• Parallel modellashtirish usuli
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet206/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    Nazorat yig’indisi. Chiqish ma’lumotlarning nazorat yig’indisi ishlash jarayonining barcha yig’indisi ketma-ketligi natijalari bilan taqqoslanadi. Nazorat guruhining majburiyatiga nazorat summalari va chiqish ma’lumotlarining tahlili hamda ularning farq qilish holatlarini tergov qilish kiradi.
    Asosiy fayllarga tuzatish kiritish xatolar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qaysi bo’limning tashabbusi bilan dastur asosiga tuzatishlar kiritilgan bo’lsa, shu bo’limga barcha kiritilgan tuzatishlar bo’yicha to’liq hisobot taqdim qilinishi kerak.
    Chiqish ma’lumotlarining taqsimlanishi. Tizimda yuzaga keladigan chiqish ma’lumotlari faqat vakolatli shaxslargagina taalluqli bo’lishi lozim. Hisobotlar nusxasini oluvchi abonentlar ro’yxatini kiritish kerak va hisobotlarning tirajini qat’iyan cheklash zarur.
    Oddiy kompyuter tizimida nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash.
    Nazorat muolajalarining - ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, chiqarish sohalaridan birining zaif tomonlari auditor tomonidan alohida e’tibor predmeti
    bo’lib qoladi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni kiritish bosqichida nazorat yo’qligi keyingi bosqichlardagi nazorat muolajalari bilan to’ldirilishi mumkin.
    Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash natijalari bo’yicha auditor ishlab chiqadigan xulosaning tashkiliy qismiga nazorat muolajalarining muhim kamchiliklarini tahlil qilish kiradi.
    Ichki nazoratni tahlil qilishdan maqsad - xo’jalik muomalalarining qayta ishlash jarayoni mazmunini tushunish, nazorat muolajalarini rejalashtirishda hisobga olinadigan nazoratning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan iboratdir. Dasturlarda nazoratning ustama muolajalari mavjud bo’lganda, faqat ichki nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash zarur bo’ladi. Nazoratning umumiy ustama muolajalari ularning samaradorligini aniqlash maqsadida auditorlik testlaridan o’tkaziladi.
    Ichki nazorat tizimini tekshirishda axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish.
    Ish yuritishning kompyuter yordamida olib borilishi ikki yangi tushunchaning paydo bo’lishiga olib keldi. Ulardan biri - «kompyuter qamrab olgan» muhitda auditorlik tekshirishi, auditorlik kompyuterni o’zaro bog’lamasdan, ya’ni uni bir buyum sifatida qarab va chiqish ma’lumotlarini boshlang’ich hujjatlar bilan bog’lashga harakat qilgan hamda boshlang’ich hujjatlarning hisobotlargacha bo’lgan harakatini tuzatish hollarida qo’llaniladi. Kompyuter tezkor kalkulyator sifatida qo’llanilganda, bu usul moslik ko’rinishi mumkin. Agar tizim hisoblash va axborotni bosib chiqarish uchun ishlatilsa ham yaxshi natijalar beradi. Shu bilan birga, kompyuter qamrab bo’lgan tizimda auditorlik tekshirish usulini kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini ekspert baholash o’rniga qo’llashga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
    Ikkinchi tushuncha - «xususan kompyuter tizimini» auditorlik tekshirishi - muomalalar bajarilish jarayonining ishonchililigini aniqlash maqsadida apparat va dasturiy vositalarni baholashda qo’llanilanadi. Xususan, kompyuter tizimini tekshirish audit amaliyotida kengroq tarqalgan, chunki ko’pgina kompyuter tizimlari nafaqat hisoblash, balki muhim nazorat muolajalarini ham bajaradi. Bu sharoitda kompyuterni bir buyum sifatida tasavvur qilish, ichki nazoratning muhim bo’g’inini ajratib qo’yishga olib keladi.
    Kompyuter auditi amaliyotiga nisbatan yaqin kunlarda ikki yangi tushuncha kirib keldi: «kompyuter texnikasi qo’llanilmagan audit tekshirish» va
    «kompyuterdan foydalanilgan audit tekshirish».
    Birinchi tushunchaga muvofiq auditorlik yondashish birlamchi ma’lumotlar, xatolar to’g’risida hisobotlarni bosib chiqarish, nazorat bosqichlari to’g’risida ma’lumotlar va chiqish ma’lumotlarining to’liq bosib chiqarilishi kabi materiallarni qabul qilishga asoslanadi. Ikkinchi tushuncha esa tekshirilayotgan firma tomonidan muomalalarni bajarish uchun qo’llanilayotgan apparat va dasturiy vositalarni auditorlik tekshirish hamda tekshirish maqsadiga erishish uchun maxsus auditorlik dasturlaridan foydalanish bilan bog’liq.
    Ma’lumotlarni paketli qayta ishlashdagi oddiy tizimlarda kompyuter nazorati muolajalarini testdan o’tkazish.
    Ma’lumotlarni paketli qayta ishlashdagi oddiy tizimlarida zarur bo’lgan ma’lumotlar ko’p hollarda hisob jurnali va bosib chiqarilgan chiqish ma’lumotlari ko’rinishida mavjud bo’ladi. Bu esa «kompyuter qamrab olgan» muhitda auditorlik tekshirish o’tkazishga imkon yaratadi.
    Shu bilan birga, ba’zi hollarda tashqi auditorlar oddiy tizimdagi ustama dasturlarda nazorat muolajalarini testdan o’tkazish vositasi sifatida kompyuterlarni qo’llashlari lozim.
    Auditorlar foydalanishi mumkin bo’lgan, kompyuterda testdan o’tkazishning uch yo’nalishi bor:

