• Ekologik auditning uslubiyotini qurish kontseptsiyasi
  • Ekologik auditni klassifikatsiya jadvali
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet189/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    Moliyaviy audit

    Ekologik audit

    1. Qonunchilik bilan belgilangan talablar (shartlar)

    2. Yillik hodisalar

    3. Hodisalar haqidagi rasmiy ma’lumotnomadagi tasdiq.

    4. Tashqi tashkilot bilan amalga oshiriladi va nashr qilinadi.

    5. Amaldagi qonun-qoidalar, standartlar doirasida.




    1. Qonun bilan belgilangan attestatsiyadan oldin taqdim qilish uchun zarur bo’lgang ishning minimal hajmi

    1. Korxonaning ixtiyoriy faoliyati.




    1. Qayd qilingan jadval mavjud emas.

    2. Tavsiya va maslaxatlar.




    1. Tashkilotni boshqarishning ichki mexanizmi bo’lib hisoblanadi.

    2. Bir nechta qoida va standartlar , shu jumladan shu paytda tayinlangan halqaro qonunlar va standartlar.

    3. Bajariladigan ishga talablar yakka tartibda muxokama qilinadi.



    Ekologik auditning uslubiyotini qurish kontseptsiyasi


    Manbalar

    Tarkibi

    Ekologik auditni rivojlantirish bo’yicha
    tavsiyalar

    Xalqaro auditorlik standartlar

    Auditorloik amaliyot bo’yicha Xalqaro komitet tomonidan qabul qilingan auditorlik tamoyillar .
    XASdan auditorlik faoliyatining milliy qonun-qoidalar (standartlar)i bilan belgilanmagan bo’limida ichki
    standartlarni ishlab chiqish uchun foydalanish.

    Davlat sektoriga qarashli tavsiyalar. Ekologik auditning tabiatni muhofaza qilish ob’ektlarining ekologik auditi bo’yicha xalqaro va milliy qonun- qoidalar (standartlar)ni ishlab chiqish.

    Auditorlik faoliyatinng milliy qonun- qoidalar (standartlar)i

    O’z.Res.hukumati tomonidan tasdiqlangan, mamlakat hududida o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlariga umumiy talablarni , audit hajmini, audit sifatiga belgilangan talablarni , isbotlovchi bazaning ishonchliligini, auditorlik xulosasining shakllarini belgilovchi, qonun-qoidalar
    (standartlar).

    Ijtimoiy muhit ob’ektlariga qarashli tavsiyalarga ega emas.
    Ijtimoiy muhit ob’ektlari bo’yicha bo’limlarni detallashgan tasavvur qilsh lozim (davlat sektori kabi boshqa sektorlarni ham).

    Auditorlik professional birlashmalarining ichki qonun- qoidalari (standartlari)

    Milliy smtandartlar talablarini auditorlik tashkilotlariga , birlashma a’zolariga detallashtiruvchi , ichki standartlarni ishlab chiqishda asosiy bo’lib hisoblangan auditorlik birlashmalarining qonun- qoidalar(standartlar)i.

    Ekologik auditning ob’ektlariga qarashli milliy standartlar talablarini detallashtiruvchi qonun- qoidalar(standartlar)ni ishlab chiqish. Tashqi va ichki omillar bilan hamda uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbollarida tadbirkorlik
    samaradorligi bilan o’zaro
    bog’liqlikda tabiatni muxofaza qilish faoliyatining effektivligini baholash
    bo’yicha metodik yo’nalishlarnilarni ishlab chiqish.

    Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari.

    Auditorlik faoliyatining milliy qonun-qoidalar (standartlar)i , XAS asosida ularni bo’lish , guruhlashtirish, aniqlashtirish aosida ishlab chiqilgan, auditga umumiy yondashuv aks ettiruvchi auditni
    o’tkazish va tashkil qilish tamoyillari.

