Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet204/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Ma’lumot olishning qulayligi. Tekshirishni rejalashtirishda birlamchi hujjatlarning taqdim etilishini ta’minlash haqida kelishib olinishi lozim. Chunki ba’zi firmalarda ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri, yozma nusxasiz kiritilishi yoki ma’lumot qisqa vaqt ichida saqlanishi mumkin.
Nazorat jarayonida ma’muriyat tomonidan ichki nazorat uchun tayyorlangan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Avtomatlashtirilgan audit uslublarining qo’llanilishi. Avtomatlashtirilgan audit uslublarining qo’llanilishi audit muolajalalarning samaradorligini oshiradi hamda barcha umumiy bo’lgan hisob operatsiyalarini tekshirish uchun alohida audit muolajalarining tadbiq qilinishini ta’minlaydi. Bu uslublarning qo’llanilishini perspektiv rejalashtirishni hamda shu soha mutaxassislarining bo’lishini talab qiladi.
Maxsus tayyorgarlikning zarurligi. Tekshirish jarayonida ma’lumotlarni kompyuterlarda qayta ishlashning auditga ta’sirini baholash uchun, buxgalteriya
hisobi opreratsiyalarining bajarilish yo’lini aniqlash hamda auditorlik muolajalarni ishlab chiqish va bajarish uchun mutaxassislarni jalb qilish mumkin. Ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha, dasturlar tillari bo’yicha, dasturlar paketi bo’yicha mutaxassislar talab qilinishi mumkin.
1-bosqich. Kompyuter tizimini o’rganish.
Bu bosqichning maqsadi - audit muolajalarini rejalashtirishga asos sifatida ichki nazorat elementlaridan foydalanish imkoniyatlarini topish uchun nazoratning muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat muolajalari to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni to’plashdir.
Nazorat muhiti: tashkiliy tuzilma.
Firmaning tashkiliy tuzilmasini tushunishi deganda unda kompyuter tizimining o’rnini qay darajada ekanligini aniqlash tushuniladi. Tashkiliy tuzilmani tushunish - umuman nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini baholashning ajralmas qismidir. Kompyuter tizimi tuzilishini tahlil qilganda auditorlar ma’lum bir maqsadni ko’zlashadi:

  • firmaning kompyuter resurslari, apparat vositalari, turli markazlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar hamda kompyuter tizimiga kirish imkoni bo’lgan qismlarining ro’yxati va ularning izohlanishi.

  • hisoblash bo’limi xodimlarining ish faoliyatining kompyuterlashtirilishi qay darajada tashkil qilinganligini izohlash.

Yuqoridagilar kompyuter tizimining faoliyatini tahlil qilish, kompyuter tizimiga kirish imkoniga ega bo’lgan qismlarni aniqlash, firmaning kompyuter tizimiga kirishini nazorat qilish bo’yicha olib borayotgan siyosatini ochib berish imkonini beradi.
Tizimlar bo’yicha mutaxassislar, dasturchilar va operatorlar o’rtasida majburiyatlarning taqsimlanishini o’rganib chiqish zarur.
Nazorat muhiti: majburiyat va vakolatlarni topshirish tizimi.
Auditor majburiyat va vakolatlarni topshirishning firma tomonidan qabul qilingan tizimini tahlil qilganda;

  • buxgalteriya hisobini yuritish va kompyuter tizimini ekspluatatsiya qilish bo’yicha qo’llanmalar;

  • hisoblash markazi xodimlari uchun vazifalarning izohi mavjudligi haqidagi ma’lumotni olishi zarur.

