|
MAVZUSI BO’YICHA TAQDIMOT
|
bet | 33/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditMAVZUSI BO’YICHA TAQDIMOT
.
Auditorlik tekshiruvining Strategiyasi auditor tomonidan yozma ravishda tuzilgan reja shakilida bo’lishi lozim va uning maqsadi quydagilardan iborat
Ular o’tkazilishi bilan munosabati bilan chiqimlarni baholash
-
Rejalashtilayotgan ish turi
|
O’tkazish
|
Bajaruvchi
|
Izoh
|
Moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar
ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligini tekshiish
|
|
|
|
Buxgalteriya balansi to’g’ri tuzilganlinini tekshirish
|
|
|
|
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot to’g’ri tuzilganligini tekshirish
|
|
|
|
Boshqa shakldagi hisobotlar to’g’ri tuzilganligini tekshirish
|
|
|
|
Im
zolar Auditor tashkiloti rahbari
-
|
Rejalashtilayotgan ish turi
|
O’tkazish
|
Bajaruvchi
|
Izoh
|
1
|
Moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligini tekshiish
|
|
|
|
1.1
|
Buxgalteriya hisobi schetlaridagi yozuvlar asoslanganligini tekshirish
|
|
|
|
1.2
|
Hisob registrlari to’g’ri tuzilganligini tekshirish
|
|
|
|
1.3
|
Korxona moliyaviy hisobotini o’rganish va u belgilangan muddatlarda tag’dim
etilishini tekshirish
|
|
|
|
1.4
|
Tahliliy hisob ko’rsatkichlarini bosh kitob va balans moddalaridagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish
|
|
|
|
2
|
Buxgalteriya balansi to’g’ri tuzilganlinini tekshirish
|
|
|
|
2.1
|
Balansdagi ko’rsatkichlarni to’g’riligini tekshirish
|
|
|
|
2.2
|
Balansda uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari to’g’ri tuzilganligini tekshirish
|
|
|
|
2.3
|
Joriy aktivlar qoldiqlarini to’g’riligini tekshirish
|
|
|
|
2.4
|
O’z mablag’lari manbaalari to’g’riligini tekshirish
|
|
|
|
2.5
|
Majburiyatlar to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish
|
|
|
|
-
|
Rejalashtilayotgan ish turi
|
O’tkazish
|
Bajaruvchi
|
Izoh
|
1
|
Moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligini tekshiish
|
|
|
|
1.1
|
Buxgalteriya hisobi schetlaridagi yozuvlar asoslanganligini
tekshirish
|
|
|
|
1.2
|
Hisob registrlari to’g’ri tuzilganligini tekshirish
|
|
|
|
1.3
|
Korxona moliyaviy hisobotini o’rganish va u belgilangan muddatlarda tag’dim etilishini tekshirish
|
|
|
|
1.4
|
Tahliliy hisob ko’rsatkichlarini bosh kitob va balans
moddalaridagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish
|
|
|
|
2
|
Buxgalteriya balansi to’g’ri tuzilganlinini tekshirish
|
|
|
|
2.1
|
Balansdagi ko’rsatkichlarni to’g’riligini tekshirish
|
|
|
|
2.2
|
Balansda uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari to’g’ri tuzilganligini tekshirish
|
|
|
|
2.3
|
Joriy aktivlar qoldiqlarini to’g’riligini tekshirish
|
|
|
|
2.4
|
O’z mablag’lari manbaalari to’g’riligini tekshirish
|
|
|
|
2.5
|
Majburiyatlar to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish
|
|
|
|
“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYAVIY NAZORATNING TASHKILIY ASOSLARI”
MAVZUSI BO’YICHA GLOSSARIY
-
ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING MA’NOSI
|
Auditor
|
Auditor
|
Аудитор
|
Auditor - auditor malaka sertifikatiga
ega bo’lgan jismoniy shaxsdir
|
Auditorlik tekshiruvi
|
Auditing
|
Аудиторская проверка
|
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan
tekshirishdir.
