• 15.1-rasm. Ekologik audit tekshiruvi jarayonini rejalashtirish bosqichlari 1
  • 15.2-jadval Ekologik audit o’tkazish umumiy rejasining namunaviy ko’rinishi 1
  • Ekologik auditni o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi




    Download 13,28 Mb.
    bet183/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    Ekologik auditni o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi

    Ekologik auditni o’tkazish murakkab jarayon bo’lib, u faoliyati sifati va samaradorligini ta’minlash uchun tekshiruvni mukammal tarzda rejalashtirishni talab qiladi. Ekologik audit tekshiruvini rejalashtirish jarayoniga quyidagi omillar o’z ta’sirini o’tkazadi;
    -ekologik audit o’tkazilishi ko’zda tutilayotgan korxonaning xajmi;
    -korxona faoliyati yunalishlarini atrof muhitga ta’sir ko’rsatish darajasi;
    -chiqarilayotgan chiqindilarni turlari, tarkibi va xavfsizlik darajsi;
    -ekologik auditni o’tkazishga ajratilgan vaqt;
    -tekshiruvni o’tkazish mo’ljallanayotgan ekologik audit guruhining tarkibi;
    -tekshiruvni o’tkazishga ekspert sifatida jalb qilinishi ko’zda tutilayotgan mutaxassisliklar turlari va ularning texnik ta’minoti;
    -tekshiruvni o’tkazish uchun belgilangan shartnoma summasi;
    Umumiy audit tarkibiga kiruvchi tabiatni muhofaza qilish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yo’nalishining ahamiyatini kundan kun ortib borayotganligini hisobga olib tekshiruvni tashkil qilish va takomillashtirish maqsadida tadqiqotchi tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish” deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi Audit Milliy standartining loyihasi ishlab chiqildi. Ilmiy ishning auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirishni o’tkazish bilan bog’liq bandlarini yoritishda asosan shu standart talablariga rioya qilgan holda fikr bildirildi.
    Bizning fikrimizcha ekologik auditni o’tkazish rejasida mijoz korxona faoliyatining texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib tekshiruvni o’tkazish tartibi, bosqichlari, muddatlari, nazorat turlari, auditorlar o’rtasidagi vazifalar taqsimoti hamda teshiruv natijalariga ko’ra tuziladigan ekspert va auditor xulosasi, shuningdek, boshqa yordamchi xujjatlarga qo’yiladigan talablar aks ettiriladi.
    Ilmiy tadqiqot ishini olib borish jarayonida Respublikamiz xukumati tomonidan umumiy ekologik muammolar, ekologik ekspertiza, atrof muhitni muhofaza qilish va ekoligik auditni o’tkazish bilan bog’liq masalalar aks ettirilgan me’yoriy xujjatlar o’rganib chiqilganda, ularda ekologik audit tekshiruvini rejalashtirishga bag’ishlangan materiallar kamligi aniqlandi. Shuning uchun ekologik audit o’tkazish rejasi mazmunini ishlab chiqishda xalqaro amaliyotda qo’llanilayotgan tajriba va o’zimizning ilmiy xulosalarimizga asoslandik. Bizning fikrimizcha ekologik audit tekshiruvini o’tkazish rejasida quyidagi holatlar o’z aksini topishi lozim:
    1.Ekologik audit o’tkazilayotgan tashkilot nomi; 2.Tekshiruv o’tkazilayotgan davr;

    1. Tekshiruvni o’tkazishda sarflanishi ko’zda tutilgan mehnat sarfi (kishi

    soat);

    1. Auditorlik guruhining rahbari; 5.Auditorlik guruhining tarkibi; 6.Rejalashtirilayotgan auditorlik xatari (%);

    7.Rejalashtirilayotgan moddiylik darajasi (ming so’m); 8.Rejalashtirilayotgan ish turlari;

