|
Amaliy audit
|
bet | 185/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditTahliliy tadbirlar asosiy ko’rsatgichlar va umumiy yo’nalishlani, shu jumladan boshqa tegishli axborotlarga yoki faraz qilingan miqdorlarga zid keladigan o’zgarishlar va nisbatlarni o’rganish natijalarini taxlil etishni ko’zda tutadi.
Auditor dalillari ichki ekologik nazorat testlarini va muhimlikni tekshirish tadbirlarini eng maqbul ravishda qo’shish olib borish asosiga quriladi. Ayrim hollarda bunday dalillar faqat muhimlikni tekshirish tadbirlari asosida olinadi. Ekoauditor dalillarini olish uchun ekologik hisobotga asos bo’lgan birlamchi xujjatlar va hisob yozuvlari, shuningdek boshqa manbalardan tasdiqlovchi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Ichki ekologik nazorat testlari ekologik hisob va ichki ekologik nazorat tizimlari ishining smaradorligi va tuzilishiga muvofiq keladigan dalillarini olish maqsadida to’ldiriladi.
Muhimlik tekshirish tadbirlari ekologik hisobotdagi muhim buzilishlar to’g’risida auditor dalillarini olish maqsadida bajariladigan testlardan iborat, bu testlar ikki xil bo’ladi:
Ekologik holatga tegishli xo’jalik muomalalani to’laligini tekshirishga doir testlar;
Tahliliy tadbirlar.
Ekologik auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida lobaratoriya taxlili usulidan keng foydalaniladi. Misol uchun “Andijonyog’moy” xissadorlik jamiyatida ekologik audit o’tkazilish chog’ida, ishlatilgan suv,
chiqarilayotgan chiqindilarning ifloslanganlik darajasi hamda ishlab chiqarilgan tayyor maxsulotni sanitariya va ekologiya me’yorlariga javob bera olish darajasi laboratoriya tekshiruvi yordamida aniqlanib boriladi. Agar korxonaning
lobaratoriya uskunalar eski, ishga yaroqsiz yoki ishonchsiz bo’lsa, unda auditorlar SES hamda sertifikatsiya xizmati anjomlari va mutaxassislaridan ekspert sifatida foydalanishlari mumkin. O’rganish ob’ekti tekshiruvdan o’tkazilgandan so’ng ekoauditorlarga lobaratoriya natijalari taqdim qilinadi. Bu esa auditorlik dalillari bo’lib xizmat qiladi.
Ekologik auditni tekshiruvini o’tkazish o’ta murakkab va keng qamrovli jarayondir. Ekoauditor qanchalik etuk va qobiliyatli mutaxassis bo’lmasin atorf muhitga ta’sir ko’rsatuvchi xalq xujaligining hamma tarmoqlarini xususiyatlarini mukammal tarzda bilishi qiyin. Shu bilan birgalikda ekologik audit tavakkalchiligi yuqori bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Ekoauditorning xatosi unga nafaqat moliyaviy zarar etkazishi, balki sifatsiz o’tkazilgan ekologik audit tekshiruvini natijasida katta-katta xududlarda jiddiy ekologik talofat yuz berishi mumkin bo’ladi. Bu esa oqibatda auditorlik tekshiruvini sifatsiz tarzda o’tkazilgan ekoauditor yoki ekoauditorlik tashkilotiga nisbatan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ekologik audit tekshiruvlarini yuqori saviyada va malakaviy tarzda o’tkazish uchun auditorlik tashkilotlari mijoz korxona biznesining xususiyatlarini, texnika va texnologiyasining holatini va bu faoliyat yo’nalishlarini atrof muhitga ta’sir darajasini hisobga olib turli soha mutaxassislarini ekologik auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayoniga ekspert sifatida jalb qilishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ekologik audit tekshiruvini o’tkazish jarayoniga ekspertlarni jalb qilish tartibi aks ettirilgan maxsus me’yoriy xujjat mavjud emas. Biroq, ushbu masalani ma’lum darajada to’g’ri va asosli tazda xal qilish uchun “Ekspert ishidan foydalanish” nomli 16 – milliy audit andozasidan foydalanish mumkin. Bu