• ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI ATAMANING MA’NOSI
  • 8-MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH BO’YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI Auditning maqsadi, malumot manbalari.
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet102/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    BO’YICHA GLOSSARIY



    ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI

    ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI

    ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI



    ATAMANING MA’NOSI

    Baholash.

    Evaluation

    Оtsenka

    Majburiyatlarg baholanishi - Majburiyatlarning buxgalteriya yozuvlarida nominal qiymat bo’yicha va har qanday mukofot va diskontlarni chegirib va qo’shib
    yuritilishi

    Tasniflanishi.

    Classification.

    Кlassifikatsiya.

    Majburiyatlarning tasniflanishi - majburiyatlarning moliyaviy hisobotlarda to’g’ri yuritilishi. uzoq muddatli majburiyatlarning kelgusi yil to’lanishi
    lozim bo’lgan qismi qisqa muddatli majburiyat sifatida aks ettirilishi

    Forvard

    forward

    Фorvard

    Bank va mijoz o’rtasida kelagusida belgilangan sanada belgilangan xorijiy valyuta 6 summasini sotish yoki sotib olish bo’yicha ijro etish majburiy bo’lgan
    bitimdir.

    Ipoteka


    mortgage


    ipoteka


    Ipoteka - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan
    ko’chmas mulkni (er, imorat va hokazo) garovga qo’yish.

    Fyuchers operatsiyalari

    futures operations

    fyuchersnie operatsii

    Birjalarda amalga oshiriladigan savdo-sotiq operatsiyalari. Bu operatsiyalar shartnoma tuzilganidan so’ng ishlab chiqariladigan yoki etishtirib beriladigan mahsulotlar bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so’ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum
    summani o’tkazib beradi.

    Nazorat amallari



    Control activities

    Кontrolnie deystviya

    Nazorat amallari - korxona xodimlari
    tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.

    Nazorat muhiti

    Control environment



    Кontrol okrujayushchey obstanovki

    nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;

    Riskni baholash

    Risk assessment

    Оtsenka riska

    Riskni baholash — Tadbirkorlik sub’ekti va uning faoliyati muhitini, jumladan, ichki nazoratini tushunish, firibgarlik yoki xato sababli muhim buzib ko’rsatish riskini moliyaviy hisobot va taqdimnomalar darajalarida aniqlash va baholash uchun
    bajariladigan audit tartib-taomillardir.

    8-MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH BO’YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI



    1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish

    Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi respublika mehnat qonunchiligining asosiy hujjati O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi1 (O`zR MK) hisoblanadi. Unda xodimlarning asosiy mehnat huquqlari belgilangan.
    «Har bir xodim:

      • o`z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo`lmagan miqdorda haq olish;

      • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o`rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to`lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish;

      • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

      • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

      • ish bilan boqliq holda sog`ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o`rnini qoplash;

      • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

      • qariganda, mehnat qobiliyatini yo`qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta'minot olish;

      • o`zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

      • jamoalarga doir mehnat nizolarida o`z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir»2.

    Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq to`lash va ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim.
    Mehnat shartnomalari3:

      • ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o`rtasida (jamoa shartnomasi);

      • ish beruvchi va ayrim xodimlar o`rtasida (mehnat shartnomasti, to`liq moliyaviy mas'uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin.

      • quyidagilar ish beruvchilar bo`lishi mumkin:



    1 O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O’zR. 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan va 1996- yil 1-apreldan amalga kiritilgan.
    2 Shu erda , 16-modda.
    3 Xasanov N., Xaydarov Ch. va boshq. Korxonalarda ish haqi. - T.: 2004, 4-b.

      • korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo`linmalari o`z rahbarlari timsolida;

      • mulkdorlarning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar;

      • o`n sakkiz yoshga to`lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

      • Ish beruvchi:

      • korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;

      • qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor qilish;

      • mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;

      • o`z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar bilan jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir.

    «Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan»1. Ularni qo`llash mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi xodimga ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»2 to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O`zR MK da belgilab qo`ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli. Ish beruvchi haq to`lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
    Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o`rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me'yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga haq to`lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy- maishiy va tibbiy xizmat ko`rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi.
    Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o`zlari vakolat bergan boshqa vakillik organ - orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
    Tekshiruv o`tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to`lash va mukofotlash to`g`risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to`lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo`limi komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini o`tkazish bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1-jadvalda keltirilgan.


    1 O’zR Mehnat kodeksi. 5-modda.
    2 Shu erda, 157-modda.
    8.1-jadval

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   211




    Download 13,28 Mb.