• Ekologik auditning ahamiyati va mohiyati.
  • -rasm. Sanoat korxonasida ekologik audit tekshiruvini tashkil qilish va o’tkaish tartibi




    Download 13,28 Mb.
    bet182/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    15.1-rasm. Sanoat korxonasida ekologik audit tekshiruvini tashkil qilish va o’tkaish tartibi
    Ekologik vaziyatni yaxshilashga mo’ljallangan tadbirlarni amalga oshirish o’z navbatida bir qator xarajatlarni keltirib chiqaradi. Umumiy ekologiya va ekologik ekspertiza sohasida ish olib borayotgan bir qator olimlar «Tabiat muhitni muhofaza qilish xarajatlari» deganda, asosan davlat tomonidan shu sohada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida korxonalar uchun belgilangan soliqlarga e’tiborni qaratishadi.
    Demak, tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga sarflanayotgan mablag’larni o’z vaqtida va to’lik hisobga olinishi hamda davlat tomonidan bu yo’nalishlar bo’yicha belgilangan me’yorlarga rioya etilishini ekologik audit vositasidan nazorat qilinishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning barcha bosqichlarida muhim ahamiyatga ega.

    1. Ekologik auditning ahamiyati va mohiyati.

    Korxonalarda ekologik menejmentni joriy qilish ular tomonidan amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarning maqsadlarini ekologik talablarga moslashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, u quyidagi standartlardan foydalanishni talab qiladi: Uzdavstandart, evropa halkaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ning 14000 seriyasi (ISO – 4000).
    Bizning fikrimizcha ekologik menejment korxona umumiy menejment tizimining ajralmas qismi bo’lib, u xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ekologik siyosatni ishlab chiqarish, uni joriy qilish, ekologik tadbirlarni rejalashtirish va
    ularni amalga oshirish ustidan nazoratni olib borish, olingan natijalarni baholash va ularni korxona moliyaviy holatiga ta’sirini o’rganishdan iborat bo’lgan jarayondir.
    Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’lik strategik faoliyatni amalga oshirishning zaruriyati 1960 yillarda ekologiya faoliyatini taxdidi bilan bog’liq holda paydo bo’ldi. Atrof muhitni muhofaza qilish usullari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish 1970 yillarda tabiatni muhofaza qilishning maqsadli yo’nalishi etib belgilandi. Bu holat «trubaoxiri» (end – of - rire) qullangan ishlab chiqarish jarayonining oxirida atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. Lekin bu yo’nalishning imkoniyatlari tez orada tugatildi. 1978 yilda Jenevada atrof muhitni muhofaza qilish muammolari bo’yicha o’tkazilgan Halkaro konferentsiyada navbatdagi atrof muhitni muhofaza qilishning strategik yo’nalishlari aniqlanadi. Bu yo’nalish ishlab chiqarish jarayonini resurslardan tejamli foydalanish, kam chiqindili texnologiyalar bilan qurollantirishga, atrof muhitni muhofaza qilishning yuqori xarajatli usullarini tadbiq etishga yo’naltirildi. Atrof muqitni muhofaza qilishning samarali va kam xarajatli usullarini qidirish ekologik menejmentni rivojlantirishga olib keldi.
    1992 yilda Buyuk Britaniyada ekologiya menejmenti bo’yicha birinchi Evropa standarti joriy etildi – British Standart for Environmental management systems (BS 7750). Bu standart tez orada Evropaning boshqa mamlakatlarida ham milliy standart sifatida joriy etila boshladi. Unga asoslangan xolda, Evropa Ittifokining ekologik menejment va audit bo’yicha qo’llanma (qoidalar to’plami) 1993 yilga kengashida qabul qilindi: 1936F93 Ecomanagement and audit scheme (EMAS).
