|
IV.MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
|
bet | 16/16 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #129399 |
Bog'liq amaliy-mashgulotlarIV.MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday ish natijalari seminar, kollokviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo‘yicha tekshiriladi.
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo‘lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi.
O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin.
Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar) hisob-grafik ishlar, referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining nazariy qoidalarini mustahkamlash bo‘yicha manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish barcha semestrlarda bajariladi va reyting tizimida baholanadi.
Fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.
№
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Soatlar
miqdori
|
Berilgan
topshiriq
|
Bajarish
muddati
|
1
|
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fani bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish
|
4
|
Maqola yozish
Portfolio va taqdimot tayyorlash
|
1-3-hafta
|
2
|
Yozma ishlar – o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita
|
4
|
3-5-hafta
|
3
|
Yozma ish turlari bo‘yicha taqdimot tayyorlash
|
2
|
6-7-hafta
|
4
|
Diktant va uning turlari bo‘yicha material to‘plash
|
4
|
10 ta diktant matni tayyorlash
|
8-9-hafta
|
5
|
Bayon o‘tkazish bo‘yicha matn to‘plash
|
4
|
5 ta bayon matni
|
9-11-hafta
|
6
|
Insho nazariyasi haqida
|
4
|
Grafikli jadval tayyorlash
|
11-hafta
|
7
|
Imlo xatolari ustida ishlash bo‘yicha keyslar bankini yaratish
|
4
|
Keys banki
|
12-13-hafta
|
8
|
Yozma ishlarni baholash mezonlari bo‘yicha tavsiya tayyorlash
|
4
|
Baholash mezonlari ko‘rsatkichi
|
13-14-hafta
|
9
|
Yozma ishlarni tilshunoslik bo‘limlari bilan bog‘lab o‘rgatish metodikasi
|
2
|
Grafik organayzer
|
15-16-hafta
|
10
|
Xatolar ustida ishlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
|
4
|
Dars ishlanmasi
|
17-18-hafta
|
|
Jami:
|
36 soat
|
|
18- hafta
|
|
| |