|
Majburiy auditorlik tekshiruvi
|
Mandatory audit
|
Обязательный аудит
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan qat’iy muddat va tartib asosida maxsus malaka sertifikati va litsenziyaga ega
bo’lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan tekshiruv tushuniladi
|
Auditorlik faoliyati
|
Audit activity
|
Аудиторская деятельность
|
Auditorlik faoliyati bu - auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik
faoliyatidir
|
Kompleks audit
|
Comprehensive audit
|
Комплексный аудит
|
Kompleks audit – xo’jalik yurituvchi
sub’ekt moliyaviy xo’jalik faoliyatini to’liq qamrab olgan auditorlik tekshiruvi
|
Tashqi audit
|
External audit
|
Внешний аудит
|
Tashqi audit bu - mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini
belgilangan muddat va tartib asosida tekshirish jarayonidir
|
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
|
Republican public
organization audit
|
Республикански й общественный организации
аудита
|
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning ixtiyoriy
asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir
|
Ichki audit xizmati
|
Internal Audit Service
|
Служба внутренного аудита
|
Ichki audit xizmati - korxona kuzatuv kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy
bo’linmasidir
|
Auditorlik tashkiloti
|
auditing organization
|
аудиторской организации
|
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasigaega bo’lgan yuridik shaxsdir.
|
MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish mijoz-subyekt faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar harakati bilan bog`liq ko`rsatkichlarning ishonchliligi to`g`risida fikr shakllantirish va subyektda asosiy vositalar bilan bog`liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo`lib, undagi o`rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o`rnatishni ta'minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to`g`riligi);
asosiy vositalarning to`g`ri turkumlanishi;
asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining mosligi);
asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish;
asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish;
asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etgirish;
amortizatsiya hisoblash usullarini qo`llashning qonuniyligi va to`g`riligi;
jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llashning qonuniyligi;
amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to`g`riligi;
amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to`g`riligi;
asosiy vositalarni ta'mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish;
ta'mirlash usullari;
ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to`g`riligi;
asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni hisobga
olish;
asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt buxgalteriyasidagi holatini
baholash;
belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o`ziga qarashli, joriy tartibda ijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligini baholash;
subyektning o`ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalar bo`yicha yillik eskirish hisoblanishining to`g`riligini tekshirish. Chunki, bu ma'lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog`liq bo`lib, oqibatda subyektning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to`lanadigan foyda (daromad) solig`ining miqdoriga ta'sir etadi;
asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish;
subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig`i va quvvati bo`yicha subyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil qilish (agap auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo`lsa);
asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.
Auditor ushbu asosiy masalalarni o`rganib, ularga auditorlik hisobotining tashkiliy qismida baho berishi va yo`l qo`yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo`yicha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin, birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:
subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o`tgan hisobot davridagiga nisbatan o`zgarishi bilan tanishish;
asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish;
asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasining tegishli me'yoriy hujjatlariga muvofiq subyekt balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo`yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.
Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo`yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to`la moddiy javobgarlik to`g`risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash, shuningdek, asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me'yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan subyekt buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash lozim.
Shu tarzda olingan ma'lumotlar auditorga mazkur subyektda asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish imkonini va tekshiruvda maxsus e'tibor berish lozim bo`lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 –
«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 – «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 –
«O`rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0800- «Kapital qo`yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar», 4800 –
«Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar», 7900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma'lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular bo`yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to`g`ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo`yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo`yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So`ngra subyektning asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e'tibor berish lozim:
asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo`llash qabul qilinganligi;
asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezervga mablag` ajratish mexanizmidan foydalanib, ya'ni ta'mirlash fondi (8910 – «Kelgusi xarajatlar va to`lovlar rezervlari» schyoti bo`yicha ta'mirlash fondi schyotini qo`llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo`yicha subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim.
|
| |