|
Amaliy audit
|
bet | 207/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
MAVZU KOMPYUTER TIZIMI MUHITIDA AUDIT O’TKAZISH
Masala. «FOTON» tashkiloti auditorlik tashkilotiga buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish yuzasidan murojaat kildi. Ushbu auditorlik tashkiloti
«FOTON» tashkilotini bir necha yildan beri tekshiruvdan o’tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi.
Talab qilinadi: Agar auditorlik tashkiloti korxonaga kompyuterlashtirish yuzasidan xizmat ko’rsatsa, auditorlik tekshiruvi o’tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko’rsatadimi?
Masala. «ODIL-AUDIT» firmasi sizning auditorlik firmangizga tekshiruv o’tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik firmasi bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o’z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«ODIL-AUDIT» firmasining ikkita bo’linmasi mavjud bo’lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo’lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o’rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo’linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo’lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ikkala bo’limda ham buxgalter mavjud bo’lib, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo’lim daromadli bo’lib, ikkinchi bo’limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo’limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo’limning menedjerlari yuqori malakali bo’lib, ishni to’g’ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aktsiyalar kursini ko’tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
|
| |