|
Amaliy matematika
|
bet | 32/56 | Sana | 25.12.2019 | Hajmi | 7,49 Mb. | | #4861 |
Electron pochta xizmati.
Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - Elektron pochta xizmati tashkil qiladi.
Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, elektron signallarning ma’lum tartibdagi ko’rinishiga keltiradi.
Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin.
Bundan tashqari ma’lum talablar mavjud, ya’ni bunda xat jo’natayotgan foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog’iga ulangan kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Pochta tizimlarining soni juda ham ko’p bo’lib, ulardan eng ko’p tarqalgan, elektron pochta bilan ishlaydigan Windows ilovalariga ( prilojenie ) Internet Mail ni (MS Internet Explorer 3.0 tarkibidagi ), Outlook Explorer ni ( MS Internet Explorer 6.0 tarkibidagi), (Novell kompaniyasining) GroupWiseni, (Qualcomm kompaniyasining) Eudora Proni kiritishingiz mumkin. Internet Mail misolida elektron pochta bilan ishlashni ko’rib chiqamiz.
Internet Mail dasturining hujjatini ( qayta ishlash ob’ektini, elektron xatni) xabar deb ataymiz. Xabar: sarlavha, xat matnidan va kiritilgan (ko’shib ko’yilgan) fayldan tashkil topgan bo’ladi.
Sarlavha qismida xizmat axborotlaridan tashqari quyidagi ko’rsatkichlar mavjud:
Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi va pochta serveri manzilidan iborat bo’ladi.
|
| |