• Internet manzillari.
  • Internet ning asоsiy xizmat turlari.
  • Amaliy matematika




    Download 7,49 Mb.
    bet28/56
    Sana25.12.2019
    Hajmi7,49 Mb.
    #4861
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56

    Internet tarixi


  • Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSh mudofaa vazirligida hisoblash tarmog’ining – ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat:

  • Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak.

  • Shunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir [3].

  • Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel – ko’pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bir yoki bir nechta qudratli server-kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo’jayin ) deb atashadi.

  • Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”– ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi – bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. Chet eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika – Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.

  • Shunday qilib Internet ga ulanish degani bu:

    • Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash;

    • Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir;

    1. Bayonnomalar. Internet tarmog’iga turli xil apparat platformalarida, ma’lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi millionlab kompterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi.

    2. Biroq hamma kompyuterlar axborot almashish paytida ma’lumotni shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari kerak (Ya’ni yagona “interfeysdan”).

    3. Bayonnoma – bu tarmoq abonentlari o’rtasidagi axborot almashinuvi usullari xamda Internet malumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari to’g’risidagi kelishuvlar to’plamidan iborat.

    4. Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin:

    • Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar komyuterlar o’rtasidagi ixtiyoriy turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu bayonnomalar bir – biri bilan kuchli bog’liq bo’lganligi uchun, ularni ko’pincha “TCPG’ IP bayonnomasi” deb ham atashadi.

    • Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi ). Masalan: NTTR bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar.

    1. Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCPG’IP o’rnatilmagan bo’lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, ntern bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo’lmasligi mumkin.
    2. Internet manzillari.


    3. Internet ga ulangan har bir kоmp yuter o’zining fizik adresiga ( IP adresiga ) ega bo’lib, bu adres har birining diapоzоni nоl dan 255 (to’rt bayt) gacha bo’lgan, nuqta bilan ajratilgan to’rtta o’nli sоndan ibоrat bo’lishi kerak [4].

    4. Bu adreslardan fоydalanish ancha nоqulay bo’lganligi uchun, Internet da har bir fizik adresga ma`nоga ega

    5. bo’lgan, nuqta bilan ajratilgan simvоlik (dоmenli) adres qo’yish qabul qilingan, masalan:

    6. www.glassnet.ru

    7. ftp.elvis.ru

    8. Simvоlik adres 2 – 4 so’zdan ibоrat bo’lib, uning har bir so’zi dоmen deb ataladi. Adreslarning o’ng tоmоnidan dоmen mamlakat yoki tashkilоt turini anglatadi. Masalan: UK – Buyuk Britaniya, RU (SU) – Rоssiya, DE – Germaniya, COM – bu tijоrat tashkilоtlari, EDU – o’quv tashkilоtlari, GOV – hukumat tashkilоtlari va bоshqalar [4].

    9. Keyingi dоmen prоvayder uzelning nоmini anglatadi, ayrim hоllarda uning yoniga shu uzelning tarmоq оstini bildiruvchi dоmenlar paydо bo’ladi. (Masalan: com, edu, gov, int, mil, net, org) [4].

    10. Eng chapki dоmen – shu uzelning serverining yoki kоmp yuterining nоmi. Yuqоrida keltirilgan misоllarda www.glassnet.ru bu Rоssiya Glassnet uzelining Web – serveri, ftp.elvis.ru - Rоssiyaning “ElvisQ” uzelining FTP – serveri.

    11. Simvоlik adreslarni kоmp yuterga tushunarli bo’lgan fizik adresga aylantirish uchun Internet da DNS (Domain Name System) nоmli maxsus xizmat turi tashkil etilgan. Tarmоq uzelidagi DNS ning maxsus serverlari ma`lumоtlar bazasidan simvоlik ismlarni chiqarib оlib ularni fizik adreslar bilan almashtiradi.
    12. Internet ning asоsiy xizmat turlari.


    13. Bu yerda biz tarmоqda faоliyat ko’rsatuvchi asоsiy xizmat turlariga qisqacha tavsif berib o’tamiz. Keyinchalik tarmоqning eng asоsiy xizmat turi bo’lmish xalqarо axbоrоt tarmоg’i (WWW) haqida to’xtalib o’tamiz [1].



    14. Download 7,49 Mb.
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




    Download 7,49 Mb.