|
Amaliy audit
|
bet | 4/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditFanning o’quv rejasidagi fanlar bilan bog’liqligi
Mazkur fanni o’rganish uchun magistratura davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi.
Fanni o’qitishda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar va ularning mazmun-mohiyati
«Amaliy audit» fanining ma’ruza mashg’ulotlarida ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usullari va vositalari:
insert jadvali:
mustaqil o’qish, ma’ruza tinglash jarayonida olinadigan ma’lumotlarni bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi.
oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o’zaro bog’lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi.
Klaster (Klaster - tutam, bog’lash):
Ma’lumot xaritasini tuzish va vositasi-barcha fikr konstitutsiyasini fokuslash va aniqlash uchun asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.
Toifali jadval:
Toifa - mavjud holat va munosabatlarni aks ettiradigan belgi (umumiy). ajratilgan belgilarga ko’ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi;
tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.
Kontseptual jadval:
O’rganilayotgan xodisa tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va undan ortiq jihat bo’yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.
BBB jadvali:
Bilaman, Bilishni xoxlayman, Bildim
matn (mavzu, bo’lim) bo’yicha tadqiqot ishlari olib borish imkonini beradi; tizimli mulohaza qilish, tarkibga ajratish ko’nikmalarini beradi.
T –jadval:
Bitta kontseptsiya (ma’lumot)ning jihati o’zaro solishtirish (ha/yuk, ha/qarshi). Tanqidiy mushohada rivojlantiradi.
BLOT-tahlil jadvali:
Tashkilot resurslari holatini tahlil qilish va baholash vositasi. Bu kabi tahlilni tashkilot bo’yicha umumiy tarzda yoki alohida muammo yoki loyiha bo’yicha ham amalga oshirish mumkin. Tizimli mushohada kilish, taqqoslash, solishtirish, tahlil va sintezni amalga oshirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Loyihalash metodi:
Kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo’lib, loyiha, ma’lum bir hisob- kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g’oya, fikr.
«Amaliy audit» fanining amaliyot mashg’ulotlarida muammoni jamoali tarzda hal etishning usullari va vositalari:
Aqliy hujum:
Bu uslubda qo’yilgan savol, muammo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi. U talabalarni o’quv jarayonida mashg’ulotlar faol qatnashishlarini topish va bayon qilish chog’ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, o’z fikrlarini aytishga yo’naltiruvchi metoddir.
Bahs:
O’z fikrini ifoda etishni xoxlovchilar orasida biron bir munozarali masalani muhokama qilish, haqiqatni aniqlash va to’g’ri qarorni qabul qilish.
Muzokaralar:
Eshitish aniq tashkil etilgan ikki tomon fikrlari almashinuvi.
Pinbord texnikasi:
Muammoni hal etish bo’yicha g’oyalarni tizimlashtirish va guruhlashtirish va yagona nuqtai nazarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Delfi texnikasi:
Muammoni xal etishning jamoali baholash va tanlash imkonini beradi.
6-6 texnikasi:
Qo’yilgan muammoni hal etish bo’yicha jamoa tomonidan ifodalangan variantlardan eng yaxshisi baholanadi va tanlanadi, keyin harakatlar algoritmga muvofiq ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi.
Keys stadi:
Talabalarni qaror qabul qilishga o’rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni echishni o’rganish metodi.
Shuningdek «Amaliy audit» fanining amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (Audit XP Kompleks audit, Audit IT, 1S: Prof. Buxgalteriya, Buxgalteriya (VS), Balans, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Web Trust, SYS Trust), slaydlardan, multimediya vositalaridan, internet sahifalari va tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabalarga ushbu fanni o’zlashtirishda mavjud adabiyotlardan, elektron darslik, hamda test savollari to’plamidan foydalanish tavsiya etiladi.
|
| |