    1. Tadbirlani o’tkazish uchun vaqt taqsimoti;

    1. Auditorlar o’rtasida vazifalar taqsimoti;

    2. Auditor va ekspert o’rtasida texnik va moliyaviy resurslar taqsimoti. Biznigng fikrimizcha ekologik audit tekshiruvini rejalashtirish jarayoni 15.1-

    rasmda ko’rsatilgan bosqichlardan iborat bo’ladi:

    Ekologik audit o’tkazish bo’yicha potentsial mijozlarni aniqlash


    Potentsial mijozlar to’g’risida ma’lumotlar yig’ish


    Ekologik audit o’tkazish tavakkalchiligi va moddiylik darajasini baholash


    Shartnoma tuzish to’g’risida qarorga kelish


    Tomonlar o’rtasida majburiyatlar kelishuvi


    Ekologik audit o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzish


    Tekshiruvni o’tkazish rejasini ishlab chiqish


    Tekshiruvni o’tkazish dasturini tayyorlash



    15.1-rasm. Ekologik audit tekshiruvi jarayonini rejalashtirish bosqichlari1
    Ekologik audit o’tkazish umumiy ish rejasining namunaviy ko’rinishi 3.1- jadvalda keltirilgan. Rejalashtirish bosqichida auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy geografik joylashish holati bilan tanishishi va quyidagilar to’g’risida axboriotga ega bo’lishi lozim;

    Tekshirilayotgan tashkilot Audit davri
    Kishi/soat o’lchovi Auditorlik guruhi rahbari Auditorlik guruhi tarkibi
    Rejalashtirilayotgan auditorlik xatlari Rejalashtirilayotgan moddiylik darajasi






    REJALAShTIRILAYoTGAN ISh TURLARI

    Vaqt sarfi,
    soat

    Bajaruvchi

    Izoh







    1

    Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish













    2

    Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
    bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish













    3

    Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
    vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish













    4

    Korxonada chiqadigan chiqindilarni hisobga olish












    15.2-jadval Ekologik audit o’tkazish umumiy rejasining namunaviy ko’rinishi1







    tartibi bilan tanishish
















    5

    Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan
    xarajatlardan foydalanish samaradorligini aniqlash













    6


    Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni
    hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini tekshirish










    Auditorlik tashkiloti rahbari:Auditorlik guruhi rahbari:

    -xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy geografik o’rnini atrof muhitga ta’sir ko’rsatadigan, umuman, mamlakatdagi ekologik vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarni aks ettiradigan tashqi omillar haqida;