Nazorat muhiti: tizim nazorati uchun ma’muriyat qo’llaydigan uslublar.
Ichki nazorat uslublarini o’rganishda quyidagi masalalar yuzasidan tasavvurga ega bo’lish kerak:

  • tizimlar va hujjatlarni ishlab chiqish andozalari va ulardan foydalanish darajasi;

  • muolajalarning mavjudligi va sifati, dasturlar va tizimning turli shakldaligi, ma’lumot kiritishning har xil ko’rinishlari;

  • miqdoriy ma’lumotlar, xususan, miqdoriy tijorat ma’lumotlariga kirishni cheklovchi muolajalar;

  • moliyaviy va boshqa hisobotlarga kirishning qulayligi, masalan, ma’muriyatga taqdim etiladigan «xarajatlar-samaradorlik» tahlillari.

Ichki auditning va nazorat muolajalarining mavjudligi va uning kompyuterda qayta ishlangan buxgalteriya ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida ishtirok etishi.
Amaliy natija beradigan auditorlik muolajalarini ishlab chiqish uchun buxgalteriya hisobi tizimida amalga oshiriladigan muomalalarning ketma-ketligini o’rganish zarur. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lgan, har bir vazifasi uchun muomalalar ketma-ketligi zanjirini aniqlash shu vazifalarning firma tomonidan taqdim qilingan yozma izohini ko’rib chiqishdan boshlanadi. Ma’lumotlarni qayta ishlashning kompyuter tizimidan foydalanilganda yozma izoh o’z ichiga foydalanuvchilar uchun qo’llanma va ko’rsatmalarni, fayllar tuzilmasini, sxemalar blokini va sharhlarni olishi kerak. Ichki audit uchun javobgar shaxslardan buxgalteriya hisobi tizimini tushunish uchun foydali bo’lgan, muomalalar bajarilishining ketma-ketligiga taalluqli bo’lgan tayyor hujjatlarga ega bo’lish mumkin. Shu sababli, tekshirishni rejalashtirishning avvalida shunday hujjatlar mavjudligini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning chegaralanishi auditning mazmunini tushunish nuqtai nazaridan foydalidir. Auditni rejalashtirish uchun zamin yaratish hamda auditorlik muolajalarining turi, o’tkazilish vaqti va miqdorini aniqlash ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadidir.
Kompyuter tizimida tavakkalchilikni baholash quyidagi harakatlarni o’z ichiga oladi:

  • amaldagi buxgalteriya ma’lumotlarida uchraydigan turli xildagi xatolarning tahlili asosida nazoratning aniq maqsadlarini moslashtirish;

  • muomalalar ketma-ketligi zanjirida ma’lum bir turdagi xatolarning paydo bo’lish ehtimoli bor joylarni moslashtirish;

  • nazoratning aniq maqsadini amalga oshirilishini ta’minlaydigan, maxsus muolajalarni moslashtirish;

  • nazorat asosiy muolajalarining bajarilish samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan yordamchi muolajalarni moslashtirish;

  • nazorat muolajalari ta’minlaydigan nosamaradorlik tavakkalchiligi darajasini aniqlash maqsadida nazorat muolajalari tuzilmasini baholash.

Nazoratning aniq maqsadlarini moslashtirish berilgan holatda ma’lumotlarni avtomatlashtirilmagan tizimda qayta ishlash holatdagi vazifadan umuman farq qilmaydi, shu bilan birga kompyuter tizimida xatolar paydo bo’lishi ehtimoli bor joylarni moslashtirish jarayoni, avtomatlashtirilmagan tizimdagi ayni shu jarayonda bir qancha farq qiladi. Kompyuterlar qo’llanganda quyidagi holatlarda xatolar paydo bo’lishi mumkin:

  • tizimni ishga tushirishga ruxsat olish bo’yicha vazifalar zanjiri bilan bog’liq boshlang’ich ma’lumotlarni tayyorlashda;

  • ma’lumotlar mashinasiz qayta ishlanganda, masalan buxgalteriya ma’lumotlari qo’lda hisoblab chiqilganda;

  • boshlang’ich ma’lumotlarni mashina o’qiydigan shaklga keltirganda;