    Iqtisodiyot sektorlari va geografik segmentlar bo’yicha tabaqalashgan ekologik auditning ichki standartlarini ishlab chiqish.
    Ekologik auditni klassifikatsiya jadvali



    Klassifikatsiya belgisi

    Ekologik audit turi

    1

    Qonunchilik talablariga ko’ra

    Majburiy
    Ixtiyoriy

    2

    Auditorning mijozga munosabatiga ko’ra

    Ichki
    Tashqi

    3

    Bajariladigan vazifalarning maqsadi va xarakteriga ko’ra

    Qisqartirilgan To’liq
    Kompleks

    4

    Ekologik auditning bosqichlari bo’yicha

    Tayyorlovchi Asosiy
    Tugallovchi

    5

    Ma’lumot manbalariga ko’ra

    Hisobning avtomatlashtirilmagan shakli uchun
    Hisobning avtomatlashtirilgan shakli uchun

    6

    Haqiqiylik belgisiga ko’ra

    Haqiqiy
    Istiqbolli

    7

    Nazorat shakliga ko’ra

    Informatsion Ogohlantiruvchi
    Jazolovchi



    Ekologik nazorat tizimida ekologik auditning o’rni



    Davlat ekologik nazorati

    Jamoat ekologik nazorati Ekologik

    ma’lumot,
    maorif, tarbiya






    EKOLOGIK AUDITNI TASHKIL QILISH” MAVZUSI BO’YICHA TAQDIMOT



    Tekshiruv qatnashchilari
    o’rtasida vazifalar taqsimoti




    Ma’lumotlarni yig’ish va ularni
    tahlil qilish




    Muammolarni
    aniqlash va ularni guruxlash




    Moliyaviy vositalar




    Texnik vositalar




    Tekshiruv natijalarini xujjatlashtirish




    Ekspert xizmatidan
    foydalanish




    Tekshiruv ob’ektidagi ekologik vaziyatga baho berish




    Tekshiruv natijalariga ko’ra taklif va tavsiyalar
    ishlab chiqish



    Sanoat korxonasida ekologik audit tekshiruvini tashkil qilish va o’tkaish tartibi






    Ekologik tadbirlarni ro’yhatini aniqlash va auditorlik amallarini tayinlash





    Ekologik audit tekshiruvini o’zkazish dasturini tuzish





    Tavsiyalarni amaliyotga joriy qilish




    Tavsiyalar samaradorligi monitoringini olib borish





    Ekologik audit korxonani atrof muhit bilan bog’liqligini boshqarish mexanizmi sifatida XX asrning 70- yillarida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiyada tashkil topdi (2.1.12.- 4bb). «ekologik menejment» tushunchasi «atrof muhitni muhofaza qilish» yoki «tabiatdan foydalanishni boshqarish» iboralari sifatida foydalaniladi. Ekologik havfsizlikni ta’minlashda, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimlari ostida ekologik auditning o’rni va roli tushunish uchun «ekologik boshqarish» va «ekologik menejment» tushunchalarining umumiy tomonlari va farqlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
    Ekologik auditning ob’ekti – korxonalarning atrof muhitga va tabiat ob’ektlariga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq xo’jalik hamda boshqa faoliyati, shuningdek bunday faoliyatning natijalari bo’lib hisoblanadi.
    Ekologik auditningg predmeti bo’lib quyidagilarni keltirish mumkin;

    • korxonaning atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bilan bog’liq faoliyat turlari;

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof muhitning holati;

    • atrof muhitni boshqarish tizimining holati;

    • tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va belgilangan ekologik talablarga rioya qilinish darajasi;

      • korxonada tabiiy resurslardan foydalanish darajasi;

      • korxonalarda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan chiqindilarni joylashtirish jarayoni;

      • ekologik xavfsizlik bilan bog’liq qonungchilik talablarini buzilishi oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy tavakkalchiliklar.

    Ekologik auditni o’tkazish jarayonidi u yoki bu korxona, ishlab chiqarish yoki texnologik jarayonini xavflilik darajasi bir qator omillar yordamida o’rganiladi va ular atrof muhitga ta’siri baholanadi.
    Ekologik audit yo’nalishi bo’yicha Rossiya Federatsiyasida ma’lum darajada tajriba yuzaga kelgan bo’lib, uni yaratilishiga xalqaro audit bozorida yuqori nufuzga ega bo’lgan “Artur Andersen”, “KPMG”, “Deloyt end Tush “, “Parays Uoterxaus Kupers” va “Ernest end Yang” kabi auditorlik kompaniyalari katta xissa qo’shishgan.


