|
Amaliy matematika
|
bet | 36/56 | Sana | 25.12.2019 | Hajmi | 7,49 Mb. | | #4861 |
Masofaviy o’qitish modellari. Masofaviy o’qitish modellari 1.1-rasmda keltirilgan. Birlamchi model. Masofaviy o’qitishning bu shaklida kunduzgi bo’limda bevosita mashg’ulot o’tkazish shart emas, barcha o’qitish ma’lum masofada tashkil etiladi. Lekin ta’lim oluvchilar unga birkitilgan o’qituvchilar bilan doimiy aloqada bo’ladilar. Ta’lim oluvchilarga konsultativ yordam va yakuniy imtihon topshirish uchun mahalliy vakillar tashkil etiladi. Bunda o’quv jarayonining shakl va usullari ta’lim oluvchi va talaba tomonidan erkin tanlanadi, o’quv mashg’ulotlari jadvali va o’qitish vaqti chegaralanmaydi. Ko’pchilik ochiq universitetlarda ta’lim o’qitishning birlamchi modeli asosida qurilgan, masalan, Buyuk Britaniya ochiq universitetida masofaviy o’qitishning ushbu modelidan foydalaniladi (http://www.open.ac.uk).
1-rasm. Masofaviy o’qitish modellari
Ikkilamchi model. Ta’lim muassasasida o’qish ham kunduzgi ta’limda, ham qisman kunduzgi va qisman masofaviy ta’limda olib boriladi. Har ikkalasida dars jadvali va o’qitish dasturi bir xil.
Ta’lim oluvchilar uchun nazorat bir xil kriteriya asosida baholanadi. Ta’lim muassasasida qo’llaniladigan masofaviy o’qitishning bu ikkilamchi modeli hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi, chunonchi o’qitishning asosiy qismi ta’lim oluvchilar tomonidan qoplanadi. Masalan, ikkilamchi modeldan Avstraliyaning universitetlarida foydalanib kelinmoqda (http:G’G’www.une.edu.au).
Bu model masofaviy o’qitishning turli shakllarini qamrab oladi, to’g’rirog’i turli masalalar integratsiyasi, masalan, ta’lim oluvchilar o’quv materialining ma’lum bir qismini masofaviy o’qitish bilan ketma-ket, boshqa qismini parallel ravishda kunduzgi bevosita o’qitish orqali oladilar. Ayrim mashg’ulotlar virtual seminarlar, namoyish (prezentatsiya), ma’ruza shaklida olib boriladi. Ta’lim muassasasi qanchalik axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan bo’lsa, o’qitish shakllari turli-tuman ko’rinishda tashkil etilishi mumkin. O’qitishning bu integratsiya shakllaridan Massey va Yangi Zelandiya universitetlarida foydalanilmoqda (http://massey.ac.nz).
Konsortsium.Ushbu model ikkita ta’lim muassasasining o’zaro aloqasida olib boriladi, ya’ni o’quv materiallarini ishlab chiqarish va ularni masofaviy o’qitishda ayrim funktsiyalarni o’zaro bo’lib olishga asoslanadi. Birinchi muassasa masofaviy o’qitish uchun o’quv materiallarini ishlab chiqish bilan shug’ullansa, ikkinchi muassasa virtual o’quv guruhlarini o’qitish vositalari yoki masofaviy o’qitish dasturi ijrosini ta’minlaydi. O’zaro aloqada, ishlovchi bu muassasalar universitet, yohud ta’lim bilan shug’ullanuvchi markazlar, fakultetlar va hatto tadbirkorlik va davlat tashkilotlari ham bo’lishi mumkin.
Konsortsium qat’iy markaziy boshqarish, xususiy mulk va mualliflik huquqi belgilangan tarzda ta’minlangan holda samarali natija beradi.
O’qitishning bu modelidan masalan, Kanadada ochiq O’quv agentligida foydalanib kelinmoqda (http://www.ola.bc.ca).
Franchayzing. Masofaviy o’qitishning franchayzing tamoyiliga asoslangan bu modelda muloqotdagi ta’lim muassasalari o’zaro o’zlari yaratgan masofaviy kurslarni almashadilar. Ta’lim xizmati bozorida yaxshi deb topilgan mahsulot egasi bo’lgan ta’lim muassasasi boshqa ta’lim muassasalariga yaratgan o’quv kurslarini beradi, yoxud masofaviy o’qitish orqali mashg’ulotlar olib boriladi. Ushbu modelning xarakterli jihati shundaki, ma’lum bir ta’lim muassasasida o’qish niyati bo’lgan talaba etuk oliy muassasaning konsortsiumi orqali o’sha hajmda, lekin yuqori sifatli bilim va o’qish nihoyasida diplom olish imkoniga ega bo’ladi.
Franchayzing modeli asosida o’qish tashkil etilgan ta’lim mussasalariga ochiq universitet - Biznes oliy ta’lim muassasasi va ular bilan muloqotda bo’lgan Sharqiy Evropa universitetlarini keltirish mumkin.