    EMAS talablariga javob beruvchi va asosida muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq faoliyatni doimo takomillashtirish hisoblangan ekologik boshqarish tizimi o’z ichiga atrof muhitni muhofaza qilish jarayonida davlat nazorati va tartibining bir qismini o’z ichiga oladi. EMAS ga muvofiq yaratilgan tizimlarni takomillashtirish ob’ekti bo’lib nafaqat ekologik boshqarish tizimi, balki tabiatni muhofaza qilish davlat nazorati ham kiritiladi. EMAS talablariga muvofiq yaratilgan tizimlar foydalanilayotgan texnologiyalarga aniq talablarni qo’yadi. Bu tizimlarga qo’yilgan qat’iy talablarndan biri bu korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, foydalanilayotgan material resurslari haqida jamiyatni va mafaatdor tomonlarini har tomonlama axborot bilan ta’minlash zarur, shuningdek, korxonaning ekologik maqsad va vazifalarini hamda yillik umumiy faoliyat natijalarini nashr ettirish ta’kidlanadi.
    Ekologik boshqarish sohasida halqaro standartlarni ishlab chiqish tug’risidagi qaror – Urugvayda ta’riflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasida o’tkazilgan muzokaralarda va 1991 yilda Rio – de – Janeyroda BMT ning tabiatni asrash va uni takomillashtirish bo’yicha o’tkazilgan Konferentsiyasida - qabul qilindi.
    1946 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan standartlashtirish halqaro tashkiloti ISO – International Standard Organization) tomonidan 1993 yili yaratilagn «Ekologik boshqarish» texnika komiteti (ISO FTC 207) ekologik menejment bo’yicha halqaro standartlarni ishlab chiqishga kirishdi – 14000 seriyali ISO standarti halqaro standartni muhofaza qilishning yana bir ajoyib
    tashabbuslaridan biri bo’ldi. Ularni yaratishda asos bo’lib, BS 7750 Britaniya standarti, shuningdek, amalda mavjud bo’lgan mahsulotlar sifatnni nazorat qilish tizimlari bo’yicha xhlqaro standart – ISO 9000 standarti hisoblanadilar. ISO 14000 standarti o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi: ekologya boshqaruv tizimi, ekologik audit, ekologik xususiyatlarini baholash, hayot tsiklini baholash va atama hamda izohlarni o’z ichiga oladi.
    Ekologik audit korxonani atrof muhit bilan bog’liqligini boshqarish mexanizmi sifatida XX asrning 70- yillarida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiyada tashkil topdi (2.1.12.-4bb). «ekologik menejment» tushunchasi «atrof muhitni muhofaza qilish» yoki «tabiatdan foydalanishni boshqarish» iboralari sifatida foydalaniladi. Ekologik havfsizlikni ta’minlashda, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimlari ostida ekologik auditning o’rni va roli tushunish uchun «ekologik boshqarish» va
    «ekologik menejment» tushunchalarining umumiy tomonlari va farqlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
    Ekologik auditning ob’ekti – korxonalarning atrof muhitga va tabiat ob’ektlariga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq xo’jalik hamda boshqa faoliyati, shuningdek bunday faoliyatning natijalari bo’lib hisoblanadi.
    Ekologik auditningg predmeti bo’lib quyidagilarni keltirish mumkin;

    • korxonaning atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bilan bog’liq faoliyat turlari;

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof muhitning holati;

    • atrof muhitni boshqarish tizimining holati;

    • tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va belgilangan ekologik talablarga rioya qilinish darajasi;

      • korxonada tabiiy resurslardan foydalanish darajasi;

      • korxonalarda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan chiqindilarni joylashtirish jarayoni;

      • ekologik xavfsizlik bilan bog’liq qonungchilik talablarini buzilishi oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy tavakkalchiliklar.

