• 17. MAVZU KOMPYUTER TIZIMI MUHITIDA AUDIT O’TKAZISH
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet202/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    ATAMANING O’ZBEK TILIDA
    NOMLANIShI

    ATAMANING INGLIZ TILIDA
    NOMLANIShI

    ATAMANING RUS TILIDA NOMLANIShI



    ATAMANING MA’NOSI

    Kompleks audit

    Comprehensive audit



    Комплексный аудит



    Kompleks audit – xo’jalik
    yurituvchi sub’ekt moliyaviy xo’jalik faoliyatini to’liq qamrab olgan auditorlik tekshiruvi

    Auditorlik faoliyati



    Audit activity

    Аудиторская деятельность



    Auditorlik faoliyati bu - auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari
    ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyatidir

    Auditorning malaka sertifikati

    Auditor Qualification Certificate



    Квалификационный сертификат


    аудитора

    Auditorning malaka sertifikati
    - auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko’rsatish huquqini beruvchi hujjat

    Auditor


    Auditor


    Аудитор


    Auditor - auditor malaka
    sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir

    Auditorlik tashkiloti



    auditing organization





    аудиторской организации

    Auditorlik tashkiloti
    auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.

    Atamaning o’zbek tilida nomlanishi

    Atamaning
    ingliz tilida nomlanishi

    Атаманинг рус тилида номланиши

    Atamaning ma’nosi

    Pul mablag’lari

    Money funds

    Денежные средства

    Pul mablag’lari bu – xo’jalik
    yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy, operatsion va investitsion faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan
    naqd va naqdsiz shakllardagi mablag’lardir

    Kapital investitsiyalar

    Capital investments

    Капитальные вложения

    Kapital investitsiyalar bu -
    korxonalarning kelgusida iqtisodiy-ijtimoiy naf keltiradigan aktivlarga egalik qilish huquqini qo’lga kiritish maqsadida amalga
    oshiradigan maqsadli sarflaridir.



    Tugallanmagan qurilish

    Unfinished construction



    Незавершенный строительства



    Pudrat yoki xo’jalik usulida amalga oshirilgan qurilish, qurilish-montaj, rekonstruktsiya, kengaytirish,modernizatsiya va shu kabi










    ishlarni bajarishga qilingan
    barcha xarajatlardir

    Auditorlik tekshiruvi

    Auditing


    Аудиторская проверка

    Auditorlik tekshiruvi
    moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari
    tomonidan tekshirishdir.

    Auditorlik dalillarni to’plash

    Gathering audit evidence

    Сбор аудиторских доказательств

    Tekshirilayotgan korxonada
    amlga oshirilgan xo’jalik muomalalarini qonuniyligi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlar va axborotlarni to’plash ketma-ketligidir.

    Auditor fikri

    The audit opinion





    Аудиторское мнение

    Auditor o’zining xulosasida
    keltirish lozim bo’lgan, to’liq yoki qisman tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt buxgalteriya hisobotining ishonchligi
    (ishonchli emasligi, ishonchliligi sharhlar bilan) haqidagi belgilangan shaklda ifodalangan auditor (auditorlik tashkiloti) ni hamda auditorlik xulosasini tayyorlash uchun yig’ilgan dalillarning etarliligi haqidagi
    natijaviy xulosasidir.

    Ekspert xulosasi



    The conclusion of the expert

    Заключение эксперта

    Yozma shaklda ifodalanganekspert ishining natijalari aks ettirlgan hujjat



    17. MAVZU KOMPYUTER TIZIMI MUHITIDA AUDIT O’TKAZISH

    Hozirgi kunda ko’pchilik iqtisodiy sub’ektlar buxgalteriya va TMB hisobini yuritishda turli xildagi kompyuter tizimini qo’llashmoqda. Buxgalteriya hisobida kompyuterlarning qo’llanilishi, o’z navbatida:



    1. hisob-kitoblarning vaqtida o’tkazilishini ta’minlaydi;