    -xo’jalik yurituvchi sub’ektning atrof muhitga ta’sir ko’rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillari haqida.
    Ekologik auditni rejalashtirishda auditor quyidagilar bilan ham tanishishi tavsiya qilinadi;
    -xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi tarkibida ekologiya bo’yicha mutaxassislarining mavjudligi;
    -ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining ekologiyaga ta’siri;
    -ekologik holatni hisobga olib mahsulot ishlab chiqarishning cheklanish xususiyatlari;
    -ekologik xarajatlarni hisobga olgan rentabellik darajasi;
    -foydadan ekologiyani muhofaza qilish uchun ajratilgan qismini taqsimlash tartibi;
    -shu’ba va tobe tashkilotlar mavjudligi hamda ulardagi ekologik vaziyat;
    -xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi tarkibidagi ekologik mutaxassisilarning mavjudligi.
    Auditor uchun quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik holati to’g’risida axborot olish uchun manba hisoblanishi lozim:
    -xo’jalik yurituvchi sub’ekt ekologik holatni himoya qilish nizomi;
    -xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yhatga olish to’g’risidagi xujjatlar tarkibida ekologiya bo’yicha mutaxassislarning ekspertiza xulosasi;
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologiya bo’yicha xududiy mutaxassisini ekologik vaziyatga bergan bahosi;
    -xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik siyosatini aks ettiruvchi va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi xujjatlar;
    -ekologiya bo’yicha mutaxassisning hisobotlari;
    -ekologiya bo’yicha statistik hisobotlar;
    -ekologik ekspertiza tekshiruvlari materiallari;
    -ekologiyaga oid sud da’volari materiallari;
    -xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladtgan xujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlar ro’yhatlari.
    Ekologik audit o’tkazuvchi auditorlar guruhiga ekspert sifatida kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi lozim:
    -ish vaqti byudjetini;
    -guruhning miqdoriy tarkibini;
    -guruh a’zolarining malaka darajasini;
    -guruh hodimlarining o’zaro almashinuv imkoniyatlari;
    -guruh a’zolarining mansab darajasini.
    Ekologik audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy ish rejasining ayrim bandlarini qayta ko’rib chiqish uchuu asoslar paydo bo’lishi mumkin. Rejaga asosli tarzda kiritilayotgan o’zgarishlarni, shuningdek, o’zgarishlarning sabablarini auditor o’zining ishchi xujjatlarida batafsil yoritishi lozim.
    Auditor rejalashtirish jarayonidayoq mijozning ahvolini tahlil qilib chiqishi, ekspertiza qilishi va shug’ullanadigan tadbirkorlik turini xujjatlarda qayd etishi kerak. U dastavval mijozning katta tavakkalchilak bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan iqtisodiy muomalalarini ajratib oladi. U shu asosda jiddiyroq suiste’mol qilish va ekologik hisobotni buzib ko’rsatish hollarini aniqlash uchun o’ziga qaysi ekologik auditorlik tadbirlari kerak bo’lishi mumkinligi haqida masalani xal etadi.
    Auditor rejalashtirishning ana shu bosqichda, bundan tashqari, mijozning o’rab turgan muhitning xususiyatlarini aniqlashi ham lozim. Bunda o’zga korxonalarning ekologik tomondan ta’sir ko’rsatish omillari: chiqindilar, suv resurslarini ifloslanishi va hakazolar kiradi. Bu joyda mijoz ma’muriyati, bosh kompaniya va davlat tomonidan boshqaruvga ta’sir ko’rsatish omillari ham muhim o’rinni egallaydi.
    Binobarin, ekologik auditni rejalashtirish va amalga oshirish mos bo’lishi uchun butun jarayon ishning borishin nazorat qilishdan iborat bo’libgina qolmasdan, balki bajarilag ish xajjatlari to’plangan auditorlik dalallari va ular asosida qilingan xulosalar puxta qayd etib borilishi ham zarur.
    Ekologik audit dasturi ekologik audit ish rejasining rivoji hisoblanadi va u tekshiruvning har bir muayyan qismi uchun zarur bo’lgan ekologik audit tadbirlari ro’yhatidan iborat bo’ladi.
    Auditorlik tashkiloti ekologik audit o’tkazish dasturini tuzishga quyidagicha yondashshi mumkin:
    -amaliyotda qullanilayotgan na’munaviy ishchi dasturlaridan foydalanish;
    -mijoz uchun uning faoliyat xususiyatlarini hisobga olgan holda yangidan dastur ishlab chiqish;
    Ekologik audit o’tkazish dasturini ishlab chiqishda amaliyotda qo’llanilayotgan na’munaviy dasturdan foydalanish bir tomondan dasturni ishlab chiqishga ketadigan vaqtni tejash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan tekshiruv jarayonida xatolikga yo’l qo’yish ehtimolini kamaytiradi. Chunki na’munaviy dasturlar asosan shu sahaning yirik mutaxassislari bo’lgan olimlar va tajribali auditorlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’ladi. Biroq, xar qanday puxta ishlab chiqilgan ishchi dastur ham barcha sohalarning xususiyatlarini qamrab ololmaydi.
    Buning natijasida na’munaviy dasturga ijodiy yondoshmay turib foydalanish auditorlik tashkiloti uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
    O’zbekiston Respublikasida ekologik audit o’tkazishning xarakatdagi amaliyoti bilan tanishish zamon talablariga javob beradigan na’munaviy “ekologik audit o’tkazish dasturi” mavjud emasligini ko’rsatdi. Bu holat auditorlik tavakkalchiligi oshirib uning sifatiga jaddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ishda biz bu masalaga o’z munosabatimizni bildirishga xarakat qildik.
    Tadqiqot ob’ektlaridan biri hisoblangan kimyo sanoati uchun ekologik auditni o’tkazishning na’munaviy dasturi yuqoridagi 3.2 jadvalda ko’rsatilgan.



