|
Amaliy audit
|
bet | 29/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditIchki audit funktsiyasi
Ichki audit funktsiyasi organ (maxsus tuzilgan ichki tarkibiy bo’linma) tomonidan amalga oshiriladi, uning tomonidan rahbariyatga ichki nazorat tizimi samarali faoliyat yuritmoqda va iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga nazorat tizimining hissasi bo’yicha tavsiyalar beradi.
Ichki audit maqsadi – bu tavsiyalarni tuzish, rahbariyat tomonidan hisobga olinadigan majburiy tadbir hisoblanadi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish rahbariyat javobgarligi hisoblanadi.
Xatolar bilan ishlash ichki audit faoliyati doirasiga kiradi, lekin qalloblikka qarshi choralar qabul qilish uning vazifalari doirasidan tashqariga chiqadi. Qalloblikka qarshi kurash, rahbariyat tizimining markaziy elementi bo’lib, NTB asosiy xususiyatidan kelib chiqadi.
Ichki audit funktsiyasi samarasi uchun sharoit
Ichki audit xalqaro tan olingan standartlarni tan oladi va qo’llaydi. Ichki Auditorlar Instituti tomonidan ishlab chiqilgan Audit Standartlari Tasnifiy Standartlar, Ijro Standartlari va Realizatsiya Standartlaridan tashkil topadi.
Tasnifiy Standartlar tashkilot va tomonlarning ichki audit faoliyatini amalga oshirishni tasnifiga taalluqli bo’ladi. Ular asosan mustaqillik, xolislik va kasbiy mahoratlarini o’z ichiga oladi.
Mustaqillik va xolislik
Ichki audit – bu mustaqil va xolisona baholash: ichki audit ichki nazorat jarayoniga jalb qilinmaydi, chunki u ichki nazoratni baholashi lozim. Aksincha, u boshqaruv tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda faoliyat yuritadi. U bevosita tashkilot rahbari oldida hisobot beradi.
Kasbiy mahorati
Ichki audit faoliyati bilim, ko’nikma va boshqa vakolatlar, uning majburiyatlarini amalga oshirishni talab qiladigan hamda tegishli kasbiy e’tiborni talab etadi.
Ijro Standarti ichki audit faoliyatining mohiyatini ochib beradi va sifat mezonlarini taqdim qiladi, ushbu xizmatlarni taqqoslash orqali baholanadi. Ular asosan ish hajmini, auditorlik ishlarining bajarilishini va ichki audit faoliyatini boshqarishni o’z ichiga oladi.
Ish hajmi
Hamma faoliyat ichki audit sohasi orqali nazorat qilinadi. Bu – barcha faoliyat tekshiriladi degan ma’noni bildirmaydi, ular audit baholanishiga kiritiladi va riskni baholash natijalari bo’yicha qarab chiqiladi.
Auditorlik ishlarining bajarilishi
Ichki audit batafsil riskni baholanishini tekshiradi, rahbariyat tomonidan amalga oshiriladigan va uning riskini baholashni tayyorlaydi o’zining ish dasturi asosida va audit ishlarini o’tkazadi.
Audit ishlarining hamma bosqichlarida (rejalashtirish, testlash, tekshirish, hisobot) Ichki audit bo’yicha qo’llanma loyihasida yozilgan tartibda tegishli kasbiy mahorat bilan amalga oshiradi, tegishli auditorlik kasbiy amaliyotini qo’llaydi.
Ichki audit faoliyatini boshqarish
Audit bo’limi aynan bir xil resurslar bo’yicha taqdim qiladi. Aynan bir xil miqdordagi auditorlarni yollash va o’qitish audit strukturasini tuzish, auditorlik vazifalarini xalqaro standartlar asosida bajarish imkonini beradi.
Realizatsiya Standartlari auditorlik ishlarini maxsus turlari qo’llaniladi va bu erda ular to’g’risida batafsil to’xtalib o’tilmaydi.
Ichki auditning asosiy 3 xil turi mavjud – bu mos kelishlik auditi, tizimli audit va faoliyat natijalari auditi.
Mos kelishligi auditi tegishli qo’llanilayotgan qonunlar, qoidalar, nizom, standart va tegishli amaliyotga nisbatan mos kelishligini baholaydi. Tizimli audit rahbariyat tomonidan tashkil qilingan ichki nazorat ishonchliligini tekshiradi.
Faoliyat natijalari bo’yicha audit rahbariyatning uning tasarrufida bo’lgan umumiy rahbarlik va resurslarga nisbatan harakati natijalarini baholaydi.
|
| |