andoza xuddi shu nomdagi Xalqaro audit andozasi asosida ishlab chiqilganligi uchun ham katta amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu kim va qanday holatlarda ekspert deb hisoblanadigan degan asosiy tushuncha ochib beriladi, shuningdek xo’jalik sub’ektining ekologik holatini audit qilishda va unga maslahat xizmatini ko’rsatishda ekspertlar ishidan foydalanish tartibi keltiriladi. Auditorlik firmasi tadqiq qilishi lozim bo’lgan vaziyatning turi va murakkabligidan, buxgalteriya hisobi va ekoaudit doirasidan chiqadigan masalalar mohiyatining darajasidan, shuningdek tadqiq etilayotgan vaziyatga nisbatan qo’llaniladigan boshqa taxliiliy tadbirlarning o’rinliligidan, maqsadga muvofiqligidan va ishonchliligidan kelib chiqib, ekspertlar ishidan foydalanish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Ekologik audit tekshiruvlarini o’tkazish sohasida to’plangan amaliy tajriba ko’pchilik holatlarda tekshiruv jarayoniga ekspert sifatida quyidagi mutaxassislarni jalb qilinayotganligini ko’rsatadi:
-tibbiyot xodimlarini;
-kimyogarlarni;
-mikrobiologlarni;
-fiziklarni;
-sanitariya-epidimiologiya xodimlarini;
-xuquqshunoslarni;
-menejerlarni;
-sug’urta xodimlariniva boshqa soha mutaxassislarini.
Ekologik audit tekshiruvi jarayoniga ekspert sifatida jalb qilingan kimyogar va fiziklar havoga, erga va suvga tekshiruv ob’ekti tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini taxlil qilishsa, tibbiyot xodimlari va mikrobiologlar ularni inson salomatligi va xududning flora va faunasiga ta’sirini o’rganishadi. Ekspert sifatida xuquqshunoslar xizmati tekshiruv ob’ekti tomonidan er osti qazilmalari yoki o’rmon boyliklaridan foydalagnish xuquqini beruvchi shartnoma yoki ruhsatnomaning qanchalik tarzda xarakatdagi qonunchilikka mos kelishligini baholashda qo’l keladi. Menejment sohasida etuk mutaxassislar ko’magi korxonaning ekologik menejment tizimidagi zaif bo’g’inlarini aniqlash hamdauni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish jarayoniga katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda er yuzining turli qit’alarida er qimirlashi, suv toshishi, o’t ketishi, qurg’oqchilik kabitabiiy ofatlarning, ishlab chiqarish ob’ektlarida portlashlarning yuzaga kelishi, daryo va dengizlarda atrof muhit uchun xavfli bo’lgan yuklarni tashayotgan kemalarning xalokatga uchrashi kabi texnogen holatlarning vujudga kelishi ekologik audit sohasiga sug’urta xodimlarini jalb qilish jarayonini tezlatdi. Bu mutaxassislar yordamida ekologik audit tekshiruvini olib borayotgan auditorlik tashkiloti korxonalarga bo’lajak tabiiy ofatlar va texnogen holatlardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararni hisoblashda yordam berib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun manfaatli bo’lgan sug’urta takliflarini ishlab chiqadi.
Auditorlik tashkiloti ekologik auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanishi rejalashtirayotgan bo’lsa, bajarilishi ko’zda tutilayotgan ishning sifatini ta’minlash va auditorlik xatarini pasaytirish uchun ekspert sifatida jalb qilinayotgan mutaxassisning malaka darajasini baholashi lozim. Mutaxassisning malaka darajasini quyidagi holatlar bo’yicha baholash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-mutaxassisligi bo’yicha diplomning mavjudligi;
-amaliy ish tajribasi;
-ekspert sifatida faoliyat ko’rsatishiga ruxsat beruvchi guvohnoma yoki litsenziyaning mavjudligi;
-shu soha xodimlari orasidagi tutgan o’rni va obro’si;
-biror – bir kasb tashkilotiga a’zoligini tasdiqlovchi xujjatning mavjudligi.