    Tekshirilayotgan tashkilot Ekologik audit davri Kishi-soatlar soni Auditorlik guruhi rahbari Auditorlik guruhi tarkibi
    Rejalashtirilayotgan auditorlik xatlari
    Rejalashtirilayotgan moddiylik (muhimlik) darajasi
    Auditorlik tekshiruvi xulosasi va xisobotning ishchi va hisobot tili: Tekshiruv natijalari taqdim qilinadigan tashkilotlar nomi:






    AUDIT BO’LIMLARI BO’YIChA EKOLOGIK
    AUDITORLIK TADBIRLARI RO’YHATI

    Vaqt sarfi,
    soat

    Bajaruvchi

    Izoh







    1

    Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish













    1.1

    Ekologik pasport qachon olgan?













    1.2

    Unga oxirgi o’zgartirish qachon kirilgan?
















    va hokazo













    2

    Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
    bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish













    2.1

    Erdan foydalanish bo’yicha qanday me’yorlar
    o’rnatilgan?













    2.2

    Suv resurslaridan foydalanish bo’yicha qanday
    me’yorlar o’rnatilgan?













    3

    Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
    vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish













    3.1

    Asosiy vositalarining qiymati qancha?













    3.2

    Asosiy vositalarining eskirish
    koeffitsienti qanday?













    4


    Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini
    tekshirish













    4.1

    Shu borada korxona qanday soliqlar to’lovchisi
    hisoblanadi?













    4.2

    Soliqlar turlari bo’yicha to’g’ri hisoblanganmi?













    Auditorlik tashkiloti rahbari:Auditorlik guruhi rahbari:

    Ekologik audit dasturi auditor assistentlari va xali etarli darajada amaliy ish tajribasiga ega bo’lmagan auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.


