• Antenna qurilmalarining azimutal chizmalari
  • Kanallarni taqsimlash jadvallari
  • AT va boshqaruv punktlari mansabdor shaxslari pozivnoylari jadvallari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
    AT va boshqaruv punktlari mansabdor shaxslari pozivnoylari jadvallari, 
    telegraf va telefon so‘zlashuvlarini olib borish huquqiga ega mansabdor shaxslar 
    ro‘yxatlari, AT telefon stansiyalari abonentlari ro‘yxatlari yuqori turuvchi shtab 
    tomonidan ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va ATga jo‘natiladi. O‘zgarishlar bo‘lganda 
    ro‘yxatlar AT boshlig‘i tomonidan aniqlashtiriladi. 
    Antenna qurilmalarining azimutal chizmalari ATning qabul qiluvchi va uzatuvchi 
    radiomarkazlarida ishlab chiqiladi (faqat statsionar ATlar uchun). 
    Chizmaga quyidagilar tushiriladi: 
    – antenna qurilmalari, shu jumladan zaxiradagi tezda tiklanuvchi ham 
    (antennalarning turi, shartli raqamlari va ishchi chastotalar diapazonlari, ularning 
    yo‘naltirilganlik diagrammasi azimutlari ko‘rsatilgan holda); 
    – fider va antennalarni kommutatsiyalash qurilmalari (antenna kommutatorlari, 
    transformatorlari va qayta ulagichlari); 
    – radioaloqa yo‘nalishlariga antenna-fider qurilmalarining biriktirilishi va turli 
    vaziyat sharoitlarida antenna qurilmalarini ishlatish mumkin bo‘lgan variantlar. 
    Kanallarni taqsimlash jadvallari har qaysi yuqori chastotali telefonlash va tonal 
    telegraflash tizimi uchun AT chizma-buyrug‘iga asosan tuziladi. 
    Davlat aloqa tarmog‘idan ijaraga olingan tonal chastota kanallari hisobi jurnali 
    AT kanal hosil qilish markazida yuritiladi (faqat statsionar ATlar uchun). 
    Har qaysi uzatish tizimiga va magistral aloqa kabel liniyasiga pasport (faqat 
    statsionar ATlar uchun) ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun javobgar bo‘lgan 
    tashkilot vakili tomonidan, uzatish tizimini ishga tushirishda belgilangan shaklda 
    rasmiylashtiriladi. 
    Keyinchalik, ATE bosh muhandisi (muhandisi) tomonidan pasportga aloqa va QABT 
    vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rahbariy hujjatlar bilan belgilangan 
    davriylikda o‘tkaziladigan uzatish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish davomida o‘tkazilgan 
    o‘lchashlar natijalari kiritiladi. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AT va boshqaruv punktlari mansabdor shaxslari pozivnoylari jadvallari

    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish