• EKOLOGIK AUDITNI TASHKIL QILISH” MAVZUSI BO’YICHA GLOSSARIY
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet190/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    O’rganish yozuvlar, xujjatlar, moddiy aktivlarni tadqiq etishdan iborat. Yozuvlarni va xujjatlarni o’rganish auditor dalillarini olishga imkon beradi. Bu dalillar tusiga, olingan manbaiga, ichki ekologik nazoratning samaradorligiga qarab turli ishonchlilik darajasiga ega bo’ladi.
    Kuzatish mijoz xodimlari bajarayotgan tadbirlarni, amalga oshirayotgan jarayonlarni ko’zdan kechirish, jumladan mijozning turli ekologik aktivlarni ro’yxatga olishda ishtirok etishdan iborat. Bu o’rinda atrof muhitni himoya qilish vositalari, ya’ni qurilmalarni ro’yxatga olish jarayonini kuzatishga balansdagi aktivlar moddalari va xo’jalik muomalalarini o’tkazish hollarining haqiqiyligi va aniqligi to’g’risida qimmatli va ishonchli dallilarini olish usuli deb qaramoq lozim. Ro’yxatga olishda ishtirok etish yoki bu ishni amalga oshirishni kuzatib turish mijozning ekologik nazorat tizimi tashkil etilishini to’g’ri baholashga yordam beradi.
    Ekologik audit tekshiruvi jarayoniga ekspert sifatida jalb qilingan kimyogar va fiziklar havoga, erga va suvga tekshiruv ob’ekti tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini taxlil qilishsa, tibbiyot xodimlari va mikrobiologlar ularni inson salomatligi va xududning flora va faunasiga ta’sirini o’rganishadi. Ekspert sifatida xuquqshunoslar xizmati tekshiruv ob’ekti tomonidan er osti qazilmalari yoki o’rmon boyliklaridan foydalagnish xuquqini beruvchi shartnoma yoki ruhsatnomaning qanchalik tarzda xarakatdagi qonunchilikka mos kelishligini baholashda qo’l keladi. Menejment sohasida etuk mutaxassislar ko’magi korxonaning ekologik menejment tizimidagi zaif bo’g’inlarini aniqlash hamdauni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish jarayoniga katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda er yuzining turli qit’alarida er qimirlashi, suv toshishi, o’t ketishi, qurg’oqchilik kabitabiiy ofatlarning, ishlab chiqarish ob’ektlarida portlashlarning yuzaga kelishi, daryo va dengizlarda atrof muhit uchun xavfli bo’lgan yuklarni tashayotgan kemalarning xalokatga uchrashi kabi texnogen holatlarning vujudga kelishi ekologik audit sohasiga sug’urta xodimlarini jalb qilish jarayonini tezlatdi. Bu mutaxassislar yordamida ekologik audit tekshiruvini olib borayotgan auditorlik tashkiloti korxonalarga bo’lajak tabiiy ofatlar va texnogen holatlardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararni hisoblashda yordam berib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun manfaatli bo’lgan sug’urta takliflarini ishlab chiqadi.
    Auditorlik tashkiloti ekologik auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanishi rejalashtirayotgan bo’lsa, bajarilishi ko’zda tutilayotgan ishning sifatini ta’minlash va auditorlik xatarini pasaytirish uchun ekspert sifatida jalb qilinayotgan mutaxassisning malaka darajasini baholashi lozim. Mutaxassisning malaka darajasini quyidagi holatlar bo’yicha baholash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
    -mutaxassisligi bo’yicha diplomning mavjudligi;
    -amaliy ish tajribasi;
    -ekspert sifatida faoliyat ko’rsatishiga ruxsat beruvchi guvohnoma yoki litsenziyaning mavjudligi;
    -shu soha xodimlari orasidagi tutgan o’rni va obro’si;
    -biror – bir kasb tashkilotiga a’zoligini tasdiqlovchi xujjatning mavjudligi.
    Ko’pchilik holatlarda auditorlik firmalari ekologik auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun ekspert sifatida iqtisoslashgan korxona va tashkilotlar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu holatda ularni shu sohada etarli tajribaga egalik hamda texnik jixatdan yaxshi ta’minlanganligi uchun auditorlik tekshiruvlarining sifati sezilarli tarzida yaxshilanadi. Biroq, bu holat tekshiruv o’tkazish qiymatini keskin o’sishiga olib kelishi mumkin.
    Xo’jalik sub’ektiga va uning xatti xarakatlariga baho berishga nisbatan ekspertning xolis bo’lishi talabi ekspertning mustaqilligi bilan chambarchas bog’langan. Ekspert baholashini o’tkazish jarayoniga mutaxassis:
    -agar u mijozning mutaxassislaridan biri bo’lsa, yoxud mijozda rahbarlik vazifalarini bajarayotgan bo’lsa;
    -agar u mijozning xodimlari bilan qarindosh yoki kuda – anda bo’lsa;
    -agar ekspert ishlayotgan yuridik shaxs mijozning qatnashchisi, kreditori, sug’urtachisi bo’lsa;
    -agar mijoz ekspert bilan moddiy jahatdan yoki boshqaruv tarzda unga bog’liq bo’lsa jalb etilmaydi.

    EKOLOGIK AUDITNI TASHKIL QILISH” MAVZUSI BO’YICHA GLOSSARIY




    Download 13,28 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   211




    Download 13,28 Mb.