• So’rab
  • Hisoblab chiqish
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet184/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    O’rganish yozuvlar, xujjatlar, moddiy aktivlarni tadqiq etishdan iborat. Yozuvlarni va xujjatlarni o’rganish auditor dalillarini olishga imkon beradi. Bu dalillar tusiga, olingan manbaiga, ichki ekologik nazoratning samaradorligiga qarab turli ishonchlilik darajasiga ega bo’ladi.
    Kuzatish mijoz xodimlari bajarayotgan tadbirlarni, amalga oshirayotgan jarayonlarni ko’zdan kechirish, jumladan mijozning turli ekologik aktivlarni ro’yxatga olishda ishtirok etishdan iborat. Bu o’rinda atrof muhitni himoya qilish vositalari, ya’ni qurilmalarni ro’yxatga olish jarayonini kuzatishga balansdagi aktivlar moddalari va xo’jalik muomalalarini o’tkazish hollarining haqiqiyligi va aniqligi to’g’risida qimmatli va ishonchli dallilarini olish usuli deb qaramoq lozim. Ro’yxatga olishda ishtirok etish yoki bu ishni amalga oshirishni kuzatib turish
    mijozning ekologik nazorat tizimi tashkil etilishini to’g’ri baholashga yordam beradi.
    So’rab bilish xo’jalik sub’ekti ichida yoki uning tashqarisida vakolatli shaxslarning tegishli axborotini o’rganishdan iborat. So’rash uchinchi tomonlarga yuboriladigan rasmiy yozma so’rovdan, xo’jalik sub’ekti ichidagi shaxslardan norasmiy ravishda og’zaki so’rab-surishtirishgacha turlicha bo’lishi mumkin. Og’zaki so’rab bilish uchun turli muammolar bo’yicha savollar ro’yxati oldindan tayyorlanishi mumkin. Masalan, korxonani atrof muhitga chiqarayotgan zararli moddalar xarakatini hisobga olishga, suv rusurslarini ifloslanishi va atmosferani buzilishiga doir savollar tayyorlanishi mumkin. Savollarga berilgan javoblar ekoauditorga ilgari unda bo’lmagan axborotlarni berishi yoki ekoauditor dalillarini tasdiqlashi mumkin.
    Mavjud yozuvlardagi axborotga ishonch xosil qilish uchun uni tasdiqlashga taqdim etiladi. Masalan, odatda ekoauditor bevosita bog’liq shaxslar bilan muloqatda bo’lib, ekologik hisobotdagi ma’lumotlarni tasdiqlashni so’raydi.
    Hisoblab chiqish birlamchi xajjatlar va buxgalteriya yozuvlari to’g’riligini tekshirishdan yoki ularni mustaqil ravishda qaytadan hisoblab chiqishdan iborat. Tekshirish rejasiga, ichki nazorat tizimi va auditorlik xatariga berilgan bahoga qarab hammasi yoppasiga qaytadan hisoblab chiqilishi yoki tanlab qayta hisoblanishi mumkin.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   211




    Download 13,28 Mb.