|
Amaliy audit
|
bet | 194/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditUstunligi: Kiritish xarajatlarining
Ustunligi: Xato harakatlarni o’tkazish
Nazorat-maslahatchi auditorlik tuzilishining o’xshash strategiyalari
1-strategiya
ma’lumotlarni kiritishni
minimallashtirish ga asoslanish
2-strategiya
ma’lumotlarni kirishni maksimallashtirishga asoslanish
16.3-chizma. Nazorat-maslahatchi auditorlik tuzilishining o’xshash strategiyalari.
Bu modulni ishlab chiqish auditorlik nazorat funktsiyalarini bajarish strategiyasini tanlashni nazarda tutadi. NMATni tashkil qilishda ikkita strategiya mavjud bo’lib, ularni tanlash ikki qarama-qarshi mezonga asoslanadi:
boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishda xarajatlarni minimallashtirish;
moliyaviy hujjatlarda xato bo’lgan harakatlarni o’tkazish tavakkalchiligini minimallashtirish.
Yuqoridagi ikki strategiyasini quyidagi 4.2.17 chizmada ko’rib chiqishga harakat qilamiz:
Boshlang’ich ma’lumotlarni kiritish uchun talab qilib qilinadigan xarajatlar ko’p hollarda NMATlarni tashkil qilish strategiyasini tanlashda hal qiluvchi ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Biz bu xarajatlarni qisqartirishga ikki yo’l bilan erishish mumkin, deb hisoblaymiz:
Buxgalterlik ma’nodagi boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishdan butunlay yoki qisman voz kechish va testli qoidalar bilan beriladigan «ha», «yo’q» turda ta’kidlanadigan ma’lumotni kiritishi bilan chegaralanish;
Mijozning analitik va sintetik hisoblaridagi barcha moliyaviy xo’jalik muomalalari aks etgan birlamchi ma’lumotiga tayanib.
Birinchi yo’l, ya’ni mijozning buxgalterlik hujjatlarini kiritishdan voz kechishni keyingi qismlarda ko’rib chiqamiz. Hozir esa ikkinchi yo’l, ya’ni NMATni tashkil qilishning ikkinchi yo’lini ko’rib chiqamiz.
NMATi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarning kerakli format va kerakli tuzilmada, mashina tashuvchilarda bo’lishi ideal variant hisoblanadi. Biroq, turli mijozlar mazmuni va tuzilishga ko’ra turli fayllarga ega bo’lganliklari sababli, NMAT talab qiladigan tuzilma bilan mos tushmasligi mumkin. Bu erdan esa mijozlar fayllarini NMATning dasturiy qobig’i qabul qiladigan formaga konvertatsiya qilish muammosi kelib chiqadi.
Bu muammoni mijoz fayllarini konvertatsiya qilish o’rniga NMAT dasturlarini mijozlar fayllari bilan ishlash uchun parametrik sozlash yo’li bilan hal qilish mumkin.
NMAT fayllari bilan mijoz fayllarining informatsion mosligiga ikki yo’l
bilan:
Mijozning buxgalteriya tizimi fayllarini NMATning dasturiy qobig’i
qabul qila oladigan fayllarga konvertatsiya qilish bilan;
NMATning dasturiy qobig’ini mijozning axborot manbai tizimiga parametrik sozlash bilan erishish mumkin.
Birinchi usul quyidagi omillar ta’sirida turlicha amalga oshirilishi mumkin:
Mijozda NMATdagi hisob tizimining ayni shu dasturiy qobig’idan foydalanish;
Mijozda NMATdan yuqori darajadagi hisob tizimining dasturiy qobig’i mavjudligi;
Mijozda ma’lumotlarni qayta ishlashning markazlashgan yoki tarmoqli shakllaridan foydalanish;
Buning ta’sirida turli daraja qiyinlikda bo’lgan axborotlar mosligi muolajalarini yaratish talab qilinadi.
Eng sodda, oddiy - birinchi omil, bir dasturiy tizim ichida fayllarni konvertatsiya qilishini nazarda tutadi.
Turli dasturiy qobiqlarda qayta ishlanadigan fayllarni konvertatsiyalash - ikkinchi omildir.
Uchinchi variant - aralash variant bo’lib, u auditor tomonidan qo’lda kiritiladigan operativ kirish ma’lumotlarni qisman qo’llashga tayanadi.
Auditorlik tekshirishlar amaliyotida alohida birlamchi hujjatlarni kiritishning majburiy zarurati kelib chiqadi. Masalan, tayyor mahsulot uchun haqiqiy bahoni
o’tkazishda hisob bahosining og’ish foizini hisoblashni tekshirish. Bu miqdorlarga korxonaning foydasi, demakki, soliqqa tortiladigan ulush bog’liq bo’ladi. Bu tarzdagi boshlang’ich ma’lumotlarni kiritish zarur, deb hisoblanadi.
Shunday qilib, NMATni tashkil qilishning strategiyasini tanlash quyidagi omillarga bog’liq:
ushbu korxona auditorlik firmasining doimiy xizmatidan foydalanadimi?
mijoz korxonada hisob yuritish kompyuterlashtirilganmi va u qanday darajada;
ushbu korxona NMAT ish yuritishi uchun o’z axborot manbaidan foydalanishga rozilik beradimi, agar rozi bo’lsa qay usul (tarmoq bo’yicha yoki bevosita).
Bu savollarga olingan javoblarga bog’liq holda mijozlar tarmog’iga xizmat qiluvchi NMATni tashkil qilishning samarali strategiyasini tanlash mumkin bo’ladi. Quyida biz NMATni tashkil qilishning maqsadga muvofiq strategiyasini tanlash yo’lini ko’rsatishga harakat qilamiz.
Bu erda quyidagilarni ko’rish mumkin:
1.1.-variant. Korxona auditorlik firmasining doimiy xizmatidan foydalanadi va o’z fayllarini kompyuter tarmog’i yordamida uzatishga rozi.
1.2.-variant. 1.1. variantdagi kabi, lekin korxona ma’lumotlarni kompyuter tarmog’i yordamida uzatishga rozi emas. Ma’lumotlardan joylarda foydalaniladi.
|
| |