    Ekologik audit o’tkazish dasturining xar bir bo’lim bo’yicha auditorning ishchi xajjatlarida rasman aks ettirilgan ma’lumotlar yakuniy auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish uchun shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik holati to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
    Ekologik audit tekshiruvi yakuniga ko’ra auditor tekshirilgan ob’ekt bo’yicha asosli fikr bildirishi uchun etarli miqdorda sifatdi auditorlik dalillariga ega bo’lishligi lozim. Audit amaliyotida “Auditorlik dalili” deb auditor tomonidan tekshiruv ob’ekti bo’yicha o’z fikrini asoslash uchun tanlab olingan axborotlar yig’indisiga aytiladi. Auditorlik dalillari tekshiruv ob’ektiga tegishli bo’lgan quyidagi manbalardan olinishi mumkin:
    -korxonaning ta’sis xajjatlari;
    -dastlab xujjatlar;
    -buxgalteriya hisobining registrlari;
    -korxona faoliyatining taxliliy natijalari;
    -moliyaviy hisobt ma’lumotlari;
    -mijozga xuquqiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
    -mijozga sug’urta xazmati ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
    -uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlar;
    -ekspertiza va lobaratoriya tahlili ma’lumotlari;
    -korxona xodimlaridan olingan yozma va og’zaki tushuntirishlar va x.k.
    Auditorlik dalillari ma’lumot sifat talablariga javob berishi lozim. Ular avvalambor tekshirilayotgan ob’ektga ta’luqli bo’lishi, voqelik bilan tasdiqlangan hamda ishonchla bo’lishi lozim. Xalqaro audit andozalarida bu holat “etarlilik” va “mos tushish” kabi tushunchalar bilan tavsiflanadi.
    Etarlilik va mos kelishlik ichki nazorat testlari va muhimlikni tekshirish tadbirlari asosida olingan auditor dalillariga aloqador bo’lgan va bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tushunchalardir. Etarlilik – auditor dalillarining miqdor ko’rsatgichidir. Mos kelishlik aniq fikrlar (da’volar) uchun dalillarning sifati va ahamiyatining, shuningdek bu dalillar ishonchliligining ko’rsatgichidar. Auditorlik dalillari ishonarli tusda bo’lishi lozim va ko’p hollarda auditor ayrim shubhalarini tasdiqlash uchun turli manbalardan turli dalillarni olishi lozim bo’ladi.
    Ekologik audit bo’yicha auditorlik xulosasini tuzish chig’ida ekoauditor odatda axborotning butun xajmini tekshirmaydi, chunki xulosalar auditorning professional mulohazalari yordamida yoki tegishli tanlab tekshirishga muvofiq ravishda ekologik hisobotdagi ma’lumotlar, amalga oshirilgan tadbirlar, bajarilgan xo’jalik muomalalarining yoki ichki ekologik nazoratning turiga qarab tuziladi.
    Ekologik audit o’tkazishda auditorlik dalillarining etarliligi va mosligi to’g’risidagi auditor mulohazalari quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
    -ichki xatarning qanday tusdaligi va ahamiyatini auditor ekologik hisobot doirasida baholashiga, shuningdek amalga oshirilgan tadbirlar va muomalalarning turiga qarab bergan bahosiga;
    -ekologiya hisobini yuritish turiga va ichki ekologik nazorat tizimiga hamda ichki ekologik nazorat xatari bahosiga;
    -ekologik holat bo’yicha bajarilgan muamala turi yoki tekshirilayotgan hisob moddasining muhimligiga;
    -oldingi ekoauditorlik tekshirishlari jarayonidav to’plangan tajribaga;
    -ekoauditorlik tabirlarining natijalariga, shu jzumladan aniqlangan xatolar, buzilishlari va firibgarlikka;
    -mavjud axborotning manbai va ishonchliligiga.
    Ekologik hisob va ichki ekologik nazorat tizimining ekoauditor dalillar olishi lozim bo’lgan jihatlari quyidagilardan iborat:
    -ekologiya hisobi va ichki ekologik nazorat tizimining tegishli tuzilmasi mavjud bo’lib, u jiddiy xatolar va burilishlarning oldini olishga, ularni aniqlashga va to’g’rilashga mas’uldir;
    -faoliyat ko’rsatishi, bu tizimlar mavjud va muayyan davr mobaynida samarali ishlagan bo’lishi lozim.