    Ekologik auditni o’tkazish jarayonidi u yoki bu korxona, ishlab chiqarish yoki texnologik jarayonini xavflilik darajasi bir qator omillar yordamida o’rganiladi va ular atrof muhitga ta’siri baholanadi.
    Ekologik audit yo’nalishi bo’yicha Rossiya Federatsiyasida ma’lum darajada tajriba yuzaga kelgan bo’lib, uni yaratilishiga xalqaro audit bozorida yuqori nufuzga ega bo’lgan “Artur Andersen”, “KPMG”, “Deloyt end Tush “, “Parays Uoterxaus Kupers” va “Ernest end Yang” kabi auditorlik kompaniyalari katta xissa qo’shishgan.
    Dissertatsiyada ekologik auditni korxonani boshqarish tizimidagi o’rnini aniqlash uchun uni turli belgilariga ko’ra tasniflanishini ishlab chiqish zarurati tug’ildi. Bizning fikrimizcha ekologik auditni quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanishi amalaga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi;
    Korxona darajasida o’tkaziladigan ekologik audit ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ektni tabiiy muhitga ta’sirini o’rganish bilan chegaralansa, mintaqa darajasida o’tkaziladigan ekologik auditning maqsadi esa ushbu mintaqada mavjud yoki
    yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ekologik muammolarni o’rganish, ularni oldini olish yoki salbiy omillar ta’sirini imkoni boricha kamaytirishdan iborat bo’ladi.
    Mas’uliyat auditi. Mas’uliyat auditining maqsadi sotib olinishi yoki ijaraga olinishi ko’zda tutilgan ko’chmas mulk bilan bog’liq ekologik majburiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Bunday majburiyatlar ushbu ko’chmas mulkdan foydalanish yoki tugatish natijasida atrof muxitga etkazilgan zarar oqibatida hisoblangan jarimalar ko’rinishida yuzaga keladi.
    Mos kelishlik auditi. Mos kelishlik nuqtai nazaridan o’tkaziladigan ekologik auditning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga davlat tomonidan qo’yilagan ekologik talablarga rioya qilinishi, uning ko’rsatgichlarini ekologik me’yorlarga mos kelishliligi o’rganiladi.
    Ekologik boshqaruv tizimi auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishi tekshiruv ob’ektida mavjud bo’lgan ekomenejment tizimining zaif bo’g’inlarini aniqlash va uni takomillashtirishga mo’ljallangan.
    Investitsion loyihalar auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishida yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta qurollantirish, ta’mirlash uchun investitsiyalar jalb qilishga mo’ljallangan loyihalarni ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan o’rganib chiqishgan mo’ljallangan.
    Ekologik sug’urta auditi. Keyingi yillarda ekologik audit tekshiruvi jarayoniga sug’urta xodimlarini jalb qilish keng tus olmoqda. Sug’urta auditining asosiy maqsadi keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ekologik talofatlar yoki texnogen holatlar natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilishi mumkin bo’lgan zarani hisoblab uni sug’urta polisi bilan himoyalashaga mo’ljallangan.
    Sertifikatsiya auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishida davlatning maxsus idoralari tomonidan korxona mahsulotlariga berilgan ekologik sertifikatlarning qonuniyligi va asosligini o’rganiladi.
    Moliyaviy hisobot auditi. Moliyaviy hisobot auditida esa auditor korxonani atrof muhitini muhofaza qilish bilan bogliq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirishga mo’ljallangan xarajatlar darajasi, ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatgichlari, ekolgiya bilan bog’liq bo’lgan soliqlarni hisoblanishi hamda ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish jarayonini o’rganadi.
    Moliyaviy vositalr yordamida tekshiruv ob’ektida ekologik qonunchilikdan chetga chiqishlar, belgilangan ekologik tadbirlarni to’liq yoki butunlay o’tkazilmasligi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan soliqlarni hisoblamaslik yoki noto’g’ri hisoblash kabi yuzaga kelagan vaziyatlar natijasi xo’jalik yuritkvchi sub’ektga nisbatan belgilanishi mumkin bo’lgan moliyaviy jarimalar darajasi aniqlanadi.
    Ekologik audit tekshiruvining texnik vositalari tekshiruv ob’ektida ekologik vaziyatga asosli tarzda baho berish uchun zarur hisoblanadi. Ular yordamida er, suv va havo xavzasiga korxona tomonidan chiqindilarning, hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning inson salomatligi uchun xavfsizlik darajasi o’rganiladi.


    1. Download 13,28 Mb.
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sanoat korxonasida ekologik audit tekshiruvini tashkil qilish va o’tkaish tartibi

    Download 13,28 Mb.