  • qayta ishlashda foydalanish uchun kirish fayllari moslashtirilganda;

  • ma’lumotlarni bir dasturdan ikkinchi dasturga o’tkazishda;

  • alohida keluvchilar bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun fayllar so’ralganda;

  • chiqish fayllarini yaratish yoki asosiy fayllarga tuzatish kiritish;

  • kompyuter tomonidan muomalalar qayd etilishida;

  • chiqish fayllari va hisobotlarning yuzaga kelishida;

  • nazorat muolajalarini amalga oshirganda aniqlangan xatolarni tuzatgandan;

  • xodimlar tomonidan chiqish ma’lumotlari va qurilmalaridan foydalanganda.

Kompyuter tizimidagi nazorat muolajalari avtomatlashtirilmagan tizimdagi aynan shunday muolajalardan bir qator xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin. Har ikkala tizimda nazorat maqsadlarining mos tushishiga qaramay, bu maqsadga erishish usuli farq qiladi, va o’z navbatida, auditga kirishishga katta ta’sir o’tkazadi.
Nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash avtomatlashmagan tizimdagi singari amalga oshiriladi. Nazorat muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat muolajalari to’g’risida to’plangan ma’lumot quyidagi xulosalarni asoslash uchun etarli bo’lishi kerak:
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligi past baholanishi mumkin, tizimning auditor tomonidan testdan o’tkazilishi samarali bo’ladi. Xatolarni topish yoki ularning oldini olishga qaratilgan nazorat muolajalarining o’xshashligi
«xarajatlar - samaradorlik» usuli bilan tekshirilishi mumkin. Bunday holatda auditorlar nazorat tizimini testdan o’tkazishni davom ettirishlari mumkin.
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligi past baholanishi mumkin, lekin audit nazorat tizimini testdan o’tkazgan holatda xarajatlar bo’yicha samarasiz bo’lishi mumkin.
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligi yuqori baholanishi mumkin. Nazorat va muolajalar sohasidagi siyosat xatolarni topish yoki ularning oldini olish uchun etarli emasdek ko’rinadi. Bu holda tekshirishning odatdagi muolajalari qo’llaniladi.
Nazoratning qaysi bir bosqichida bo’lishiga qaramay, nazorat tizimining noo’xshashligi aniqlansa, tekshirishning odatiy muolajalarini qo’llash kerak bo’ladi.
Oddiy kompyuter tizimining tavsifnomalari.
Oddiy kompyuter tizimlariga ma’lumotlar to’laligicha markaziy kompyuterda qayta ishlanadigan tizimlar kiradi.
Ma’lumotlarni umumiy qayta ishlash, qayta ishlanayotgan yozuvlarning muomalalar turi bo’yicha paketlarga (bo’laklar) guruhlashni ko’zda tutadi. Operator kompyuterning kutubxonasidan kerakli bo’lgan dasturlar va asosiy fayllarni chaqiradi. Tizimni ekspluatatsiya qilish bo’yicha qo’llanmadagi ko’rsatmalarga binoan bir turdagi muomalalar, ayni bir xil dasturlar va asosiy fayllarni qo’llash bilan amalga oshiriladi.
Nazorat umumiy muolajalarning tavsifnomasi.
Kompyuter tizimidagi nazorat muolajalarini ikki - umumiy va ustama bosqichlarga bo’lish mumkin. Nazoratning umumiy muolajalari kompyuter
tizimining barcha yoki ko’pchilik funktsiyalari uchun qo’l keladi. Bularga, masalan, dasturlar va ma’lumotlar bazasi fayllariga kirishni nazorat qilish kiradi. Nazoratning ustama muolajalari kompyuter hisobining aniq funktsiyalari bilan bog’liq, masalan, kirish ma’lumotlarni dasturiy tekshirish bilan bog’liq.
Nazoratning umumiy muolajalari asosan auditorlik tekshirishning boshlang’ich bosqichida ko’rinadi.
Tashkiliy va jismoniy omillar.
Moddiy boyliklarning saqlanishi, yozuvlarning yuritilishi, davriy solishtirish kabi funktsional majburiyatlarning taqsimlanishi kompyuter tizimi uchun, avtomatlashmagan tizimdagi singari, ahamiyatga ega. Shu bilan birga faqat kompyuter tizimigagina xos bo’lgan bir qator muomalalarning, xususan, tizimda tahlil, dasturlashtirish, kutubxonaning yuritilishi, mashinaviy muomalalarning mavjudligi ularning keyingi taqsimoti maqsadga muvofiqligini shart qilib qo’yadi.
Tizimning rivojlanishi va hujjatlashtirish.
Hujjatlashtirish - bu ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi asosiy bo’g’inlarning yozma izohlanishidir. Hujjatlashtirishni tahlil qilish auditorlarga tizim mohiyati haqida tasavvurga ega bo’lish va hujjatlashtirishning o’zining mosligini baholash imkonini beradi. Ko’proq qiziqishni quyidagi bo’g’inlar tug’diradi: vazifalarning izohlanishi, dasturning izohlanishi, operatorlar uchun ko’rsatmalar, foydalanuvchi bo’limlar uchun qo’llanma, o’zgarishlar hisobga olinadigan jurnal, nazorat natijalarining bosib chiqarilishi.
Dasturlar va ma’lumotlar fayllarining himoyalanishi hamda nazorati.
Kompyuter tizimini himoya va nazorat qilish nazorat umumiy muolajalarining asosiy qismidir. Buni esa kompyuterda saqlanadigan ma’lumotlar, foydalanuvchilar uchun oson kirishligi, viruslar foydalanuvchilar tomonidan buzilishi yoki umuman o’chirib tashlanishi ruxsatsiz o’zgartirilishi shart qilib qo’yadi. Dasturlar va ma’lumotlar fayllarini himoyalash, kirish fayllariga parol o’rnatish, dasturlar va ma’lumotlar fayllarining rezerv nusxasini olish yoki bosh kompyuterda (server) «oyna» diskini o’rnatish, tizimga joriy ma’lumotlarni faqat ma’lumotlar kiritishning to’g’riligi tekshirilgandan so’ng kiritish yordamida amalga oshishi mumkin.
Nazoratning ustama muolajalari.

