MAVZU NAZORAT MASLAHATCHI AUDITORLIK TIZIMLARI VA AUDIT ISH SIFATI NAZORATI
Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) auditorlik ob’ektlarining quyidagi guruhlariga mo’ljallab tashkil qilinishi mumkin:
buxgalteriya hisobi qo’lda yuritiladigan ob’ektlar;
buxgalteriya hisobi kompyuterlar qo’llab yuritiladigan ob’ektlar.
Bu erda, kompyuter fayllarining mazmunini tashkil qiluvchi birlamchi buxgalteriya hujjatlarining asosiy qismi qayta ishlanadi. Bu holatda NMAT mijozning fayllaridan foydalanishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, auditni bajarish uchun qilinayotgan xarajatlarning qisqarishiga, uning aniqligi va operativligini oshirishga imkon beradi.
Agar, mijozning buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan bo’lsa, u holda auditor o’z vazifalarini bajarishda 11-son O’zbekiston Respublikasi Audit Milliy andozasi «Ma’lumotlarning kompyuter ishlanmasi sharoitida audit» dan foydalanishi lozim.
Xuddi shu andoza NMAT ishlab chiquvchi faoliyatga ham asos qilib olinishi kerak, chunki bu andoza unga avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimining xususiyatlarini to’g’ri hisobga olish imkonini beradi. Bundan tashqari, andoza mijozning hisobga doir ma’lumotlarini kompyuterda qayta ishlashni tashkil qilish shaklini aniqlash bo’yicha ishlarni tartibga solishga yordam beradi. Shu bilan birga bunda ma’lumotlarni qayta ishlashning markazlashgan darajasini aniqlash zarur: ma’lumotlar mahalliy kompyuterlarda yoki tizimga ulangan kompyuterlarda qayta ishlanadi.
Bu savollarga javoblar mijozlarning ma’lum bir guruhlarini to’la tenglashtirib, NMATni tashkil qilishning strategiyasini belgilab beradi. Biroq, auditorlik tizimni tashkil qilishning imkonli strategiyalarini izohlashdan avval, bundan qanday vazifalar oldiga qo’yilishni aniqlash zarur.
Auditorlik tizimi funktsional va ta’minlovchi qismlardan tashkil topgan bo’lishi kerak.
Funktsional qism - bu iqtisodiy-matematik va iqtisodiy-tashkiliy modellar hamda uslublar, auditni amalga oshirish uslubiyoti va usullarining majmuasidir. Ta’minlovchi qism esa birinchi qismda ko’rsatilgan audit jarayonini avtomatlashtirish uchun qaratilgan bo’lib, axborot, dasturiy, texnikaviy va boshqa ta’minotdan tashkil topadi. Bu qismlarni biz quyida to’laroq ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
Audit - spetsifik soha bo’lib, bir tomondan, u moliyaviy va boshqa hujjatlarni tekshirish bo’lsa, ikkinchi tomondan, korxona hisobi va moliyaviy- xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha mutaxassislar taklifini berishdir. Boshqacha qilib aytganda, bunday tizimlar nazorat va maslahat berish funktsiyalarini birlashtirishi kerak. Bu, o’z navbatida, ularni ishlab chiqishga qo’shimcha qiyinchiliklar kiritadi. Bunday tizimlar nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) deb ataladi.
NMAT qanday vazifalarni amalga oshirishini, ya’ni uning funktsional qismi nimalardan iboratligini aniqlash uchun, tizimdan foydalanuvchilarni guruhlarga
ajratish va bu guruhlarning har biri qanday maqsadlarni ko’zlashini aniqlash lozim. Buni biz quyidagi 4.2.15 chizmada ko’rsatishga harakat qilamiz:
Chizmada ko’rinib turibdiki, audit natijalaridan manfaatdor bo’lgan sub’ektlar quyidagilar:
kasaba qo’mitalari, ishchilar;
aktsiyadorlar, mulk egalari;
banklar, kreditorlar;
soliq va sug’urta qo’mitalari;
huquq va boshqa davlat organlari.
Ajratilgan guruhlarning har biri audit natijalaridan o’z maqsadlarini ko’zlaydilar. Masalan, kasaba uyushmalari ish joylarining saqlanib qolishi, ish haqining oshirilishidan manfaatdor bo’lsa, aktsiyadorlar va mulk egalari - korxona rentabellik darajasining o’sishi va aktsiyalar qiymatining ortishidan, banklar va kreditlar - korxonaning to’lov qobiliyati va likvidligini aniqlashdan, davlat - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining soliq va to’lovlarni o’z vaqtida to’lashidan manfaatdordir.
Qarz vositalarining auditi. Dividend siyosatining auditi. To’lov qobiliyatining auditi. Moliyaviy barqarorlik auditi.
Maslahat beruvchi audit
Vazifa lari
Moliyaviy-xo’jalik faoliyatini baholash va uni yaxshilash yo’llarini izlash
Maqsad lari
Huquqni himoya qiluvchi va boshqa davlat organ lari
Aktsiyador lar, mulk egalari
Tashqi audit dan manfaatdor bo’lgan sub’ektlar
Maqsad lari
Vazifa lari
16.1-chizma. Maslahat beruvchi va nazorat qiluvchi auditning sub’ektlari, maqsadlari va vazifalari.
Tashqi auditning maqsadlarini tahlil qila borib, nazorat qiluvchi auditning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
tayyor mahsulot hisobi va uni sotish auditi;
ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasining auditi;
ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar auditi;
mehnat va ish haqi bo’yicha hisoblashuvlar auditi;
moddiy qimmatliklar hisobining auditi;
pul mablag’lari hisobining auditi va boshqalar.
Konsultativ-maslahatchi audit vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
qarz vositalari strategiyasining auditi;
moliyaviy barqarorlik auditi;
dividendlar bo’yicha siyosatning auditi;
to’lovga qobiliyatlilik auditi;
kompleks audit.
Sanab o’tilgan vazifalarni echishga mo’ljallangan NMATning ta’minlovchi qismini quyidagi 4.2.16 chizmada ko’rib chiqamiz:
|