    Odatda, ekoauditor dalillari ekologik hisobotning har bir bo’limidagi alohida moddalar bo’yicha olnishi lozim. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda atrof muhitga chiqariladigan chiqindilarning ekologik holatga ta’siri alohida fikr, ushbu fikrga chiqarilayotgan chiqindilar to’g’risidagi hisobotda keltirilgan ma’lumotlar orqali dalil olinadi. Ushbu dalil o’rnini taxminiy bildirilgan fikrlar bosa olmaydi. Muhimlikni tekshirishga doir tadbirlarning turi, muddati va ko’lami fikrlarning xarakteriga qarab o’zgaradi. Testlar bir necha fikrlar bo’yicha dalillarni berish mumkin.
    Auditorlik dalillarini tekshiruv ob’ektiga mos kelishligi nuqtai nazaridan quyidagi tartibda tasniflash mumkin:
    -to’g’ri va egri dalil;
    -xujjatli va og’zaki dalil;
    -tasodifiy dalil;
    To’g’ri dalil xo’jalik yurituvchi sub’ektning atrof muhit bilan bevosita aloqasini tasdiqlab dastlabki xujjatlar, hisobotlar, tekshiruv dalolatnomalari va hisob-kitob holida mavjud bo’ladi. Egri dalil bevosita tekshirilayotgan yo’nalishga bog’liq bo’lmasa ham lekin umumiy faoliyat bo’yicha auditor fikrini shakllanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Misol uchun tekshiruv ob’ektida ichki nazoratning sustligi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish auditorda ushbu korxonada ekologik tadbirlarni samarali va sifatli o’tkazilishi yuzasidan nazorat etarli tarzda amalga oshirilmayotganligi to’g’risida fikr tug’ilishiga olib keladi.
    Ekoauditor tekshiriv jarayonida korxona xodimlari va uchinchi shaxslardan tekshiruv ob’ektiga tegishli muhim dalillarga ega bo’lishi mumkin. Misol uchun moylab, chiroyli bo’yoq bilan bo’yab qo’yilgan atrof muhitni muhofaza qilishga
    muljallangan asosiy vositaning ishchan holatda emasligi to’g’risida ma’lumot korxona xodimi tomonidan ekoauditorga etkazilishi mumkin.
    Ekologik audit tekshiruvi jarayonida xujjat bilan tasdiqlanuvchi dalilga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Lekin bu degani og’zaki dalillardan foydalanmaslik lozim degani emas. Og’zaki dalillar o’z navbatida ekologik audit tekshiruvi yo’nalishini belgilash yoki unga tuzatishlar kiritish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ekoauditor dalillarining ishonchliligi ichki va tashqi manbaning ta’siriga, shuning uning tusiga: ko’rgazmali, xajjtli yoki og’zaki ko’rinishda bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Ekoauditor dalillarining ishonchliligi shu dalillar olingan vaziyatga bog’liq ekan, demak auditor dalillarining ishonchliligiga baho berishda quyidagi umumlashmalardan foydalanishi mumkin:
    -tashqi auditor dalillari (uchinchi tomondan olingan axborot) ichki auditor dalillariga nisbatan ishonchliroqdir;
    -ichki auditor dalillari tegishli ekologik hisob va ichki ekologik nazorat tizimi samarali ishlayotgan bo’lsa, ancha ishonchliroqdir;
    -ekoauditorning o’zi olgan dalillar mijozdan olingan dalillarga nasbatan ishonchliroqdir;
    -yozma shakldagi auditor dalillari og’zaki shakldagi dalillarga nisbatan ishonchliroqdir.
    Tegishli tarzda olingan va ish xujjatlarida aks etgan auditor dalillari tekshirilayotgan ekologik hisobot xususida to’g’ri fikrning shakllanishi ta’minlaydi va ekoauditorga o’z xulosalarini asoslab berishga xizmat qiladi. Ekologik auditni o’tkazish jarayoni ekologik hisobotni tekshirish chog’ida olinadigan dalillarni xajmini, xarakterini hamda bu dalillarni olishga doir tadbirlarni belgilab beruvchi asosiy qoidalarni ko’rsatishdan iborat.
    Auditor bir yoki bir necha tadbirlar: o’rganish, kuzatish, so’rab-surishtirish va tasdiqlash, hisoblash va tahliliy sharx yordamida tekshiruv ob’ekti bo’yicha zaruriy dalillarni oladi. U auditor dalillarini samaraliroq yig’ishni ko’zda tutuvchi tekshirish rejasida zarur ma’lumotlarni to’plash uchun qanday tadbirlarni qancha miqdorda va xajmda amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim. Auditor tekshiruv dasturida korxonaning ekologiya bilan bog’liq u yoki bu yo’nalishini qaysi usullar yordamida tekshiruvdan o’tkazishini avvaldan rejalashtirib oladi.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologik auditni o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi

    Download 13,28 Mb.