|
Amaliy audit
|
bet | 203/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditNazorat yozuvlari. Ba’zi kompyuter tizimlarida operatsiyalarning bajarilganligi haqida muhim nazorat yozuvlari ma’lum bir vaqtgacha saqlanadi yoki bu yozuvlar faqat mashina o’qiydigan shaklda bo’ladi.
Bajariladigan operatsiyalarning bir xildaligi. Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayon buxgalteriya hisobi yuritishda o’xshash operatsiyalarni bajarish uchun bir xilda bo’lgan komandalarni ishlatishni ko’zda tutadi. Bu esa, o’z navbatida, ma’lumotlarni qo’lda qayta ishlash paytida ro’y berib turadigan xatolarning umuman qaytarilmasligini ta’minlaydi. Dasturiy xatolar esa bir xil sharoitda o’xshash operatsiyalarning barchasini noto’g’ri qayta ishlanishiga olib keladi.
Vazifalarning taqsimlanishi. Bunda har bir mutaxassisning vazifasi aniq chegaralangan bo’lib, bu dasturlardan har bir mutaxassisning foydalanish huquqini himoyalash imkoniyati bor.
Noaniqlik va xatolarni aniqlashning potentsial imkoniyatlari. Avtomatlashtirilmagan buxgalteriya hisobi solishtirilganda kompyuterli tizimdan, hatto, nazoratchilarning ham noqonuniy foydalanish huquqidan mahrum ekanligini ko’rish mumkin. Bundan tashqari bu texnologiyada aktivlar haqidagi har qanday ma’lumotni olish va ma’lumotlarni o’zgartirish uchun foydalanish mumkin.
Ma’muriyat tomonidan nazoratni kuchaytirish imkoniyatlari. Kompyuter tizimida ko’plab tahliliy dasturlarning borligi ma’muriyatga korxona yoki firmaning faoliyatini nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
Kompyuterda bajarilgan operatsiyalarning qayd etilishi. Ba’zi bir bajarilgan muomalalar kompyuter tizimida avtomatik ravishda hujjatlarsiz bajarilishi mumkin, lekin muomalalar avtomatlashmagan buxgalteriya hisobida majburiy ravishda hujjatlarda qayd etiladi.
Auditorlik tekshirishni amalga oshirishda auditorlik xulosasini berish uchun tizimning kuchli va zaif tomonlarni ko’rsatib, to’la ma’lumot olishga imkon beradigan aniq uslubiyotga amal qilish zarur.
Auditorlik tekshirishni rejalashtirish.
Rejalashtirish tekshirish o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Korxona va firmalar tomonidan turli xildagi kompyuter tizimlarining qo’llanilishi buxgalteriya hisobini yuritishning tuzilishiga va ichki nazorat uslubining xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilganlik darajasi, o’z navbatida, auditorlik mulojalarning mohiyatiga hamda ularning vaqt ichida taqsimlanishiga, qamrab olish darajasiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Moliyaviy hisobot auditida ma’lumotlarni elektron qayta ishlashning ta’sirini baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
Avtomatlashtirish darajasi. Tekshirishni rejalashtirishda moliyaviy hisobotga ta’sir qiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan har bir vazifani bajarish uchun qo’llaniladigan kompyuterli texnologiyalardan foydalanish darajasini hisobga olish darkor.
Mashinaviy muomalalarning murakkabligi. Mashinaviy muomalalarning murakkabligini baholab, auditor o’zining tayyorgarligini firmaning ma’lumotlarini qayta ishlash uchun qo’llaydigan uslublari bo’yicha malakasini solishtirishi kerak.
Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlashni tashkil qilish. Tekshirishni rejalashtirishda ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining tashkil qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Turli firmalarda bu narsa markazlashtirish darajasi bo’yicha katta farq qilishi mumkin.
Markazlashtirish darajasining yuqoriligi markazlashgan boshqarish va muhim ma’lumotlar bo’yicha bajariladigan barcha muomalalar ustidan amalga oshiriladigan nazorat bilan xarakterlanadi. Nazoratning holati, apparat va dasturli vositalar firmaning barcha bo’g’inlari uchun bir turda bo’lishi mumkin. Aksincha, ma’lumotlarni markazlashgan tarzda qayta ishlanishi hududiy jihatdan yiroq bo’lgan bo’limlarni boshqarish va nazoratni mustaqil ravishda amalga oshirishlariga imkon beradi. Bu sharoitda apparat va dasturiy vositalar turli xilda bo’lishi mumkin va nazorat paytida kerakli ma’lumotlarni olish uchun ko’p miqdordagi kompyuterlarni ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan mutaxassislarning miqdorini va ularning kompyuter texnologiyasidan xabardorlik darajasini ham baholash zarur.
|
| |