Ko’pchilik holatlarda auditorlik firmalari ekologik auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun ekspert sifatida iqtisoslashgan korxona va tashkilotlar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu holatda ularni shu sohada etarli tajribaga egalik hamda texnik jixatdan yaxshi ta’minlanganligi uchun auditorlik tekshiruvlarining sifati sezilarli tarzida yaxshilanadi. Biroq, bu holat tekshiruv o’tkazish qiymatini keskin o’sishiga olib kelishi mumkin.
Xo’jalik sub’ektiga va uning xatti xarakatlariga baho berishga nisbatan ekspertning xolis bo’lishi talabi ekspertning mustaqilligi bilan chambarchas bog’langan. Ekspert baholashini o’tkazish jarayoniga mutaxassis:
-agar u mijozning mutaxassislaridan biri bo’lsa, yoxud mijozda rahbarlik vazifalarini bajarayotgan bo’lsa;
-agar u mijozning xodimlari bilan qarindosh yoki kuda – anda bo’lsa;
-agar ekspert ishlayotgan yuridik shaxs mijozning qatnashchisi, kreditori, sug’urtachisi bo’lsa;
-agar mijoz ekspert bilan moddiy jahatdan yoki boshqaruv tarzda unga bog’liq bo’lsa jalb etilmaydi.
Auditor ekoauditorlik tekshiruvini o’tkazishda auditorlik firmasi ekoaudit qilayotgan xo’jalik sub’ekti va ekspert o’rtasida yoxud auditorlik firmasi bilan ekspert o’rtasida tuziladigan pulli xizmat ko’rsatish shartnomasi asosida ekspert ishidan foydalaniladi. Ekspert baholashini o’tkazish shartnomasi umumiy qabul qilingan qoidalar va shartlardan tashqari quyidagilarni ko’zda tutishi lozim:
-ekspert ishining o’ziga xos maqsadi va xajmini;
-auditorlik firmasi ekspert xulosasini olishini kutayotgan aniq – ravshan masalalar bayonini;
-ekspert ishining maqsadlari uchun mijoz xujjatlarining oshkoralik darajasini (ruhsat berish me’yorini);
-agar zarur bo’lsa, ekspertning iqtisodiy sub’ekt bilan o’zaro munosabatlarining bayonini;
-ekspert tomonidan olingan barcha axborotlarning maxfiyligini;
-ekspert o’z ishida foydalanishni mo’ljallayotgan tadbirlar va usullarni, ularning avvalgi davrlarda foydalanilgan (agar avvalgi davrlarda auditorlik firmasi mijozning ma’lumotlari bilan ish olib borishda ekspert xizmatidan foydalangan bo’lsa) tadbirlar va usullarga to’g’ri kelishini;
-ekspert xulosasining shakli va mazmunini.
Ekspert o’z ishining natijalarini yozma ravishda xulosa (hisobot, hisob-kitob, jadvallar, diagramma, qiyosiy tahlil va h.k.) tarzida taqdim etadi. Ekspert xulosasi, tajribali auditor va boshqa ekspert, u bilan tanishganda ekspert qilgan ish to’g’risida tasavvur hosil qila olish uchun, etarli darajada to’liq va batafsil bo’lishi lozim. Ekspert ishi natijalari kirish, tadqiq qilish va xulosa qismidan iborat bo’lgan xujjat bilan rasmiylashtiriladi. Uning kirish qismida ekspert oldiga qo’yilgan vazifalari bayon etiladi. Ekspert tekshirgan har bir savolga xulosaning tadqiq qilish qismidagi muayyan bo’lim mos kelishi lozim. Ekspertning xulosalari qo’yilgan masalalarga javobgar tariqasida, kirish qismidan qay tarzda bayon etilgan bo’lsa, shu tartibda, bayon etiladi. Har bir savolga mohiyatga javob berilishi, yoxud bunday javob berishning imkoni yo’qligi ko’rsatilishi lozim.
Ekspertning xulosasida:
-ekspertiza o’tkazilgan xo’jalik sub’ektining nomi;
-ekpertiza ob’ekti;
-qilingan ishlar xajmi va ekspertning mas’uliyat darajasi;
-ekspert tekshiruv o’tkazish qabul qilgan tadbirlar va qo’llanilgan usullar;
-ekspertiza o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan har qanday munozarali savollar, hal etilmagan muammolar;
-ekspertiza o’tkazilgan ob’ektni baholash bilan bog’liq ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim.
