• Talab qilinadi
  • 8.1-jadval Ichki nazorat va buxgalteriya hisobi tizimi holatlarini tekshirish uchun savolnoma
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet105/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    AMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR

    1. MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH BO’YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI

    1. Masala. “Ramz” MChJda ro’yxatdagi xodimlar soni hisobi qilinadi. Tanlab olingan yilda bir marta mehnatga haq to’lovi yozilishi, ish haqidan ushlab qolishlarning to’g’riligi tekshiriladi.

    Shtat jadvali, shtat jadvali bo’yicha to’lovlar, tariflardan foydalanishlarning to’g’riligi, mukofotlar, ta’tillar, tungi ish soatlari tekshirilmaydi.
    Dastlabki hujjatlar to’g’ri tuzilgan, lekin namunaviy hujjatlar va hisob registrlaridan hamma vaqt ham foydalanilmaydi.
    6710, 6720 schetlar bo’yicha analitik hisob yozuvlari sintetik hisob registrlardagi yozuvlar, Bosh kitob bilan taqqoslanadi.
    Talab qilinadi:

    1. Mehnatga haq to’lash hisobi bo’limida nazoratni baholash o’tkazilsin (13 - jadval);

    2. 2012 yil sentyabr uchun hisobdor shaxslarga xisobot berish sharti bilan berilgan summalarning ortiqcha to’lanishi va kam to’langanligi qaydnomasi tuzilsin.

    3. Olingan natijalar bo’yicha mehnat qonunchiligiga amal qilinishi va mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob – kitoblar to’g’riligining auditorlik tekshiruvi dasturi tuzilsin.

    4. Auditor qanday usullar yoki auditorlik muolajalari bilan dalillar yig’adi?

    8.1-jadval Ichki nazorat va buxgalteriya hisobi tizimi holatlarini tekshirish uchun
    savolnoma



    Savolnomalar

    javoblar

    Eslatma

    ha

    Yo’q

    Javob
    yo’q

    A. Ichki nazorat

    1

    Ishchilarning ro’yxatdagi tarkibi tekshiriladimi
    (qachon va necha marta)?













    2

    Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi sonining sanab
    chiqilishi to’g’riligi tekshiriladimi?













    3

    Mohiyatiga ko’ra yozilgan ish haqi tekshiriladimi (buyruqlar, shartnomalar, kontraktlar, dastlabki
    hujjatlarning haqiqiyligini, bajarilgan ish hajmi) ?













    4

    Shtat jadvali va shtat jadvaliga ko’ra mehnatga haq
    to’lash tekshiriladimi?













    5

    Ish haqidan ushlab qolishlar to’g’riligi
    tekshiriladimi?













    6

    Mehnatga haq hisoblashda ta’riflardan, narx va razryadlar hamda shu kabilardan foydalanishning
    to’g’riligi tekshiriladimi?













    7

    Mukofotlar, rag’batlantirishlar, ta’til pullari, yo’l pullari yozilishi asoslanganligi tekshiriladimi (qarorlar, buyruqlar, ish hajmi, hujjatlar bilan
    tasdiqlanishi)?













    B. Hisob tizimi

    1

    Dastlabki xujjatlar ishonchliligi va ular to’g’ri
    tuzilganmi?













    2

    Tabelga boshqa o’ylab topilgan shaxslarning
















    hujjatlarini ham qo’shib qo’yish holatlari yo’qmi?













    3

    Avval to’langan hujjatlar bo’yicha yana takroran
    summa (haq) yozish holatlari yo’qmi?













    4

    Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarida
    arifmetik xatolar yo’qmi?













    5

    Mehnatga haq to’lashni tashkil qilish va to’lovlar
    hisobini yuritish loyixasi mavjudmi?













    6

    Hamma holatlarda namunali hujjatlar va hisob
    registrlaridan foydalaniladimi?













    7

    Ish haqini hisoblash va undan ushlab (chegirib)
    qolishlar bo’yicha muomulalar hisob-varaqlar (schetlar)da to’g’ri aks ettiriladimi?













    8

    6710 va 6720 schet bo’yicha analitik hisob yozuvlari ijro varaqalari bo’yicha hisob-kitoblar qismidagi va deponent qilingan ish haqi registrlaridagi, Bosh
    kitob, balans yozuvlari bilan taqqoslanadimi?
















