|
Amaliy audit
|
bet | 98/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
7-MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA QARZLAR AUDITI
masala. “Ramz” MChJda korxon asosida tasdiqlangan buyruqqa ko’ra bo’nak puli berishga ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati bor. Xodimlarni xizmat safariga yuborishda hamma vaqt ham yozma ko’rsatmalar rasmiylashtirilmaydi, rahbariyat tomonidan tasdiqlangan xarajatlar scheti yo’q, lekin hizmat safari uchun berilishi lozim bo’lgan summalar hisob – kitob qilinadi.
Bundan tashqari, korxonada avval olgan bo’naklar bo’yicha hisob bermagan shaxslarga yangi bo’naklar berilgan. Soliqqa tortish maqsadida vakolatli va xizmat safarlari me’yori bo’yicha va undan yuqori holatda analitik hisob tashkil etilmagan.
Talab qilinadi:
Hisobdor shaxslar bilan hisob – kitoblar hisobi nazorati baxolansin. (11- jadval)
Olingan natijalar bo’yicha hisobdor shaxslar bilan hisob – kitoblar hisobini auditorlik tekshiruvi dasturi tuzilsin.
Yuqorida bayon qilingan vaziyat buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilganmi – yo’qmi, tekshirilsin.
Auditorlar qanday usullar yoki auditorlik muolajalari bilan dalillar yig’adi?
Bunday vaziyatlarda auditorning xarakatlarini izohlang?
11-jadval Hisobdor beruvchi shaxslar bilan hisob – kitoblar hisobi tizimi va ichki
nazorat holatini tekshirish testlari anketasi
-
№
|
Savolnomalar
|
Javob
|
Eslatma
|
ha
|
yo’q
|
javob
yo’q
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Korxonada, korxona buyrug’i bilan tasdiqlangan, xo’jalik ehtiyojlari uchun pul berishga ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati
bormi?
|
|
|
|
|
2
|
Avval bo’nak hisobot berish sharti bilan pul olgan, lekin bo’nak hisobotini topshirmagan
shaxslarga yangi bo’naklar berilganmi?
|
|
|
|
|
3
|
Xodimlar xizmat safarlariga yuborilganda
korxona rahbarining yozma ko’rsatmasi (buyrug’i) bormi?
|
|
|
|
|
4
|
Korxona rahbari qarori bilan qoplanadigan me’yorida ortiq sutkalik xarajatlar daromad
solig’iga tortilganmi?
|
|
|
|
|
5
|
Soliqqa tortish maqsadi uchun me’yordagi va me’yoridan ortiq xizmat safari xarajatlarining
analitik hisobi tashkil qilinganmi?
|
|
|
|
|
6
|
Korxona rahbarining yozma ko’rsatmasi bilan
tasdiqlangan vakillik xarajatlari smetasi bormi?
|
|
|
|
|
7
|
Soliqqa tortish maqsadlari uchun me’yorida va
me’yoridan ortiq vakillik xarajatlarining analitik hisobi tashkil qilinganmi?
|
|
|
|
|
8
|
Xodimga hizmat safariga hisoblanadigan
summaning hisob – kitobi o’tkazilganmi?
|
|
|
|
|
masala. Quyidagi bo’nak hisobotlari yaxlit tartibda tekshirildi.
1. 2012 yil 25 sentyabrda buxgalter A. Olimov tomonidan taqdim etilgan 84- sonli bo’nak hisoboti. Hisobotni tuzish uchun 2012 yil 10 sentyabrda 27 –sonli buyruq bo’yicha Qarshi shaxrida malaka oshirish kurslariga xizmat safari yuborilgan. Bo’nak hisoboti 1286700 so’m miqdorda tasdiqlangan. Bo’nak hisobotiga quyidagilar ilova qilingan:
2012 yil 12 va 20 sentyabrda belgi qo’yilgan qiymati 303200 (shu jumladan, QQS) so’m bo’lgan ikkita temir yo’l bileti;
“Toshkentdan 12 sentyabr 2012 yilda chiqib ketdi, Toshkentga 22 sentyabr 2012 yilda keldi” belgilari bo’lgan hizmat safari guvohnomasi;
“Auditreyting” MChJ STRA dasturiga 2012 yil 14 sentyabrdan 601 – sonli kvitantsiya, 380000 so’m (shu jumladan QQS) miqdorda o’qigani uchun;
“MUM” do’konining16000 so’mlik maxsus adabiyotlar sotib olingani uchun cheki nusxasi;
“Sayohat” mehmonxonasining 7 sutka uchun 65000 so’mga (shu jumladan QQS) 210 224 –son raqami scheti;
Telefonda so’zlashuv uchun 11500 so’mga kvitantsiya (qoplash uchun rahbarning buyrug’i yo’q);
Kassadan A. Olimov tomonidan 12 sentyabrda 910000 so’m olingan. Hamma xarajatlar buxgalter tomonidan davr xarajatlariga kiritilgan. (schet 9430).
