Nazorat-maslahatchi auditorlik tizimining tarkibi




Download 13,28 Mb.
bet193/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Nazorat-maslahatchi auditorlik tizimining tarkibi

16.2-chizma. Nazorat-maslahatchi auditorlik tizimining tarkibi.

Chizmada axborot va dasturiy ta’minot umumlashtirib ko’rsatilgan.


Barcha tizim shartli ravishda ikki qismga - nazorat qiluvchi va maslahat beruvchi qismlarga bo’lingan. Quyida biz bu qismlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Nazorat qiluvchi qism ikkita umumlashgan moduldan iborat bo’lib, ulardan biri bilimlar manbaini va tuzatish kiritishni, ma’lumot beruvchi va boshqa fayllarni tashkil qilish uchun, ikkinchisi esa - shaxsan auditni bajarish uchun mo’ljallangan.
Bilim olish moduli (1-modul) - bilim manbaini tashkil etishga qaratilgan.
Bilim manbai - NMATning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. U ikki qismdan: qoidalar manbai va haqiqatlar manbaidan iborat.
Qoidalar manbai standart shakldagi bilimlar muolajasini o’z ichiga oladi:
Agar , u holda qoidalar bir necha modifikatsiyalarda mavjud bo’ladi:

  1. Ekranga chiqarish

<1 knopka bosilgan > <1-harakat bajarilsin>
<2 knopka bosilgan > <2-harakat bajarilsin>


  1. Ekranga chiqarish Agar (E1 va E2 va .............EN), u holda S

v) Ekranga chiqarish
Agar (E1 yoki E2 yoki EN), u holda S
g) Ekranga chiqarish
Agar (E1 yoki E2 va E3 EN), u holda S.
Birinchi modifikatsiya (shakl a) auditorning auditorlik tizimi bilan muloqotini tashkil qilish uchun qo’llaniladi.
parametri - dialog olib borish darchasining nomeri bo’lib, o’zida auditor harakatlariga bo’lgan talablarni jamlagan.
parametri - foydalanuvchi tomonidan aktivlashtirilgan harakat nomi (masalan, ha, yo’q).
parametri - keyinchalik qanday qoida yoki tizimning boshqa harakatlari bajarilishi kerakligini aniqlaydi. Bunda tekshirilayotgan hujjatlardagi xatolar qayd qilinib yoki qayd qilinmasdan keyingi qoidaga o’tish amalga oshiriladi. Bunga misol qilib, quyidagi matnni keltirish mumkin:
Qolgan modifikatsiyalar noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish uchun qo’llaniladi. Ularning yordamida tizimning u yoki bu xulosalari bo’yicha aniqlik ishonch koeffitsienti hisoblanadi. Xulosalar auditor tomonidan aniqlangan xatolar tabiatiga qanday taalluqli bo’lsa, korxonaning moliyaviy holatini baholash yoki uni yaxshilash yo’llarini izlashga ham shunday taalluqli bo’lishi mumkin. Bu erda shartlar qiyin bo’lib, ular o’zaro turli mantiqiy bog’liqliklar bilan bog’langan bo’ladi. Bunday qoidaga quyidagicha misol keltirish mumkin:
Agar 01 hisobvarag’i bo’yicha oldingi davr oxiriga bo’lgan debet qoldig’i, plyus bosh kitobdagi «debet bo’yicha jami» minus «kredit bo’yicha jami»
va hisobot davridagi debet qoldiq mos kelmasa,
va «Debet bo’yicha jami» noto’g’ri hisoblangan bo’lsa, yoki «Kredit bo’yicha jami» noto’g’ri hisoblangan bo’lsa,
yoki boshqa davr qoldiqlari hisoblanganda xatolar aniqlangan bo’lsa u holda xatoga bilib yo’l qo’yilgan bo’ladi.
Har bir qoida shartiga aniq belgilangan koeffitsient yuklatiladi. Xuddi shunday koeffitsient umumiy qoidalar uchun ham ko’rsatiladi. Bu xulosaga ishonch aniqlik koeffitsientining hisoblab chiqish imkonini beradi.

Qoidalar manbaidan foydalanishning ikkita imkoniyati mavjud:



    • auditordan olingan, talablarga mos keladigan tashqi axborot bilimlar manbaidagi navbatdagi qoidaga asosan qayta ishlanadi va olingan natija esa natijaviy fayllarga yuboriladi;

    • auditordan olingan, talablarga mos keluvchi tashqi axborot, avvalo, faktlar manbaiga joylashtirilib, u auditorning tizim bilan muloqoti oxiridagina mos qoidalar yordamida qayta ishlanadi. Auditorlik hisoboti bunda qismlar bilan emas, balki butunicha tarkib topadi.

Auditni bajarish moduli (modul 2) - tizim ishini bo’limlarga ajratish, ekranga standart va standart bo’lmagan tuynuklarni chiqarish, auditorlik xulosalarni tashkil qilish va tahrir qilish uchun belgilangan.


Download 13,28 Mb.
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat-maslahatchi auditorlik tizimining tarkibi

Download 13,28 Mb.