Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet31/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

AMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR

  1. MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYAVIY NAZORATNING TASHKILIY ASOSLARI

    1. Masala

Bir necha hafta mobaynida tadbirkor G. va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor «G» sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital qo’yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o’tkazishi zarur.
Yillik hisobotini tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyildan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor deb baho berish mumkinmi?



    1. Masala

Auditor buyurtmachilaridan birining hali e’lon qilinmagan balansini auditorlik firmaning boshlig’i boshqa xodimlari bilan muhokama qilmoqda. Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi?



    1. Masala

Yillik hisobotni tekshirish jarayonida auditor buyurtmachi tomonidan raqobatbardosh korxona sotib olinayotganligini aniqladi. Agar bu ma’lumotlar ma’lum bo’lsa, raqobatbardosh korxona aktsiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi tomonidan korxona aktsiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi tomonidan korxona aktsiyalarini sotib olishga qarshi emas va shu tarzda, u ko’proq foyda olish imkoniyatini qidirmoqda. Bunday holatda u o’zining professionallik majburiyatini buzmayaptimi?



    1. Masala

Audit o’tkazish jarayonida auditorlik tekshiruvi guruhining rahbari auditorga audit o’tkazilayotgan korxonaning soliqlar bo’yicha hisob – kitoblarini O’zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan tekshirib chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Tekshirish tugagach, auditor soliqlar bo’yicha hisob – kitoblarda hech qanday xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit jarayonida bir haftadan so’ng hisobot tayyorlanadi. Besh oy o’tgandan so’ng soliq inspektsiyasi tomonidan tekshirish o’tkazilib, soliq hisob – kitoblari bo’yicha bir qator kamchiliklarni aniqladi. Shunga ko’ra, korxona hisoblangan soliqlarni va jarimalarni to’lashi zarur bo’ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga nima sababdan bu xato – kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida murojaat qildi. Bu holatga qanday baho berasiz?



    1. Masala

Sug’urta kompaniyasi auditorlik firmasiga majburiy audit o’tkazishni taklif qildi. Ammo auditorlar orasida sug’urta kompaniyasi faoliyatini yaxshi biladigan mutaxassis yo’q.
Bu holatda auditorlik firmasi taklifni qabul qiladimi?



    1. Masala

Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan shartnomani buzib, szning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi. Bu holatda siz nima qilasiz?



Download 13,28 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   211




Download 13,28 Mb.