• Texnik vosita
  • Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
  • Klavishlar
  • END (oxiri, nihoyasi)
  • Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)
  • Page Down (Page Down) bir sahifa pastga
  • Super kompyuterlar
  • Shaxsiy kompyuterlar
  • Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari
  • Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko’chirish, o’chirish
  • Windows ME, Windows 2000, Windows XP
  • Amaliy matematika




    Download 7,49 Mb.
    bet37/56
    Sana25.12.2019
    Hajmi7,49 Mb.
    #4861
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56

    Amaliy mashg`ulot №1

  • Mavzu: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Kompyuter turlari. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi, kiritish va chiqarish qurilmalari.

  • Maqsad: Klaviatura bilan ishlashni va Windows operatsion sistemasida fayl va papkalar ustida amallar bajarish ko’nikmasini hosil qilish.


  • Texnik vosita: Komp’yuter va Windows operatsion sistemasi ta`minoti.

  • Amaliy mashg`ulot rejasi:

    1. Axborot tushunchasi

    2. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi

    3. Kompyuterlarni turlari

    4. Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari

    1. Axbоrоt – bu, yaratuvchisi dоirasida qоlib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar nоaniqligi, tо’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda оg’zaki, yozma yoki bоshqa usullar (shartli signallar, texnik vоsitalar, hisоblash vоsitalari va x.k.) оrqali ifоdalash mumkin bо’lgan atrоf-muhit (оb`ektlar, vоqea-hоdisalar) tо’g’risidagi ma`lumоtlardir.

    1. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi

    1. Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:

    • tizim bloki;

    • monitor;

    • klaviatura;

    • sichqoncha;

    • tashqi qurilmalar.



    1. Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko‘rib chiqamiz.



      1. Klavishlar

      1. Vazifasi

      1. ↓ ↑ ← →

      1. kursorni bir yoki bir necha o‘ringa o‘ngga, chapga, pastga va yuqoriga suradi

      1. HOME (boshiga)

      1. Kursorni satr boshiga olib keladi.

      1. END (oxiri, nihoyasi)

      1. Kursorni, satr oxiriga olib o‘tadi.

      1. Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)

      1. bu klavish bosilganda kursor bir sahifa (ekran) oldinga suriladi.

      1. Page Down (Page Down) bir sahifa pastga

      1. bu klavish bosilsa kursor bir ekran orqaga suriladi.

      1. ESC (Escape)

      1. qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish.



    1. Kompyuterlarni sinflash

    1. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, takt chastotasi (bir sekundda bajaradigan amallar tezligi), ma’lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin:

    • super kompyuterlar;

    • katta kompyuterlar;

    • mini kompyuterlar;

    • mikro kompyuterlar (shaxsiy kompyuterlar);

    • bloknot va cho‘ntak kompyuterlari (notebook, netbook)



    1. Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi

    2. Katta kompyuterlar (Manframe Computer) - fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan.

    3. Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda

    4. Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.

    5. Notebook kompyuterlar(yozuv kitobchasi). Notebook kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga o‘rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.

    1. Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari

    1. Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo‘lib ingliz olimi Charlz Bebidj va uning g‘oyasini mukammallashgan ko‘rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g‘oyasidan iborat. hozirda ko‘p rusumli kompyuterlar shu g‘oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko‘p protsessorli kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning bo‘laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o‘tish joizdir. shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O‘z navbatida dastur qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga o‘tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo‘yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.



    2. Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko’chirish, o’chirish




    3. 1.-Флешка
      Oxirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar o’rniga ma’lumot saqlash va ko’chirish uchun yangi vosita – Flash xotiradan keng foydalanilib kelmoqda (1-rasm). Uning dastlabki hajmi 8 yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi paytda 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb, 8 Gb, 16 Gb va 32 Gb hajmga ega bo’lgan turlari ishlab chiqarilmoqda.


    4. Flash-xotira bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotira. Flash-xotira quyidagi afzalliklarga ega:

      • Energiya manbaiga bog’langan emas – ma’lumotni saqlash uchun energiya talab qilmaydi (faqat o’qish yoki yozishda ishlatiladi);

      • qayta yozish – ma’lumotlarni o’chirib, qayta yozish mumkin;

      • yarim o’tkazgich – mexanik harakatlanuvchi qismlari yo’q, integral mikrosxema asosida qurilgan.

      • HDD, CD, DVD-larga nisbatan ishlayotgan paytida 10-20 marta kam elektr energiya iste’mol qiladi;

      • olib yurish uchun juda qulay;

      • hajmi etarli darajada katta.

    1. Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo’lishi kerak. Bundan tashqari USB bog’lamiga ulangan qurilmalarni to’g’ri aniqlaydigan operatsion sistema ham bo’lishi kerak: Windows ME, Windows 2000, Windows XP, Windows 7, Windows 8

    2. Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring:

    • Sistema blokining orqasida bo’sh USB portini toping va unga Flash-xotirani kiriting.

    • Natijada Flash-xotira korpusida mavjud indikator yonadi va operatsion sistema uni aniqlashni boshlaydi.

    • Agar Flash-xotiraga ma’lumot yozilgan bo’lsa xuddi CDG’DVD disklarni ochgandek, operatsion sistema uning mazmunini aniqlashga kirishadi.





    1. 2-rasm. Fleshka qurilmasini o’rnatish bo’yicha muloqot oynasi



    • Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo’lib, u USB 1.1 standartidagi portga ulangan bo’lsa, Windows operatsion sistemasi tegishli ma’lumotni chiqaradi:





    1. 3-rasm. Fleshka bilan ishlashga tayyorligi xaqida xabar



    • USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 MbitG’sek tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko’rsatkich 480 MbitG’sek teng bo’ladi, ya’ni 40 baravar katta.

    1. Flash-xotiradan kompyuterga ma’lumot yozish uchun:

    • kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;

    • hosil bo’lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa olish) buyrug’ini tanlash kerak;

    • ma’lumot yozilishi kerak bo’lgan katalog yoki diskni ochib, sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;

    • hosil bo’lgan kontekst menyudan Vstavit (Joylash) buyrug’ini tanlash lozim.

    1. Kompyuterdan Flash-xotiraga ma’lumot yozish uchun (1.27-rasm):

    • kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;


    • 4-расм. Kompyuterdan fleshkaga ma’lumot yozish
      hosil bo’lgan kontekst menyudan Otpravit (Jo’natish) buyrug’ini tanlash kerak;

    • Menyudan S’emno’y disk (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak;

    • Natijada ko’rsatilgan ma’lumot Flash-xotiraga yoziladi.

    1. Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog’lami orqali 5 Volt elektr energiya uzatiladi. Uni ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi indikator bo’yicha tekshirish mumkin bo’ladi. Agarda chiroq (indikator) yongan bo’lsa, demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta’minot uzatilayotganida uni USb portidan chiqarsak, u ishdan chiqishi ehtimoli mavjud.

    2. Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:




  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




    Download 7,49 Mb.