Ekspert xulosasiga kiritilgan ma’lumotlar aniq va tushunarli bayon etilishi, shakli va mazmuni yaqqol ko’rinib turishi va har xil talqinlarni istisno etishi lozim. Ekspert xulosasi quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo’lishi kerak: xujjatning
nomi, tuzilgan sana, ekspertning shaxsiy imzosi va to’liq ismi-sharfi; ekspert- yuridik shaxsning muhri. Xulosa qog’ozda, yozuv mashinkasi yoki kompyuterda, ya’ni undagi ma’lumotlarni auditorlik firmasi arxivida ish xujjatlarini saqlash uchun belgilangan vaqt mobaynida saqlashni ta’minlaydigan tarzda tayyorlanishi lozim.
Ekspert o’z xulosasini kamida ikki nusxada tayyorlayda. Uning bir nusxasi auditorlik finmasiga beriladi, ikkinchisi esa keyinchalik ekspert ishini boshqacha talqinlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun uning o’zida qoladi. Ekspert bergan xulosasi uchun auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnoma va xarakatdagi qonunchilik doirasida javobgar hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti ekologik audit tekshiruvi natijalariga ko’ra tayyorlagan auditorlik xulosasi va hisobotida qaysi yo’nalishlar bo’yicha o’z xulosasini ekspert ishi natijalariga ko’ra asoslanganligini yoritib beradi. O’z xulosasini ekspertning bergan ma’lumotnomasiga asoslanib bildirgan auditor ma’suliyatdan ozod qilinmaydi. Chunki u audatorlik tekshiruvi ob’ekti oldida birinchi darajali javobgardir.
Agar auditor ekspert ishi natijalarini ko’rib chiqish jarayonida uning xulosasi bilan xo’jalik sub’ektidan olingan axborot o’rtasida katta tafovutni aniqlasa, yoxud ekspert ishining natijalarini asossiz deb hisoblasa, bunday holda u qo’shimcha tadbirlar o’tkazishi lozim. Bu tadbirlar ekspert xulosasining xolisligiga baho berish yoki boshqa ekspertni tayinlashga qaratilgan bo’ladi. Ekspert xulosasini olish imkoni bo’lmaganda, tadqiq qilingan biron bir vaziyatga baho berishda ekspertning jaddiy ishonchsizligi xo’jalik sub’ekti bilan ekspert o’rtasida yoki auditorlik finmasi bilan ekspert o’rtasidaga xal etib bo’linmaydigan ixtiloflar paydo bo’lganida auditorlik finmasi o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha shubhasiz ijobiy bo’lmagan xulosani tayyorlash masalasini ko’rib chiqadi.
Tabiatni muhofaza qilish xarajatlari auditni sifatli va keng qamrovli tarzda o’tkazishni ta’minlash maqsadida tekshiruvlarni o’tkazishning milliy va xorijiy tajribalarini chiqur o’rgangan holda tadqiqotchi tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha savolnoma” ishlab chiqildi. Tekshiruvlarni ushbu savolnomaga asosan o’tkazish auditorlik tashkiloti uchun ushbu yo’nalish bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan audittavakkalchiligi pasaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari audit amaliyotiga tekshiruv uchun taqdim qilingan xujjatlarni ro’yxatga olish varog’ini kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblab, uning shakli ishlab chiqildi va foydalanish uchuntavsiya etdi. Bu xujjat birinchidan, auditorlik tekshiruvi qamrovini kuzatish, ikkinchidan mijoz tomonidan keyinchalik auditorlik tashkilotiga asossiz tarzda e’tiroz bildirishlarini oldini olish uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1.Ekologik auditni o’tkazish jarayonida auditorlik dalillarini to’liq holda
yig’ish auditorlik xulosasini to’g’ri shakllanishiga muhim ta’sir ko’rsatadi; 2.Auditorlik dalillarini yig’ishda audit amaliyotida qullunilayotgan va
sinovdan o’tgan an’anaviy usullar bilan birgalikdi aniq fanlarga asoslangan zamonaviy usullarda keng tarzda foydalanish yaxshi natijalar beradi.
|
| |