    2. operativ boshqaruv ma’lumotlarini olishni tezlashtiradi;

    v) moliyaviy tahlil imkoniyatlarini kengaytiradi.
    Tashqi mustaqil va ichki audit ma’lumotlarini kompyuterni qo’llash orqali tahlil qilganda o’zining maqsadi va vazifalarini o’zgartirishsiz saqlaydi.
    Oddiy hamda kompyuterlashtirilgan buxgalteriyani tekshirish metodikasi o’rtasidagi farqni aniqlash, korxonalardagi kompyuter tizimidagi hisobini audit qilish metodi va aniq usulini topish, rejalashtirish metodikasini ishlab chiqish zarur.
    Ushbu mavzuning dolzarbligi, kompyuter tizimlari auditining ishlab chiqilmaganligidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobi uchun yaratilayotgan dasturlarning shiddat bilan rivojlanishiga qaramay, oxirgi paytda chop etilgan adabiyotlarda yuqoridagi mavzu umuman ko’tarilmagan.
    Bu bo’limda biz kompyuter tizimida ishlashning ichki tekshirishini tashkil qilish bo’yicha nazariy ko’rsatmalar berishga harakat qilamiz.
    Kompyuter tizimini audit qilish metodikasi, uning kompyuter tizimi ishlarining samaradorligini baholash uchun qo’llanilishi, ichki nazoratni takomillashtirish uchun aniq ko’rsatmalar ishlab chiqish tadqiqot predmeti uchun asos qilib olindi.
    Olingan natijalarni davlat va nodavlat korxonalardagi kompyuterlashtirilgan hisobni audit qilishni rejalashtirishda qo’llash mumkin.
    Bugungi kunga kelib auditorlik standartlari bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan 33 ta standart ishlab chiqilgan. Bu standartlarni auditorlar faoliyatini nazorat qilishning milliy andozalari uchun qo’llash taklif qilinadi. Ulardan 3 tasi aynan kompyuter tizimida tekshirish o’tkazishga tegishli:
    2.12. Auditning kompyuterli metodi.
    2.11. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilish sharoitida audit o’tkazish.
    2.16. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilishning hisob tizimini baholash va ichki nazoratga ta’siri.
    Asosan yirik korxonalarda majburiy auditorlik tekshirishi o’tkaziladi. Ish yuritishning hozirgi sharoitida buxgalteriya hisobining kompyuter tizimini qo’llamay olib borishning iloji yo’q. Turli firma va xo’jalik sub’ektlarida hisob yuritish tizimida avtomatlashtirishni qo’llash o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan, kompyuterni oddiy kalkulyator sifatida qo’llashdan, to hisobni butunlay avtomatlashtirish uchun yuqori darajadagi kompyuter tizimini yaratishgacha. Bugungi kunga kelib bir-biridan farq qiluvchi juda ko’plab buxgalteriya dasturlari paketlari mavjud.
    Kompyuterlar qo’llanilgan buxgalteriya hisobi «qo’lda» yuritilgan buxgalteriya hisobidan farq qilgani kabi, kompyuter tizimi muhitidagi audit ham
    «qog’ozli» buxgalteriyadan farq qiladi.
    Korxonalarda hisobning kompyuter tizimi mavjudligi audit qilish usuliga o’z ta’sirini o’tkazadi. Auditorlik andozalarning 2.5. «Auditorlik isbotlari» loyihasiga ko’ra, auditorlar tekshirish o’tkazish jarayonida oddiy buxgalteriya hisobi yuritishda bo’lgani kabi kompyuterli buxgalteriya hisobi yuritishda ham bir xil bo’lgan quyidagi muolajalarini qo’llashlari lozim:

    • mijozning turli aktivlarini inventarizatsiya qilishda ishtirok etish yoki kuzatish;

    • uchinchi tomondan mijoz hisob raqamlaridagi qoldiqlarining, hisobotning ma’lum bir bo’limlari buyicha haqqoniyligini va xo’jalik operatsiyalarining to’g’riligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni yozma ravishda olish;

    • mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlarini tekshirish.

    Tekshirish o’tkazish uslubida asosiy farqlar quyidagi muolajalarda kuzatiladi:

    • korxona rahbari va ishchilarni og’zaki so’rovdan o’tkazish. So’rov natijalariga tayanib, auditorlik tekshirishi rejalashtiriladi.

    • mijozning arifmetik hisoblarini tekshirish.

    • ba’zi-bir xo’jalik va buxgalterlik operatsiyalarining bajarilishini kuzatish.