Validatsiya. Masofaviy o’qitishning bu modeli keng tarqalgan o’qitish shakllaridan hisoblanadi. Muloqotda bo’lgan barcha ta’lim muassasalari o’zaro teng darajada masofaviy o’qitish bo’yicha bitim tuzadilar. Ular birgalikda masofaviy o’qitish dasturi va kursini yaratadilar, beriladigan diplom va sertifikatlar bir xil darajada tan olinadi.
Yiroqlashgan auditoriya. Ushbu modelda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari keng qo’llaniladi. Ma’lum bir ta’lim muassasasida tashkil etilgan o’quv kurslari, ma’ruza va seminarlar sinxron teleko’rsatuv, videokonferentsiya, radioaloqa tarzida telekommunikatsiya kanallariorqali talabalar yig’ilgan yiroqdagi auditoriyalarga namoyish qilinadi. Bu vaziyatda o’qituvchi talabalar yig’ilgan yirik auditoriya bilan ishlaydi.
Masofaviy o’qitishning bu modelidanAQShning Viskonsin universiteti, xuddi shuningdek, Xitoyning Markaziy radio va televidenie universitetida foydalanib kelinmoqda.
Loyihalar. Masofaviy o’qitishning ushbu modelidan davlat ahamiyatiga molik yirik masshtabli loyihalarni joriy qilishda foydalaniladi. Ushbu modelda asosiy rol o’quv materiallarini yaratgan malakali kadrlar, o’qituvchilar, olimlar yig’ilgan ilmiy-metodik markazga beriladi. Markazda yaratilgan masofaviy kurslar u yoki bu mamlakatning katta auditoriyasiga namoyish qilinadi. Unda o’qitish mavsumiy bo’lib, o’z maqsadiga erishilgandagina tugatiladi. Masofaviy o’qitishning bu kursiga misol qilib ekologiya, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan yangi agrotexnik usullar bilan tanishtirishga oid kurslarni keltirish mumkin. Masofaviy o’qitishning loyihalash modelidan Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tashkilotlarida keng foydalanilmoqda.
1.1-jadval. An’anaviy ta’lim va zamonaviy axborot texnologiyalarga asoslangan ta’limning imkoniyatlari.
An’anaviy ta’lim
|
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim
|
Nashr materiallari
|
Nashr materiallari
|
Audio va video materiallar
|
Kompyuter o’rgatuvchi dasturlar
|
Elektron jurnallar
|
Interfaol ma’lumotlar bazasi
|
Kompyuter tarmoqlari orqali uzatiladigan boshqa o’quv materiallar
|
Hozirgi paytda masofali o’qitish kurslarining birnechta texnologiyalari mavjud. Ularga kompleks “keys-texnologiyalar”, korrespondentlik ta’limi, televizion va sun’iy yo’ldosh kanallari, mobil texnologiya, kompyuterli tarmoqtexnologiyalari misol bo’la oladi.
Texnologiyalariasosida masofali o’qitish kurslarini tashkil etilishi tinglovchilarga kompleks o’quv-uslubiy materiallarni etkazib berish bilan birga, o’quv jarayonini boshqarishga, shuningdek tyutorlar hamda tinglovchilar orasida seminarlarni, konsultatsiyalarni o’tkazish, hamda tinglovchilar bilimini nazorat etishning monitoringini tashkil etish imkonini beradi. Masofali o’qitish kurslarini tashkil etishda o’quv jarayonini rejalashtirilishiga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Masofali o’qitish tizimida foydalanilayotgan har qanday texnika yoki texnologiya, u qanchalik zamonaviy bo’lmasin, etarli darajada tayyorlangan o’quv materiallarisiz o’quv jarayonining effektivligiga ta’sir ko’rsata olmaydi. SHu sababli samarali o’quv jarayonini tashkil qilishda zamonaviy texnika va texnologiyani ishlatish bilan bir qatorda mazmunli, har tomonlama qulay, grafika, multimedia va interaktivlik xususiyatlariga ega bo’lgan elektron darsliklarni ham ishlab chiqish zarur.
Avvalo darslik - davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyoti va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g’oyasi singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta’kidlaymiz.
Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:
o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;
multimedia qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o’quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi [5].
Hozirgi kunda ta’lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta’lim etarlicha yo’lga qo’yilgan deyish qiyinroq. Elektron darslik yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo’linsada, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek ochiq tizimlar mavjud emas.
Masofali o’qitish orqali elektron darsliklardan foydalanish, kompyuter vositasi yordamida talabalar berilgan topshiriqlarni bajarishga erishish, ularning bilim darajalarini aniqlash muhim hisoblanadi. Unda talaba ma’lum ta’lim portali orqali o’zining login va parolini kiritib, kurslar bo’yicha ta’lim oladi. YA’ni, ma’ruza matnlari o’qishi, topshiriqlar, test, savol-javob va boshqasini bajarishi evaziga, ma’lum ballarni to’playdi. Elektron darslik va video kurslar dars yoki darsdan tashqari mustaqil ta’lim olishda qo’llanilishi mumkin.