  1. Ustama nazorat uch yo’nalish bo’yicha olib boriladi:

  2. Kirish ma’lumotlarining nazorati;

  3. Qayta ishlash jarayonining nazorati; Chiqish ma’lumotlarining nazorati.

Kirish ma’lumotlarining nazorat muolajalari.
Kompyuter tizimining eng kuchsiz joyi bu ma’lumotlarni kiritish jarayoni bo’lib, bunda xo’jalik muomalalari to’g’risidagi ma’lumotlar boshlang’ich hujjatlardan dasturiy muhitga o’tkaziladi. Agar ma’lumot noto’g’ri kiritilgan bo’lsa, ular qayta ishlash paytida ko’rilmasligi mumkin, lekin keyinroq topilgan xatoni tuzatish oson kechmaydi. Qayta ishlash jarayonining nazorati asosiy dasturga qurilgan ishdan chiqishning oldini olish yoki topish dasturchalari bilan bog’liq.
Nazoratning eng asosiy sohalari.
Ma’lumotlarning qabul qilinishi va tasdiqlanishi. Hisoblash markazi etarli darajada to’ldirilgan va tasdiqlangan ma’lumotlarnigina qayta ishlash uchun qabul qilishi kerak. Ruxsat olish bu, qoida bo’yicha, kantselyariya (kompyuterning emas) muolajasidir: xo’jalik muomalalari bo’yicha imzolar qo’ydirish yoki pechat bilan tasdiqlash.

Download 13,28 Mb.
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211




Download 13,28 Mb.