|
WWW- Xalkaro axborot tarmog’i
|
bet | 30/56 | Sana | 25.12.2019 | Hajmi | 7,49 Mb. | | #4861 |
WWW- Xalkaro axborot tarmog’i.
World Wide Web – bu Internet dagi gipermatnli axborot – qidiruv tizimi. WWW ma’lumotlar bloki (saxifa) lari WWW – server deb ataluvchi kompyuterlarida joylashgan bo’lib, ular biror- bir tashkilotga yoki kishilarga tegishli bo’lishi mumkin. WWW hujjatlariga o’rgatilgan gipermatnli jo’natmalar yordamida foydalanuvchi bir hujjatdan ikkinchi hujjatga o’tishi mumkin.
WWW asosida, gipermatnli xabarlarni uzatuvchi bayonnoma – HTTP (Hypertext Transfer Protocol) yotadi, sahifalar esa hujjatlarni tasvirlovchi maxsus gipermatnli til – HTML (Hyper Text Maker Language)yordamida shakllanadi.
WWW bilan ishlash uchun, inglizcha browsers (,,browse” fe’lidan – olingan va ko’rib chiqmoq degan ma’noni anglatadi), ruscha – brauzer, navigator deb ataluvchi maxsus provayderlar ishlatiladi. Endi biz keyingi gaplarda faqat “navigator” deb uni ataymiz. WWW va uning dastur ta’minoti bu tarmoqning qudratli instrumentlari hisoblanadi.
Ular foydalanuvchilarga yuqorida sanab o’tilgan barcha resurslarga kirish imkonini beradi.
Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - Elektron pochta xizmati tashkil qiladi.
Brouzer – bu Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dastur bo’lib, uning quyidagi turlari mavjud:
Internet Explorer Opera Mozilla FireFox Google Chrome
|
| |