Odatda, elektron darsliklar va video kurslardan lokal tarmoqda kompyuterning o’zidayoq internetga ulanmasdan qo’llaniladi. Masofali o’qitishda esa, aksariyat hollarda, Internet tarmog’iga ulanish va ko’rsatilgan saytda ro’yxatdan o’tish zarur bo’ladi. Tahlillarga ko’ra AQSH, Evropa, Osiyo davlatlarining ta’lim tizimida elektron darsliklardan foydalanib asosan talabalarni tarmoq texnologiyasi asosida o’qitib kelishmoqda.
Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta’lim texnologiyasi markazida talaba, texnologiya mazmunida – talabalar tomonidan mustaqil ravishda ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirish, o’quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv materialni bayon etish, amaliy mashg’ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash jarayoni) e’tiborga olinishi kerak.
Har bir elektron darslik alohida ko’rinishda bo’lishi va ma’lum standart talabga javob berishi lozim. Ta’lim tizimida zamonaviy informatsion texnologiyalarning qo’llanilish yo’nalishlaridan biri yuqori darajadagi samarali va sifatli multimediali elektron darsliklarni ishlab chiqishdan iborat. Elektron darslikning qo’llanilish sohasi keng bo’lib, ayniqsa mustaqil ta’lim olish va masofali o’qitish jarayonida samarali natijalar beradi.
Oddiy o’quv qo’llanmalar hali ancha vaqtgacha talabalarni o’quv quroli bo’lib xizmat qiladi. Ekranga qaraganda pechatdan chiqqan matnni o’qish albatta oson va qulay. SHuning uchun ham elektron darslik yaratilayotganda, bu o’quv qo’llanma oddiysidan qanday afzalliklari bor degan savolga javob berishga tug’ri keladi. SHundan so’ngina agar qulayliklari bo’lsagina elektron darslik yaratishga kirishishimiz mumkin. Elektron darslik ko’pincha oddiy qo’llanmani to’ldiradi hamda juda ko’p afzalliklariga ega ekanligi xammamizga ma’lum.
Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o’xshash, ya’ni bet ketidan bet chiqadigan qilib yaratish ham mumkin. Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq qo’llanish kerak, chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi.
Elektron darsliklar yaratishda matnning hajmi ham katta ahamiyatga ega va undagi shriftlarni hajmi va giperssilkalarning soni ham o’ziga yarasha ahamiyatlidir [14].
YAxshi elektron darslik ma’ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg’ulotlarida repititor, mustaqil ta’lim olishga vosita, kompyuterda amaliy ishlarini bajarish mobanida uslubiy yordamchi, talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg’ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta’minlovchidir. Lekin, elektron darslikda yuqori sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o’rganilayotgan fan hususiyatini inobatga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo’lishi talaba etiladi.
Mavzu bo’yicha nazariy savollar:
Masofali o’qitish nima?
Masofali ta’lim nima?
An’anaviy ta’limdan masofali ta’limning farqlari nimada?
Masofali ta’limning qanday afzalliklari mavjud?
Masofali o’qitishning metodlarini tushuntiring
Masofali ta’lim modellarini tushuntiring?
Masofali o’qitish texnologiyalari xaqida nimalarni bilasiz?
Masofali o’qitish vositalarini bayon qiling
Elektron darslik bosqichlarini aytib bering?
Oddiy darslikdan elektron darslikning farqini “Venna diagrammasi” metodi yordamida aniqlang?
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
“TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
Amaliy mashg’ulot bo’yicha
uslubiy ko’rsatma
NAMANGAN – 2019
Ta’limda axborot texnologiyalari fani bo`yicha amaliy mashg`uloti uchun uslubiy ko’rsatma
Tuzuvchi: p.f.n., kat.o’qit. M.Eshnazarova
Taqrizchi: dotsent. A.Imomov
Ushbu amaliy mashg`ulot bo’yicha uslubiy ko’rsatma barcha maxsus sirtqi bakalavr yo`nalish bakalavrlarning o`quv rejalaridagi «Ta’limda axborot texnologiyalari» fani dasturiga asosan tuzilgan bo`lib, u butun kurs materialini to`la qamrab olgan. To`plamdagi har bir amaliy mashg`ulot ishida tuzuvchilar tomonidan mashg`ulotning maqsad va vazifalari, kerakli vosita va tushunchalar berilganidan so`ng bajaruvchiga muayyan(konkret) topshiriq hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati k`orsatilgan. Bajaruvchiga qulaylik yaratish uchun topshiriqdagi vazifalarning ma`lumotlar ba`zasi bevosita bajaruvchining o`zi, oilasi, guruhi, o`qiyotgan fanining adabiyotlari yoki o`zi tanlagan(qiziqqan) yo`nalishdagi jarayon va ma`lumotlar bilan bog`langan. Bajarilgan ishni baholash belgilangan me`yorlar asosida shu mavzuga ajratilgan umumiy soatdan kelib chiqqan xolda amalga oshirilishi ko`rsatib qo`yilgan.
To`plamdagi har bir amaliy mashg`ulot yo`nalishlarning davlat standartlari talablariga ko`ra fan dasturlari bo`yicha shu mavzu uchun ajratilgan soatlar doirasida va yo`nalishning xususiyatlarini hisobga olgan xolda bajarish va baxolash imkoniyatini beradi.
|
| |