    Potentsial mijozlar to’g’risida ma’lumotlar yig’ish


    Ekologik audit o’tkazish tavakkalchiligi va moddiylik darajasini baholash


    Shartnoma tuzish to’g’risida qarorga kelish


    Tomonlar o’rtasida majburiyatlar kelishuvi


    Ekologik audit o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzish


    Tekshiruvni o’tkazish rejasini ishlab chiqish


    Tekshiruvni o’tkazish dasturini tayyorlash



    Ekologik audit o’tkazish umumiy rejasining namunaviy ko’rinishi1





    REJALAShTIRILAYoTGAN ISh TURLARI

    Vaqt sarfi,
    soat

    Bajaruvchi

    Izoh

    1

    Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish










    2

    Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
    bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish










    3

    Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
    vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish










    4

    Korxonada chiqadigan chiqindilarni hisobga olish
    tartibi bilan tanishish










    5

    Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan
    xarajatlardan foydalanish samaradorligini aniqlash










    6


    Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini
    tekshirish












    Tekshirilayotgan tashkilot Ekologik audit davri Kishi-soatlar soni Auditorlik guruhi rahbari Auditorlik guruhi tarkibi
    Rejalashtirilayotgan auditorlik xatlari
    Rejalashtirilayotgan moddiylik (muhimlik) darajasi
    Auditorlik tekshiruvi xulosasi va xisobotning ishchi va hisobot tili: Tekshiruv natijalari taqdim qilinadigan tashkilotlar nomi:




    AUDIT BO’LIMLARI BO’YIChA EKOLOGIK
    AUDITORLIK TADBIRLARI RO’YHATI

    Vaqt sarfi,
    soat

    Bajaruvchi

    Izoh

    1

    Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish










    1.1

    Ekologik pasport qachon olgan?










    1.2

    Unga oxirgi o’zgartirish qachon kirilgan?













    va hokazo










    2

    Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
    bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish










    2.1

    Erdan foydalanish bo’yicha qanday me’yorlar
    o’rnatilgan?










    2.2

    Suv resurslaridan foydalanish bo’yicha qanday
    me’yorlar o’rnatilgan?










    3

    Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
    vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish










    3.1

    Asosiy vositalarining qiymati qancha?










    3.2

    Asosiy vositalarining eskirish
    koeffitsienti qanday?










    4


    Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini
    tekshirish










    4.1

    Shu borada korxona qanday soliqlar to’lovchisi
    hisoblanadi?










    4.2

    Soliqlar turlari bo’yicha to’g’ri hisoblanganmi?










    Auditorlik tashkiloti rahbari: Auditorlik guruhi rahbari:


    Ekologik audit dasturi auditor assistentlari va xali etarli darajada amaliy ish tajribasiga ega bo’lmagan auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
    Ekologik audit o’tkazish dasturining xar bir bo’lim bo’yicha auditorning ishchi xajjatlarida rasman aks ettirilgan ma’lumotlar yakuniy auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish uchun shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik holati to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
    Ekologik audit tekshiruvi yakuniga ko’ra auditor tekshirilgan ob’ekt bo’yicha asosli fikr bildirishi uchun etarli miqdorda sifatdi auditorlik dalillariga ega bo’lishligi lozim. Audit amaliyotida “Auditorlik dalili” deb auditor tomonidan tekshiruv ob’ekti bo’yicha o’z fikrini asoslash uchun tanlab olingan axborotlar yig’indisiga aytiladi. Auditorlik dalillari tekshiruv ob’ektiga tegishli bo’lgan quyidagi manbalardan olinishi mumkin:
    -korxonaning ta’sis xajjatlari;
    -dastlab xujjatlar;
    -buxgalteriya hisobining registrlari;
    -korxona faoliyatining taxliliy natijalari;
    -moliyaviy hisobt ma’lumotlari;
    -mijozga xuquqiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
    -mijozga sug’urta xazmati ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
    -uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlar;
    -ekspertiza va lobaratoriya tahlili ma’lumotlari;
    -korxona xodimlaridan olingan yozma va og’zaki tushuntirishlar va x.k.
    Auditorlik dalillari ma’lumot sifat talablariga javob berishi lozim. Ular avvalambor tekshirilayotgan ob’ektga ta’luqli bo’lishi, voqelik bilan tasdiqlangan hamda ishonchla bo’lishi lozim. Xalqaro audit andozalarida bu holat “etarlilik” va “mos tushish” kabi tushunchalar bilan tavsiflanadi.
    Etarlilik va mos kelishlik ichki nazorat testlari va muhimlikni tekshirish tadbirlari asosida olingan auditor dalillariga aloqador bo’lgan va bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tushunchalardir. Etarlilik – auditor dalillarining miqdor ko’rsatgichidir. Mos kelishlik aniq fikrlar (da’volar) uchun dalillarning sifati va ahamiyatining, shuningdek bu dalillar ishonchliligining ko’rsatgichidar. Auditorlik dalillari ishonarli tusda bo’lishi lozim va ko’p hollarda auditor ayrim shubhalarini tasdiqlash uchun turli manbalardan turli dalillarni olishi lozim bo’ladi.
    Ekologik audit tekshiruvi jarayonida xujjat bilan tasdiqlanuvchi dalilga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Lekin bu degani og’zaki dalillardan foydalanmaslik lozim degani emas. Og’zaki dalillar o’z navbatida ekologik audit tekshiruvi yo’nalishini belgilash yoki unga tuzatishlar kiritish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ekoauditor dalillarining ishonchliligi ichki va tashqi manbaning ta’siriga, shuning uning tusiga: ko’rgazmali, xajjtli yoki og’zaki ko’rinishda bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Ekoauditor dalillarining ishonchliligi shu dalillar olingan vaziyatga bog’liq ekan, demak auditor dalillarining ishonchliligiga baho berishda quyidagi umumlashmalardan foydalanishi mumkin:
    -tashqi auditor dalillari (uchinchi tomondan olingan axborot) ichki auditor dalillariga nisbatan ishonchliroqdir;
    -ichki auditor dalillari tegishli ekologik hisob va ichki ekologik nazorat tizimi samarali ishlayotgan bo’lsa, ancha ishonchliroqdir;
    -ekoauditorning o’zi olgan dalillar mijozdan olingan dalillarga nasbatan ishonchliroqdir;
    -yozma shakldagi auditor dalillari og’zaki shakldagi dalillarga nisbatan ishonchliroqdir.
    Tegishli tarzda olingan va ish xujjatlarida aks etgan auditor dalillari tekshirilayotgan ekologik hisobot xususida to’g’ri fikrning shakllanishi ta’minlaydi va ekoauditorga o’z xulosalarini asoslab berishga xizmat qiladi. Ekologik auditni o’tkazish jarayoni ekologik hisobotni tekshirish chog’ida olinadigan dalillarni xajmini, xarakterini hamda bu dalillarni olishga doir tadbirlarni belgilab beruvchi asosiy qoidalarni ko’rsatishdan iborat.
    Auditor bir yoki bir necha tadbirlar: o’rganish, kuzatish, so’rab-surishtirish va tasdiqlash, hisoblash va tahliliy sharx yordamida tekshiruv ob’ekti bo’yicha zaruriy dalillarni oladi. U auditor dalillarini samaraliroq yig’ishni ko’zda tutuvchi tekshirish rejasida zarur ma’lumotlarni to’plash uchun qanday tadbirlarni qancha miqdorda va xajmda amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim. Auditor tekshiruv dasturida korxonaning ekologiya bilan bog’liq u yoki bu yo’nalishini qaysi usullar yordamida tekshiruvdan o’tkazishini avvaldan rejalashtirib oladi.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   211




    Download 13,28 Mb.