududiy farq normalari texnik hujjatlarda beriladi.