|
Amaliy audit
|
bet | 41/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditMUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
2-MAVZU: ASOSIY VOSITALAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITI USLUBIY MUAMMOLARI
Asosiy vositalar auditining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Auditor asosiy vositalarni tekshirishda qanday reja tuzishi zarur?
Asosiy vositalar auditida qanday ma'lumot manbalaridan foydalaniladi?
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanish holati qanday tekshiriladi?
Asosiy vositalar analitik hisobining tashkil etilishi qanday tekshiriladi?
Asosiy vositalar auditida eng ko`p uchraydigan xatolar qanday?
Asosiy vositalar harakati bo`yicha muomalalarni tekshirishda auditor nimalarga alohida e'tibor qaratishi zarur?
Asosiy vositalar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortish qanday tekshiriladi?
Asosiy vositalar ijarasi (uzoq yoki qisqa muddatli) qanday tekshiriladi?
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash to`g`riligi qanday tekshiriladi?
Asosiy vositalarni ta'mirlash ishlari qanday tekshiriladi va ularning xususiyatlari nimalardan iborat?
TARQATMA MATERIALLAR
MAVZU: ASOSIY VOSITALAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITI USLUBIY MUAMMOLARI
Asosiy vositalar auditining maqsadi
korxona egaligida bo’lgan, korxona faoliyatida bir yildan ortiq foydalaniladigan va qayta sotish uchun mo’ljallanmagan moddiy va nomoddiy aktivlar harakati va ular bo’yicha amortizatsiya ajratmalari to’g’ri hisoblanganiga va balans, hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarda BHMS talablariga mos aks ettirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Asosiy vositalar bo’yicha audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida
auditorning vazifalari quyidagilardan iborat:
-asosiy vositalar harakati va ular bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
buxgalteriya tizimi ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo’yicha hisoblashishlar haqiqatdan ham ro’y berganligiga ishonch hosil qilish;
asosiy vositalarning barchasi to’liq hisobga olinganligini tekshirish;
asosiy vositalar harakati va ular bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to’g’ri bajarilganligini o’rganish;
balans hisobotida asosiy vositalar haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini baholash;
balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’ri guruhlashtirilganligiga va agar zarurat bo’lsa, ular bo’yicha zaruriy qo’shimcha ma’lumotlar ilovalarda to’liq va to’g’ri keltirilganligiga ishonch hosil qilish.
“ASOSIY VOSITALAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITI USLUBIY
|
| |