27 sentyabr 2012 yilda “Ramz” MChJda pudrat shartnomasi bilan ishlaydigan Qo’shmatov A.S. 79 – sonli bo’nak hisoboti bergan. Bo’nak hisoboti 824500 so’m miqdorida tasdiqlangan. Bo’nak hisobotini tuzishga asos 5 dan 9 sentyabr 2012 yilgacha Qarshi shahriga xizmat safari bo’lganligi to’g’risida guvohnoma.
Bo’nak hisobotiga quyidagilar ilova qilingan:
5 va 9 sentyabr 2012 yil belgisi qo’yilgan, 269500 so’m miqdordagi (shu jumladan, QQS) ikkita aviabilet;
Quyidagi belgilar bilan xizmat safari guvohnomasi:
Toshkentdan chiqib ketdi – 5 sentyabr 2012 yil. Qarshiga keldi - 5 sentyabr 2012 yil.
Qarshidan chiqib ketdi – 9 sentyabr 2012 yil. Toshkentga etib keldi – 9 sentyabr 2012 yil.
“Qarshi” mehmonxonasining 5dan 9 sentyabr 2012 yilgacha, 5 sutka uchun 300000 so’mga (shu jumladan QQS) scheti;
“Omad” MChJning 200000 so’m miqdordagi (shu jumladan QQS) reklamasi uchun kassa kirim orderi 11467 –son raqamli kvitantsiyasi;
5 sutka uchun, sutkasiga 11000 so’m hisobida, pul.
Aylanma qaydnomaga muvofiq, Qo’shmatov A.S.da avvalgi bo’nakdan qoldiq 30000 so’mni tashkil etdi. 4 sentyabr 2012 yilda xarajatlar kassa orderi bo’yicha hisobot ostida 580000 so’m olingan. Xizmat safari harajatlari summasi xarajatlar schetida hisobdan chiqarilgan.
30 sentyabr 2012 yilda menejer A.Avazov tomonidan bo’nak hisoboti berilgan. Hisobot tuzish uchun asos 22dan 26 sentyabr 2012 yilgacha mehnat bitimlari tuzish uchun Navoiy shahriga xizmat safarida bo’lgan (xizmat safariga yuborish haqida rahbarining buyrug’i yo’q)
Bo’nak hisoboti 430200 summasiga tasdiqlangan. Bo’nak hisobotiga quyidagilar ilova qilingan:
22 va 26 sentyabr 2012 yil belgilari qo’yilgan, 148000 so’mlik ikkita temir yo’l chiptasi;
1200 so’mlik miqdorda telefonda gaplashganlik uchun kvitantsiya (qoplash haqida rahbar buyrug’i yo’q);
“Siyov” mehmonxonasining 4 sutkaga har sutka uchun 56000 so’mdan 224000 so’mga (shu jumladan QQS) 115 – sonli kvitantsiyasi;
Sutkasiga 11000 so’mdan 5 sutka uchun to’lovnoma (me’yoridan ortiq sutkalik haqni to’lash haqida buyruq yo’q);
2 dona o’rin – ko’rpa buyumlaridan foydalanganlik uchun 2 x 1000 so’m
= 2000 so’mga kvitantsiya.
8 sentyabr 2012 yilda Avazov A.I. kassadan kassa chiqim orderi bo’yicha 1050000 so’m olgan. Hamma harajatlar “Davr xarajatlari” schetiga kiritilgan.
4. 7 sentyabr 2012 yilda direktor T.V. Meliev 81 – sonli bo’nak hisoboti taqdim etdi. Hisobot tuzish uchun asos Nukus shahriga dam olish uchun borilgani bo’lgan. Hisobot 840000 so’m miqdorda tasdiqlangan. Bo’nak hisobotiga quyidagilar ilova qilingan:
15 avgust 2012 yil va 30 avgust 2012 yil sanasi belgisi qo’yilgan, 300000 so’m miqdordagi Toshket – Nukus, Nukus – Toshket yo’nalishi bo’yicha ikkita temir yo’l chiptasi;
Mehmonxonaning 540000 so’mga (shu jumladan QQS) scheti. 7 sentyabr 2012 yilda I. Melievga 101 – sonli kassa chiqim orderi bo’yicha 840000 so’m berilgan.
Sayoxat bo’yicha hamma xarajatlar “Davr harajatlari” schetiga kiritilgan.
|
| |