Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet205/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Nazorat razryadlari. Nazorat razryadlari kodlashtirish yoki raqamli terishda xatolarni topish maqsadida o’xshash nomerlarni nazorat qilish uchun qo’llaniladi.
Ma’lumotlarni tayyorlash. Ma’lumotlarni mashina o’qiydigan shaklga kirish jarayoni - ko’plab xatolarning manbai bo’lib, bu xatolarni aniqlash uchun nazoratning quyidagi maxsus muolajalarini qo’llash mumkin:
A. g’zuvlar miqdorini hisoblash. g’zuvlar miqdori xo’jalik muomalalari bo’yicha qayta ishlangan hujjatlar miqdori bilan solishtiriladi. g’zuvlar miqdorining qayta ishlangan hujjatlar miqdori bilan farqi yo ma’lumotlarning yo’qotilganligi yoki ayni bir hujjatning ikki marta qayta kiritilganligini bildiradi.
V. To’lov ma’lumotlarining nazorat yig’indisi. Bu muolaja, yuqoridagi
«yozuvlar miqdoriga» o’xshash qo’llaniladi. Faqat farqi - nazorat summalari miqdoriy ma’lumotlar bilan bog’liq, masalan, schyotlar guruhi bo’yicha so’mlarda savdoning umumiy miqdori.
S. Ma’lumotlar paketining umumiy nazorat yig’indisi. Masalan, operatorga, ma’lumotlarini tayyorlash uchun berilgan schyotlar nomerining yig’indisi.
Ma’lumotlarni ko’rib chiqish va tekshirish jarayoni. Ma’lumotlarni tayyorlashda qilingan xatolarni topish uchun ko’rib chiqish va nazoratning turli dasturiy vositalardan foydalanish mumkin.
A. Belgilarni to’g’ri joylashtirishning nazorat testlari kirish ma’lumotlarining joylashishini, raqamlarning to’g’ri joylashganligini aniqlash hamda belgilar qatoridan harflarning to’g’ri joylashganligini tekshirishni nazarda tutadi.
V. Ishoralar to’g’riligining nazorat testlari qatorlarida ma’lumotlarning plyus va minus ishoralariga mosligini tekshirishni ta’minlaydi.
S. O’tkazilgan joyning nazorat testlari bo’sh qoldirilgan joylarni aniqlash maqsadida qatorlarni tekshirish imkonini beradi.
D. Ketma-ketlik nazorati testlari ma’lumotlarni qayta ishlashning paketli rejimida, ularni ketma-ket joylashtirish zarur bo’lganda, tartib raqami bo’yicha tekshirishga xizmat qiladi.
E. «Ahamiyatning kengligi va natijasining oqilligi bo’yicha» nazorat testlari
- avtomatik muolajalar bo’lib, ular ahamiyatlarining ko’rsatilgan chegaralaridan chiqishini ko’rsatadi. Bu test auditorlik umumiy muolajalarining bir ko’rinishi bo’lib, u xatoni aniqlash uchun ma’lumotlarni tahlil qilishni ko’zda tutadi.
Xatolarni tuzatish va ma’lumotlarni qayta ishlashga qaytarish. Xatolar - nazoratning alohida predmetidir. Odatda, hisoblash markazi faqat o’zi tomonidan kiritilgan tuzatishlar uchungina javobgardir. Shu sababli, boshqa turlardagi, masalan noto’g’ri kodlashtirishdan kelib chiqadi, xatolar tuzatish kiritish uchun foydalanuvchi-bo’limlarga yuborilishi lozim.
Qayta ishlash jarayonining nazorat muolajalari.
Qayta ishlash jarayonini nazorat qilish ma’lumotlarning tashlab ketilmasdan va qaytarib yuborilmasdan qayta ishlanishiga kafolat beradi.
Nazorat yig’indilarining ketma-ketligi ma’lumotlarni bir bo’limdan ikkinchisiga yoki bir dasturdan ikkinchisiga o’tishi bo’yicha tekshirishni ta’minlaydi. Yig’indi ayni bir ma’lumotlar bo’yicha qayta ishlashning har bir bosqichidan so’ng amalga oshirilganligi sababli, u ketma-ket deb ataladi. Olingan summalar, nazorat summalari bilan taqqoslash uchun qayta ishlashning keyingi bosqichiga o’tkaziladi.
Nazorat summalari to’g’risida hisobot tuzish. g’zuvlar, to’lovlar, barcha ma’lumotlar massivi miqdorining nazorat summalarini hisobot holida bosib chiqarish lozim. Ularni qayta ishlashning avvalgi bosqichida olingan nazorat summalari bilan taqqoslash va tekshirish nazorat guruhining majburiyatiga kiradi. Bunday muolaja ma’lumotlarning yo’qolishi yoki takrorlanishini aniqlash imkonini beradi.
Operatorlar va fayllar nazorati. Dasturli vositalar operatorlar tomonidan kiritiladigan komandalarning, ustama dasturlardan foydalanish vaqti va statistikasining «hisob jurnali»ni tashkil qilishi lozim. Bu jurnaldagi ma’lumotlarni nazoratchilar tahlil qilishlari shart.
Ahamiyatining kengligi va natijaning oqilligi bo’yicha nazorat testlari mantiqan noto’g’ri bo’lgan holatlarning oldini oladi. Masalan, qiymatidan yuqori bo’lgan amortizatsiya ajratmalari summasini olish.
Chiqish ma’lumotlarning nazorat muolajalari.
Chiqish ma’lumotlarining nazorati - kompyuterda qayta ishlash natijalari to’g’riligini tekshirishning so’nggi, yakunlovchi bosqichidir. Bu bosqichdagi nazorat muolajalari hisobot haqidagi tasavvurni va fayllarga faqat vakolatli shaxslarning kirishini ta’minlaydi.

Download 13,28 Mb.
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   211




Download 13,28 Mb.