Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet38/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari auditi

Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning jismoniy xossa va sifatlari yo`qolib boradi. Ularni tiklash uchun subyekt ta'mirlash ishlarini o`tkazishi mumkin.
Asosiy vositalar ta'mirining ikki turi mavjud: kapital va joriy ta'mir.
Asosiy vositalarni ta'mirlash pudrat yoki xojalik usulida bajarilishi mumkin. Pudrat usulida bajarilganda subyekt ta'mirlash-qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.
Xojalik usulida esa ta'mir o`z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta'mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi.
Pudrat va xojalik usulida bajarilgan ta'mirlash ishlari auditining xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.
Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarni tekshirish mobaynida auditor ta'mirlash rasmiylashtirilishining to`g`rililigiga alohida e'tibor qaratishi lozim. Bunda dastavval, mazkur masala bo`yicha subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligi aniqlanishi zarur. Bu narsa tekshiruvni davom ettirish ketma-ketligini belgilaydi. Subyektlarda asosiy vositalarni ta'mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o`chirilishi mumkin:

  • xarajatlarning qilinish me'yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga;

  • asosiy vositalarni ta'mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan;

  • xarajatlarni oldin 3190 – «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib borib, keyinchalik bir me'yorda tannarxga qo`shib borish.

Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezerv tashkil etiladigan bo`lsa, unda auditor rezerv uchun ajratmalar summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy vositalarning turlari bo`yicha (binolar, inshootlar, qurilmalar va hokazo) ajratmalar miqdori ko`zda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona normasi belgilanganligi, har oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya qilinishini aniqlaydi. Ta'mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yaratilgan rezerv hisobiga hisobdan o`chiriladi. Shuning uchun auditor yil oxirida (ta'mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan rezerv to`g`rilanganligi (storno qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim.
Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish mobaynida auditor, ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari tannarxga olib borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o`z manbalari hisobiga hisobdan o`chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunindek, auditor ta'mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki xojalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham tekshiradi.
Agar hisobot davrida lizingga olingan asosiy vositalar ta'mirlangan bo`lsa, ta'mirlash turini (joriy yoki kapital), lizing shartnomasida kapital ta'mirlash ko`zda tutilganligi va xarajatlar kimning hisobidan qoplanishini tekshirish zarur.
Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi mumkin. Auditor bu holda quyidagilarni tekshiradi: qilingan xarajatlar 0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta'mirlash ishlari yakunlanganidan so`ng asosiy vositalar dastlabki qiymati oshganligi, subyekt qo`shilgan kapitalining ko`payishi hisobda ko`rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalarni ta'mirlash bilan bog`liq barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, qo`rsatilgan xizmat) lar
tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek subyektning foydadan budjetga to`lovlar bo`yicha budjet bilan o`zaro munosabatlariga ham ta'sir etadi.
Auditor, eng avvalo, bu masala bo`yicha ham subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim subyektlar kelgusi yil uchun hisob siyosatini qabul qilishda ta'mirlash xarajatlarini har oyda haqiqiy xarajatlar hajmida hisobdan o`chiradigan tartibni qo`llaydilar. Boshqa subyektlar ta'mirlash fondi yaratadilar (ta'mirlashning barcha turlari uchun rezervga mablag` ajratadilar), haqiqatda bajarilgan ta'mirlash ishlari uchun qilingan xarajatlarni esa tashkil etilgan fond hisobiga hisobdan o`chiradilar.
Birinchi holatda ta'mirlashga doir barcha xarajatlar ta'mirlash qaysi hisobot davrida amalga oshirilgan bo`lsa, bevosita shu davrdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo`shilishi lozim. Ikkinchi holatda subyekt balansida turgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz hisobida ta'mirlash fondiga ajratmalar me'yori hisoblab chiqariladi.
Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o`rta biznes subyektlari, ikkinchisini esa asosiy vositalari mulk (aktiv) larning salmoqli qismini tashkil etadigan yirik subyektlar qo`llaydilar.
Auditor ta'mirlash xarajatlarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo`shishning to`g`riligini subyektda qabul qilingan hisob siyosatidan kelib chiqib, uning o`zgarish hollarida esa sababini va ushbu vaziyatning moliyaviy natijaga ta'sirini tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash va ta'mirlash bo`yicha subyektda qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash uchun 8910 -
«Kelgusidagi xarajatlar va to`lovlar uchun rezervlar» schyotining ma'lumotlari bilan tanishish zarur. Agar 8910 schyotda alohida ta'mirlash fondi degan analitik schyot ajratilgan bo`lsa, ushbu fondga qilingan ajratmalarning hajmi qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi) ga ishonch hosil qilish zarur. Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo`yicha tabaqalangan yoki ajratmalarning yagona normasi o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Auditor nuqtai nazaridan yagona normativni qo`llash tannarxning asossiz ko`tarilishi va soliqqa tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida ko`rsatib o`tishi lozim.


Download 13,28 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211




Download 13,28 Mb.