    Kompyuter tizimi auditning asosiy maqsadi - bu kompyuter tizimini buxgalteriya hisobining bir bo’g’ini sifatida qarab, shu asosida ma’lumotlar yig’ish va ularga ob’ektiv baho berishdir.
    Hozirgi zamon auditorlariga asosan kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi bilan ish yuritishga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarni tahlil qilishning xarajat talab qilishi, kompyuter xizmatlari ko’rsatish markazlarining rivojlanishi, va nihoyat, qimmat bo’lmagan mikrokompyuterlarning paydo bo’lishi, hatto kichik ish yurituvchilar tomonidan ham ma’lumotlarni olib keladi.
    Kompyuter tizimining keng tarqalishi auditda «Kompyuter muhitida audit» hamda «Kompyuterli audit» degan sohalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Quyida biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorati uslubiyotini ishlab chiqish ustida to’xtalamiz. Bu mavzu audit sohasida AQShda taniqli bo’lgan, Texas shtatidagi Ostin universiteti professori Dj.Robertsonning «Audit» nomli monografiyasida to’la yoritilgan.
    Dj.Robertsonning tasdiqlashicha, kompyuter tizimi auditning 3 ta aspektiga o’z ta’sirini ko’rsatadi:

    • Rejalashtirish;

    • Ichki nazorat tizimini o’rganish;

    • Nazorat tizimi, xo’jalik operatsiyalarining bo’laklari, hisob schetlaridagi qoldiqlar to’g’risidagi haqqoniy ma’lumotlarni yig’ish.

    Mana shu tartibda biz auditorlik tekshirish o’tkazishning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
    Uslubiyotni ishlab chiqish jarayonida biz quyidagi savollarni aniqlab olishimiz zarur:

    • buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan tizimida yuritish orqali;

    • kompyuterlashtirilgan muhitda audit tekshirish o’tkazishni rejalashtirishda hisobga olinadigan qo’shimcha omillarning mavjudligi;

    • nazoratning umumiy va ustama uslublari o’rtasidagi farq;

    • nazoratning nosamaradorligini baholash fazasida ma’lumotlarni elektron tahlil qilishning ta’siri;

    • funktsional majburiyatlarni taqsimlash, dasturli faylar va ma’lumotli fayllarga kirishni nazorat qilish, apparat mablag’larini nazorat qilish tizimlarni tushuntirish va aynan o’xshatish.

    • nazoratning ustama uslublarining ro’yxati va ularning izohlanishi.

    • minikompyuterlarga asoslangan tizimlar nazoratining o’ziga xosligini muhokama qilish.

    Kompyuter tizimi muhitida auditorlik tekshirish o’tkazishning asosiy maqsadi - shu muhitda tayyorlangan ma’lumot tavakkalchiligini eng kam darajaga yaqinlashtirishdan iborat.
    Dj.Robertson kompyuter tizimi muhitida auditorlik tekshirishi o’tkazishning quyidagi uslubiyotini taklif qiladi.
    Auditorlik tekshirishini rejalashtirish. Maqsad - ma’lumotlarni avtomatik ravishda tahlil qilishning moliyaviy hisobot auditga ta’sirini baholashdir:

    • Avtomatlashtirish darajasini baholash;

    • Avtomatik operatsiyalar darajasini baholash;

    • Ma’lumotlarni kompyuterlarda tahlil qilishning tashkil qilinganligini baholash;

    • Ma’lumotlarning hammabopligini baholash;

    • Auditning avtomatlashgan uslublarini qo’llash imkoniyatini baholash;

    • Maxsus tayyorgarlik zarurligini baholash. Kompyuter tizimini o’rganish.