    1. Masala. “Ramz” MChJ xodimlarining mehnatiga mehnatga haq to’lash haqidagi Nizom asosida vaqtbay mukofotli va ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Mukofotlash haqidagi Nizomga ko’ra maoshga 35 % miqdorda mukofot belgilangan. Firma rahbari Meliev T. tomonidan 2012 yilga shtat jadvali tasdiqlangan. 2012 yil sentyabrda “Ramz” MChJda ish vaqtini hisobga olish tabeliga muvofiq shtat jadvali bo’yicha 15 xodim ishladi (shundan 7 tasi ishchilar), oltitasi o’rindoshlik bo’yicha (Qosimova N.S., Muqimov G.S., Jumaev S.P. ), bittasi pudrat shartnomasi bo’yicha (Muhammadiev A.S). Firma buxgalteri tomonidan ishchilarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni 22 kishi (15+6+1) deb belgilangan.

    Yusupov L.F. 2012 yil 1 maydan o’rindoshlik bo’yicha buxgalterlik lavozimiga qabul qilingan (asos – shaxsiy arizasi, rahbarining ishga qabul qilish haqidagi buyrug’i yo’q).
    Rahbarning 2012 yil 21 avgusdagi 20 – sonli buyrug’iga muvofiq ekspeditor Jumaev S.P. 14 avgust 2012 yildan o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shatilgan.
    Haydovchi Jo’raev O.I 5 sentyabr 2012 yildan ishchilar shtati qisqarishiga ko’ra bo’shatilgan (4 sentyabr 2012 yildagi 25 sonli buyruq).
    Talab qilinadi:

    1. Mehnat qonunchiligiga amal qilinishi to’g’riligini tekshiring.

    2. Xo’jalikning mehnatga haq to’lash bo’yicha ichki reglamenti (ish tartibi) shuningdek, 2012 yilga shtat jadvali borligi tekshirilsin;

    3. Yuqorida bayon qilingan vaziyat buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilganligi tekshirilsin.

    4. 2012 yil sentyabr uchun 9 –son hisob-kitob to’lov qaydnomasi yozuvlari taqqoslansin (maosh belgilash, ishdan bo’shatish, ta’til berish va boshqalar).




    1. Masala. 1. 2012 yil sentyabr uchun 9 –sonli hisoblash – to’lov qaytnomasiga muvofiq 26190000 so’m ish haqi hisoblangan

    1. Kotiba – referent Azimova A.S.ga vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi bo’yicha 597700 so’m nafaqa hisoblangan. Nafaqa hisoblash uchun asos 26 avgust 2012

    yildan 22 sentyabr 2012 yilgacha kasallik varaqasi hisoblanadi. Yanvardan mehnatga yaroqsizlik oyigacha 8 oy o’tgan. Hisobot davrida quyidagi mukofotlar yozilgan: yanvardan iyulgacha – 1400000 so’m, avgust uchun – 119000 so’m. 2012 yil sentyabrda 23 ish kuni mavjud.
    Ish staji – bir yil 100 %lik nafaqa uchun rahbarining buyrug’i yo’q.

    1. Ta’tilda bo’lgan vaqti uchun kassir Daminova I.V.ga 586000 so’m hisoblanadi. Hisoblash uchun asos – rahbarning 21 avgust 2012 yildan ta’til berish haqidagi (24 kun) 1 iyul 2012 yildagi 19 sonli buyrug’i “Ramz” MChJda besh kunlik ish haftasi belgilangan.

    2. May, iyun to’liq ishlangan, bu oylarning har biri uchun ish haqi 500000 so’mni tashkil etdi. Iyulda 15 ish kuni ishlangan, bu oy uchun ish haqi 3000000 so’m, har oylik mukofot - 100000 so’m.

    10 avgust 2012 yildagi 21 –son buyruqqa muvofiq buxgalter Sokolova L.F ga 13
    avgust 2012 yildan ta’til berildi. (24 ish kuni). Avvalgi ta’til 2011 yilning 1 dan 24 iyulgacha berilgan. Hisobot davri oylari to’liq ishlangan va ish haqqi summasi quyidagilarni tashkil etilgan:
    Mayda – 100000 so’m (20 ish kuni); Iyunda – 100000 so’m (20 ish kuni); Iyulda – 100000 so’m (20 ish kuni); Avgustda – 300000 so’m
    Tashkilot buxgalteri tomonidan 1200000 so’m miqdorda ta’til uchun pul belgilangan.

    1. Haydovchi Jo’raev O.ga dam olish nafaqasi va 8 oy uchun foydalanilmagan ta’tilga 407000 so’m miqdorda kompensatsiya hisoblangan, uning oylik ish haqi 400000 so’m deb belgilangan edi. Mukofotlash haqidagi Nizom bilan, shuningdek, har oyda oylik ish haqining 20 % miqdorida to’lov ham ko’zda tutilgan. Hisob – kitob davrida unga hisoblanadi. (8.2 - jadval):







    Download 13,28 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   211




    Download 13,28 Mb.