    1. Kompyuter yordamida ba’zi muomalalarni keyinchalik qo’lda tekshirish uchun ajratib olish;

    2. Ichki nazorat tizimini o’xshash ma’lumotlar yordamida tekshirish;

    3. Ichki nazorat tizimini auditorlarning dasturiy vositalari qayta ishlagan, haqqoniy ma’lumotlar yordamida tekshirish.

    Kompyuter ma’lumotlarni ularning oxirgi tasdiqlanishi va qo’lda nazorat qilinishi uchun ajratib olishi mumkin.
    O’xshash ma’lumotlar yordamida nazoratning avtomatlashgan muolajalarini auditorlik testidan o’tkazish - nazorat ma’lumotlar usuli deyiladi, bu muolajalarni testdan o’tkazish uchun haqiqiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonidan foydalanish esa - parallel modellashtirish usuli deyiladi.
    Nazorat ma’lumotlar usuli.
    Bu usul kompyuterning ma’lum bir muomalalarni bajarish uchun dasturlashtirilganligi sababli, har safar ularni hech bir o’zgarishsiz bajarishi va shundan kelib chiqib, xatolar bilan o’xshash muomalalarni bajarish cheklanganligi nazorat muolajalarining kompyuter tizimidagi hujjatlashtirish izohiga mosligini aniqlash uchun etarlidir.
    Haqiqiy tizimda qayta ishlanadigan ma’lumotlar qatorining mumkin bo’lgan kombinatsiyalarni ajratish - nazorat paketi deyiladi. Nazorat ma’lumotlarini kiritishdan maqsad - nazorat muolajalarining hujjatlashtirish izohlariga mosligini aniqlashdir. Nazorat muomalalari o’z ichiga mavhum ma’lumotlarni olishi mumkin. Eng avvalo, dasturiy vositalar bo’yicha hujjatlarga asosan aniqlangan chiqish ma’lumotlarining ro’yxati ko’rsatilgan jadval tayyorlab olinishi kerak. Shundan so’ng, muomalalar bo’yicha ma’lumotlar mashina o’qiydigan shaklga keltirilib, uni haqiqiy yuritilayotgan dasturda qayta ishlash uchun kiritiladi. Auditor, ma’lumotlarning barcha mumkin bo’lgan kombinatsiyalarni ko’ra bilishi uchun dasturlarni mantiqan fikrlashi, xo’jalik faoliyatining xarakterini yaxshi tasavvur eta olishi kerak. Bundan tashqari, nazorat ma’lumotlarning haqiqiylari bilan qo’shilib ketishi hamda fayllarning o’zgarishiga yo’l qo’ymaydigan ehtiyot choralari ham zarur.
    Nazorat tizimini auditorlik testidan o’tkazishda kompyuter usullaridan foydalanishning yakuniy maqsadi - kompyuter tizimida nazorat muolajalarning haqiqatda ishga qodirligi to’g’risidagi xulosani chiqarishdir. Bunday xulosa auditorga nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash va schyotlar bo’yicha qoldiqlarni tekshirish uchun audit muolajalarining vaqtida taqsimlanishi
    va qamrab olish kengligini hamda auditning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Magnit tashuvchi fayllardan foydalanib, auditorlik tekshirishni amalga oshirishning imkoniyatini aniqlagani sababli nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash kompyuter tizimi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
    Parallel modellashtirish usuli.
    Auditorlar tomonidan parallel modellashtirish uchun maxsus dastur tayyorlanib, bu dastur tekshirilayotgan firma dasturining nazorat muolajalari va mantiqi bilan o’xshash bo’ladi. Auditorlik dasturi yordamida haqiqiy ma’lumotlarni qayta ishlash natijalari shu ma’lumotlarni haqiqiy ustama tizimda qayta ishlash natijalari bilan taqqoslanadi. Bu usulning printsipial tuzilishi 4.1.14 chizma da keltirilgan.
    Kompyuter dasturlarida o’rnatilgan nazorat tizimini testdan o’tkazish muolajalarining uchta stsenariysi mavjud:

    1. Tekshirilayotgan firmaning real dasturlaridan foydalangan holda testdan o’tkazish;

    2. Firmaning xodimi tomonidan tayyorlangan maxsus auditorlik dasturlaridan foydalanib, testdan o’tkazish;

    3. Auditor tomonidan tayyorlangan maxsus dasturdan foydalangan holda testdan o’tkazish.

    Nazorat ma’lumotlari usuliga xos ravishda bajariladigan testdan o’tkazishning birinchi stsenariysi yuqorida izohlab o’tildi. Ikkinchi stsenariy bo’yicha testdan o’tkazish tekshirilayotgan firma xodimi tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik dasturlarining to’g’riligini tekshirishni talab qiladi.


    Parallel modellashtirish usuli


    Taqqoslash
    l modellashtirish usul




    Farqi

    i

    Auditorlarning dasturlashtirish sohasida chuqur bilimga ega bo’lishi yoki xolis dasturchilarni ishga taklif qilish uchinchi stsenariyni amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi.
    Umumiy auditning auditorlik dasturiy vositalari paydo bo’lishi uchinchi stsenariyning o’ziga xosligini yanada oshirdi. Bu vositalar tarkibiga audit vazifalarining ko’pgina qismini bajarishini ta’minlaydigan, paketlarda birlashtirilgan standart dasturlar kiradi.
    Umumiy tayinlangan dasturiy vositalar auditorlarga ma’lumotlarni qayta ishlashning real dasturiy tizimiga o’xshash tizimni yaratish, ayni bir ma’lumotlar faylidan foydalangan holda qayta ishlashni o’tkazish imkonini beradi. Bunday o’xshash tizimga auditor barcha zarur nazorat muolajalarini kiritishi mumkin. So’ngra o’xshash tizimdan olingan chiqish ma’lumotlari real tizimdagi chiqish ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
    Parallel modellashtirish usulini qo’llash avvaliga etarli darajada katta xarajatlarni talab qilishi mumkin, lekin bu usulning samaradorligi kompyuter texnikasi qo’llanilmay o’tkazilgan auditorlik tekshirishi samaradorligidan, shuningdek nazorat ma’lumotlari usulining samaradorligidan ma’lum darajada yuqoridir.
    Murakkab kompyuter tizimida nazorat muolajalarini auditorlik testdan o’tkazish.
    Ko’pgina ishlab chiqilgan buxgalterlik dasturlari o’z ichida nazorat vositalariga ega. Auditorlik tekshirishda qo’llaniladigan vosita va usullari to’rtta guruhga bo’lish mumkin. Bular:

    1. Haqiqiy vaqt birligida va haqiqiy ma’lumotlar bilan «on-layn» tartibida;

    2. Uzluksiz ma’lumotlar bilan;

    3. O’xshash ma’lumotlar bilan;

    4. Dasturlarni tahlil qilish asosida ishlaydi.

    Haqiqiy ma’lumotlardan foydalanilgan nazorat usullari.
    Ko’p hollarda bu usullar dasturlarni ishlab chiqish bosqichlarida quriladigan maxsus auditorlik modullarini yaratishni talab qiladi. Bunday dasturlarning qo’shimcha auditorlik bloklari tekshirish nuqtai nazaridan qiziqishga ega bo’lgan muomalalar to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlashdan avval yoki undan so’ng ajratib olish va ularni o’rganish uchun saqlash imkonini beradi.
    Muomalalarni belgilash.
    Auditor tomonidan muomalalar bo’yicha ajratib olingan fayllar kiritish paytida maxsus indikatorlar yordamida belgilanadi. Bu ma’lumotlarning ustama dasturlarda qayta ishlash barcha bosqichlarining nazorat yozuvlarini baholash uchun bosib chiqarib yoki fayllar ko’rinishida saqlash mumkin.
    Auditorlik fayllari.
    Belgilangan ma’lumotlar keyingi nazorat uchun maxsus fayllarga guruhlashadi. Auditorlik fayllarini tashkil qilishda ikki usul qo’llanilib, ulardan biri
    «doimiy nazorat auditorlik fayli» (DNAF) sifatida yaxshi tanish. Belgilangan mezonlar bo’yicha ajratib olingan ma’lumotlarni testdan o’tkazish asosida yig’iluvchi hisobotlar hisob va tahlil uchun bevosita auditorga kelib tushadi. Ichki audit nuqtai nazaridan DNAF usuli alohida e’tiborga ega. Ikkinchi usul - «tanlab olish nazorati auditorlik fayli» (TONAF) avvalgi usul bilan o’xshash bo’lib, ularning farqi shundaki, muomalalar bo’yicha ma’lumotlarni belgilash uchun
    dasturga doimiy tanlab olish mezoni emas, balki tasodifiy ajratib olish moduli kiritiladi. Ma’lumotlarning qayta ishlanganligi to’g’risidagi hisobotlar auditorlik tahlil uchun dasturning har bir ish yuritganidan so’ng olinishi mumkin.
    Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat.
    Bu usulning qo’llanilishi muomalalarning boshlanishi va ularning bajarib bo’linganidan so’ng kompyuterda saqlangan ma’lumotlar bazasidagi muomalalar va elementlarning holatini ko’rish imkonini beradi. Bosib chiqarilgan surat tahlil uchun auditorlarga taqdim qilinadi. Masalan, debitorlar hisobi bo’yicha qoldiqlar faylga kiritishdan oldin ham va kiritilgandan so’ng ham saqlanadi. Auditorlar uning natijalariga asoslanib, qayta ishlash jarayonini kuzatish va tekshirishlari mumkin.
    Tizim ish yuritishining doimiy nazorati.
    Apparat va dasturiy vositalarning ish faoliyatining tahlil qilish maqsadida, odatda, kompyuterga maxsus elementlar quriladi, ularning vazifasi esa - kompyuter ishining samaradorligini aniqlashdir. Bu elementlar tizim modulini kim va qanday muomalalar uchun egallaganligini aniqlash imkonini bergani tufayli audit uchun ham qo’llaniladi.
    Kengaytirilgan yozuvlar.
    Maxsus dasturlar muomalalarni qayta ishlash uchun qo’llanilgan barcha ustama dasturlarning natijalarini birlashtirib, belgilangan muomalalar bo’yicha nazorat yozuvlarini tashkil qiladi. Olingan yilga ma’lumotlar alohida faylda yoki qo’shimcha yozuv qatorlarida saqlanadi.
    Uzluksiz ma’lumotlardan foydalangan nazorat usullari.
    Bu usullar, keng ma’noda, auditorlar mashina o’qiydigan fayllardan foydalanish imkonini beradi. Ularga, xususan, avval izohlab o’tilgan, parallel modellashtirish usuli hamda umumiy bo’lgan auditorlik dasturlari kiradi.
    O’xshash ma’lumotlar qo’llanilgan nazorat usullari. Bu usullar guruhiga, xususan, avval ko’rib o’tilgan nazorat ma’lumotlari usuli kiradi. Bu usulning murakkab kompyuter tizimlari uchun soddalashtirilgan ko’rinishi - «testdan o’tkazishning integrallashgan usullari» (TO’NU) deb nom olgan.
    Odatda, dasturlar hamkorligida qo’llaniladigan bunday vositalardan auditorlar o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin. TO’NUdan foydalanish xodimlar, mijozlar, mol etkazib beruvchilar, debitorlar, kreditorlarning to’liq ro’yxati bo’lgan bo’lim maketini yaratishni talab qildi. Asosiy faylning haqiqiy yozuviga yoki ma’lumotlar bazasiga maxsus kod bilan belgilangan yozuvlar kiritiladi, haqiqiy muomalalarga esa o’xshash (ya’ni, nazorat) ma’lumotlar kiritiladi. TO’NU uchun oldindan aniq bo’lgan natijalar haqiqiy qayta ishlash natijalarini nazorat qilish va ustama dasturlar nazorat elementlarining ishga layoqatligini aniqlash imkonini beradi.
    TO’NUni qo’llash alohida e’tiborni talab qiladi, chunki bu usul buxgalteriya hisobining haqiqiy tizimiga qalbaki yozuvlar, muomalalar va hisobotlarni kiritish bilan bog’liq. Qalbaki chiqish ma’lumotlarini moliyaviy hisobotdan chiqarib tashlashni kafolatlash zarurdir. Asosiy fayllardagi haqiqiy yozuvlar va hisob
    raqamlaridagi qoldiqlarning buzilishi yoki xato ko’rsatilishining oldini oluvchi chora-tadbirlar qabul qilish lozim.
    Bu paragrafda biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorat usullarining avtomatlashtirilmagan buxgalteriyani oddiy auditorlik tekshirish usulidan asosiy farqini ko’rib chiqdik. Kompyuter qamrab olgan tizimni audit o’tkazish rejasini tuzdik va nazorat usullari hamda bevosita kompyuter tizimini testdan o’tkazishning usullarini ko’rsatib o’tdik.



    Download 13,28 Mb.
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




    Download 13,28 Mb.