|
Amaliy audit
| bet | 186/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
15. MAVZU. EKOLOGIK AUDITNI TASHKIL
QILISH
1.Masala. Quyidagilar korxonaning ekoaudit va monitoring elementlari hisoblanadimi:
-
Korxona rivojlanishini nazarda tutgan holda atrof muhitni korxona yo’lida foydalanish siyosati
-
Qonunchilik me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-metodik asosi, hamda korxonaning ichki hujjatlari
-
Korxonaning ekologik siyosati
-
Monitoringni hozirda mavjud mezonlari tizimining asoslangani va mustahkamliligi, uning kelgusidagi ehtimolidagi harakatlari
-
Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslarning himoyasi va qayta ishlab chiqarilishi, mustahkamliligi va texnik ta’siri hisobi bilan
-
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan majburiy to’lovlar, jarimalar, rejadagi ekologik xarajatlar, ularning ekologik-moliyaviy samaradorligi
-
Atrof – muhitdan foydalanishning ekologik xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni o’tkazish uchun kerak bo’ladigan to’g’ri va egri xarajatlar
-
Hisobot va nazorat tizimining samaradorligi.
-
Masala. Korxonaning atrof muhitni himoya qilish faoliyatini audit tekshiruvi o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumotnomani tuzish .
Ekoaudit o’tkazish natijasida ekoaudit hisoboti va korxonada ekoaudit o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumotnoma tuziladi.
-
Masala. Atrof muhitni himoya qilish faoliyatini audit tekshiruvidan o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotnoma quyidagi savollarni o’z ichiga oladi:
-
Texnologiyani baholash
-
Xavfli omillarning ta’sir darajasini baholash
-
Aholiga ta’sir o’tkazish natijasida kutiladigan samaralarni baholash
-
Atrof – muhitni va aholi sog’ligini himoya qilish mavzusidagi tadbirlarni baholash
-
Texnologiyalarning o’zgarishi to’g’risidagi tadbirlarni baholash atrof muhitga ta’sir o’tkazishni kamaytirishni ta’minlash borasidagi strategiyalar va tadbirlarni tashkil etishni baholash
-
Atrof muhitni ifloslanishini kamaytirish har bir bo’limidagi xarajat va daromadlarning balansini baholash
-
Korxonaning optimal strategiyasini tanlash (sog’liqni saqlash, atrof muhitga salbiy ta’sir o’tkazish nuqtai nazaridan hamda moliyaviy xarajatlar va foydalarni baholashni zarurligini hisoblagan holda ).
-
Masala. Auditorlik xulosasi quyidagi natijalarning haqqoniyligini baholashni o’z ichiga oladi:
-
atrof muhitni himoya qilish faoliyati,atrof muhitni himoya qilish bo’limidagi buxgalteriya hisoboti;
-
kerakli hisobotlarni tuzish va ichki nazoratning holati
Atrof – muhitni himoya qilish bo’yicha hisobotni yuritishdagi xatoliklar Undan tashqari quyidagi holatlarni tushintirib beruvchi izohlar ham kiritiladi:
-
hisobotni tasdiqlash yoki tasdiqlamaslikning alohida holatlarini tasnifi
-
chiqindilarning inventarizatsiyasini haqqoniyligini baholash
-
korxonani ekologik pasportidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini baholash
-
aholini ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum qilish uchun ekologik deklaratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligini baholash.
-
Masala. Ekologik auditni tashkil etishning asosiy tamoyillari. Ekologik audit quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
-
ekologik auditorlarning haqqoniyligi va tekshirilayotgan xo’jalik subyektidan, mulkdor shaxslardan va ekologik auditorlik tashkilotlarning rahbariyatidan, hamda uchinchi shaxslardan mustaqilligi;
-
ekoaditorlarning atrof muhitni himoya qilish, tabiiy resurslardan foydalanish borasida mutaxassiligi;
-
xo’jalik sub’ekt tomonida taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniy va to’liqliligi;
-
ekologik audit o’tkazilishdagi ishlarning rejasi;
-
ekologik auditning jamlanmasi;
-
ekologik audit o’tkazilish natijasida olingan ma’lumotning ochiq oydinligi;
-
ekoauditorlarning tekshiruv natijalariga javobgarligi; Ekologik auditning vazifalariga quydagilar kiradi:
korxonaning ekologik strategiyasini va siyosatini asoslash;
xo’jalik sub’ekti tomonidan atrof-muhitni himoya qilish borasidagi qonunchilikka rioya qilishini tekshirish;
xo’jalik sub’ektining atrof-muhitni himoya qilishni nazoratini samaradorligini oshirish;
atrof-muhitning buzilishi bilan bog’liq bo’lgan favqulotta holatlarning paydo bo’lishi riskini kamaytirish.
-
|
| |