    Birinchi bosqichning maqsadi - audit tekshirishi muolajalarining mazmunini va chuqurligini rejalashtirishga asos sifatida ichki nazorat bo’g’inlaridan foydalanish imkoniyatlarini topish uchun nazorat muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat muolajalari to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni yig’ishdan iborat:
    Nazorat muhiti: Tashkiliy tuzilma;
    Nazorat muhiti: majburiyat va vakolatlarni topshirish tizimi;
    Nazorat muhiti: tizimni nazorat qilish uchun ma’muriyat tomonidan qo’llaniladigan uslublar;
    Buxgalteriya hisobi tizimini o’rganish.
    Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash.
    Maqsad - audit tekshirishning umumiy va ustama muolajalaridan foydalanish zarurligini aniqlash uchun ichki nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini baholashdan iborat.
    Kompyuter tizimi: nazorat yondoshish va uning tavsifi. Nazoratning umumiy muolajalari tavsifi.
    Nazoratning ustama muolajalari.
    Oddiy kompyuterlashgan tizimda nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash.
    Ma’lumotlar umumiy tahlil qilinadigan oddiy tizimlarda kompyuterli nazorat muolajalarini testdan o’tkazish.
    Maqsad - kompyuter tizimi muhiti haqida aniq ma’lumotlarni yig’ish.
    Nazorat muolajalarini testdan o’tkazish uchun qo’llaniladigan kompyuter texnikalariga umumiy yondoshish.
    Nazorat ma’lumotlarining uslubi. Parallel modellashtirish uslubi.
    Aniq ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan nazorat uslubi. Operatsiyalarni belgilash.
    Auditorlik fayllari.
    Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat. Tizim ish yuritishining doimiy nazorati. Kengaytirilgan yozuvlar.
    Korxonalarning soliq idoralariga hisobot topshiruvchi va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun javob beruvchi bo’g’inlari nazoratning ob’ekti hisoblanadi.
    Kompyuter tizimining mohiyatini to’g’ri tushunish uchun tashkil etuvchi barcha bo’g’inlarni ko’rib chiqish zarur.
    Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilmagan tarzda yuritishda xo’jalik operatsiyalarni kuzatish engil kechadi va bu, o’z navbatida, ma’lumotlarni qog’ozda ifodalaydigan hujjatlar bilan olib borilishini talab qiladi. Bu hujjatlarga - ko’rsatmalar, to’lov qog’ozlari, hisob schetlari va hisob registrlari kiradi. Ayni shunday hujjatlar kompyuter tizimida ham bor, lekin ko’p hollarda ular faqat elektron shaklda mavjud bo’ladi.
    Kompyuter tizimi o’z ichiga quyidagi elementlarni oladi:
    Apparat vositalari: kompyuterni tashkil qiluvchi qurilma va vositalar; Dasturli vositalar:

    1. Tizimli dasturlar - bu operatsion tizim, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.

    2. Ustama dasturlar - o’ziga xos vazifalarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqilgan yoki sotib olingan avtomatik dasturlar.

    Hujjatlar - ma’lumotlarni kiritish, tahlil qilish va xulosa chiqarish bilan bog’liq tizim va boshqaruv tuzilmalarining yozma izohlanishi;
    Personal - tizimni boshqaruvchi, loyihalashtiruvchi hamda dasturlar bilan ta’minlovchi, ma’lumotlarni tahlil qilish tizimini nazorat va ekspluatatsiya qiluvchi ishchilardir;
    Ma’lumotlar - tizimga kiritiladigan, tahlil qilinadigan va saqlanadigan xo’jalik operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar;
    Nazorat muolajalari - operatsiyalar bajarganligini yozma ta’minlaydi, xatolarning oldini olish imkonini beradi va xatolarni registratsiya qiladi.
    Ma’muriyatning asosiy majburiyatlaridan biri - ichki nazoratning ish bilan ta’minlangan tizimini yaratishdir. Bu tizimga kompyuter tizimining nazorat muolajalari va nazorat siyosati kabi bo’g’inlari kiradi. Auditorning majburiyatiga
    kompyuter muhitida nazoratning nosamaradorligi tavakkalchiligini baholash kiradi. Ma’muriyat esa, o’z navbatida, quyidagilarni ta’minlashi lozim:

    • kompyuter tizimida ma’lumotlarning to’laligi va o’z vaqtida yangilab turilishini;

    • ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida bajarilgan operatsiyalarning nazorat yozuvlarini saqlaydigan tizimlaridan foydalanishni;

    • auditorlarning tizimiga kirishini va ularga tizim ishi uchun javobgar bo’lgan mutaxassislardan yordam sifatida berishi.

    Ma’lumotlarni kompyuterlarda qayta ishlashning o’ziga xos xususiyatlari.
    Buxgalteriya hisobi yuritishda ma’lumotlarning qay usulda qayta ishlanishi, o’z navbatida, firmaning tashkiliy tuzilishi hamda ichki nazorat uslubi va muolajalariga ta’sirini o’tkazadi. Kompyuter texnologiya nazoratining muolajalari va shartlarini baholashda hisobga olinadigan bir qator xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   211




    Download 13,28 Mb.