|
Amaliy matematika
|
bet | 38/56 | Sana | 25.12.2019 | Hajmi | 7,49 Mb. | | #4861 |
Windows ish stolining o’ng pastki qismida indikatorga sichqon ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmani qo’sh cherting.
Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqot oynasi hosil bo’ladi:
Mazkur oynada Ostanovit (Ajratish) tugmasini bosib, yangi oynada qurilmani ko’rsatib, OK tugmasini bosish kerak.
Bundan keyin Windows operatsion sistemasi tegishli ma’lumot beradi:
Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektr energiya o’chiriladi va uni xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.
Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar. Ulardan keng tarqalganlari: Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va boshqalar.
Topshiriqlar:
Kompyuterning asosiy qurilmalarini o’rganing
Klaviaturada klavishalar bilan tanishib chiqing
Boshqaruvga oid klavishalarni tasniflang
Funktsional klavishalarni tasniflang
Klaviaturani boshqarishingiz uchun matnli fayl hosil qiling.
Flesh-xotira bilan ishlash: flshkani o’qiting, faylni tanlang va D: diskga ko’chiring, faylni o’chiring.
Fleshkani disklar ro’yhatidan chiqaring
Kompyuterning asosiy qismlari tizim blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan) mikroprossesor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o‘qish uchun moijallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), (CD Writer) lazer disk yozish qurilmasi, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprossesor- kompyuterning amal bajaradigan qismi bo‘lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Mikroprossesor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprossesorlar ishlatiladi.
Xotira- kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko‘p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib, muharrir undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir.
Doimiy xotira (kompyuterga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System - kiritish chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday xotiradan ma’lumotlarni faqat o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o‘qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion tizimini boshlang‘ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprossesor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo‘lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprossesor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo‘l deb ataluvchi shinalar orqali bog‘langan bo‘ladi. Shunday qilib, oddiy so‘z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog‘lovchi maxsus simlardir.
Klaviatura va sichqoncha
Klaviatura va sichqoncha ma’lum ma’noda bir-birining o‘rnini bosadigan, ma’lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasini o‘taydigan qurilmalardir. Ularsiz kompyuterda ishlab bo‘lmaydi. Ular yordamida Siz operatsion tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida dasturlarga kerak bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi.
Klaviatura. Klaviatura 101-105 asosiy klavishlardan tuzilgan. O‘z vazifalariga ko‘ra tugmalar beshta guruhga bo‘linadi:
Harflar va sonlarni kiritadigan tugmalar, u oddiy yozuv mashinkalarning tugmalariga o‘xshaydi.
Boshqaruvga oid tugmalar.
Funktsional yoki amal tugmalar.
Sonlar kiritadigan tugmalar.
Maxsus belgilardan iborat tugmalar.
Xarflarni kiritish tugmalari
Xarflarni kiritadigan tugmalari o’zbek, rus va lotin alifbosi harflarini kiritish uchun xizmat qiladi. Bir alifbodan ikkinchisiga o’tish Alt+Shift, Ctrl+Shift yoki Shift (chap)+Shift (o’ng) qo’shtugmalaridan biri orqali bajariladi. Bu qo’shtugma Windows o’rnatilayotgan paytda tanlanadi va qaytadan o’rnatilishi mumkin. O’zbek tiliga xos bo’lgan q, o’, g’, h harflari o’zbek tili o’rnatilgan bo’lsa, klaviaturada mos ravishda o’, h, (-), q tugmalar orqali kiritiladi.
Boshqaruv tugmalari
Boshqaruv tugmalari quyidagi vazifalarni bajaradilar.
Shift: bosib turilganda tugma registrini vaqtincha o’zgartiradi va kichik harf o’rniga katta harfni va aksincha kiritadi;
Ctrl: tugmaga mos boshqarish farmoishini kiritish uchun mo’ljallangan;
Alt: odatda amaliy dastur yoki foydalanuvchi tomonidan o’rnatiladigan alternativ farmoishni berish uchun mo’ljallangan;
CapsLock: klaviturani katta harflar tartibiga o’tkazadi yoki aksincha;
Tab: satrlarni bitta ustun qilib tekislash uchun xizmat qiladi;
Esc: tugallanmagan farmoishni bekor qiladi;
Enter: keyingi satrga o’tish farmoishi yoki farmoishni tasdiqlash;
Backspase: kursordan oldingi timsolni o’chiradi va qolganlarini bitta oldinga suradi;
PrintScreen: ekranning nusxasini oladi va uni almashish buferiga joylaydi;
ScrollLock: kursorni boshqarish tugmalarini ro’yxatni sudrash tartibiga o’tkazadi;
Break: ishlayotgan dasturning ishini vaqtincha yoki butunlay to’xtatadi;
Insert: matnni orasiga yozish tartibidan ustiga yozish tartibiga o’tkazadi yoki aksincha;
Delete: kursordan keyingi timsolni o’chiradi;
NumLock: qo’shimcha tugmalarni raqamlarni kiritish tartibidan kursorni boshqarish tartibiga o’tkazadi yoki aksincha.
Quyidagi tugmalar kursorni boshqarish uchun xizmat qiladilar.
: kursorni bir timsolga chapga suradi;
: kursorni bir timsolga o’ngga suradi;
: kursorni bir satr yuqoriga suradi;
: kursorni bir satr pastga suradi;
Home: kursorni satr boshiga o’tkazadi;
End: kursorni satr oxiriga o’tkazadi;
Page Up: kursorni bir sahifa (ekran) yuqoriga o’tkazadi;
Page Down: kursorni bir sahifa (ekran) pastga o’tkazadi;
Funktsional tugmalar
Funktsional tugmalar va ularning Shift, Ctrl va Alt tugmalarning biri yoki bir nechtasi bilan hosil qilgan qo’shtugmalari maxsus funktsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladilar. Odatda, ular oldindan kelishib olingan o’z vazifalarini bajaradilar. Masalan,
F1: dastur uchun yordamni chaqirish;
F2: hujjatni saqlash;
F3: hujjatni yuklash (ko’rish);
F4: hujjatni tahrir etish;
F5: fayldan nusxa ko’chirish;
F6: faylni qayta nomlash;
F7: katalog yaratish;
F8: faylni o’chirish;
F9: dasturni ijro etish;
F10: menyuga kirish.
Maxsus belgilarni kiritadigan tugmalar. Klaviaturadagi maxsus belgilarga quyidagilar kiradi: “ , № , ; , ! , %, :, -, q , ?, *,( q . Ushbu klavishalarni kiritilganda albatta Shift: tugmasini bosib turgan holatda bajarish lozim. { , }, |, g’,<,> belgilar esa lotin (ingliz) ENG shriftiga o’tib, tanlash kerak bo’ladi.
Raqamlarni kiritish tugmalari (Num Lock) – klaviaturaning o’ng tomonida joylashgan raqamli tugmalar asosan kalkulyator dasturida (sonlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) ishlashda foydalaniladi, buning uchun NumLock tugmachasini faollashtirib qo’yish lozim. NumLock faollashgan vaqtda hisob-kitob amallarini bajarishdan tashqari kursorni xam boshqarsa bo’ladi, buning uchun ShiftQ tugmachasini bosish bilan birgalikda 8 (yuqoriga), 4(chapga), 6 (o’nga), 2 (qo’yiga), 7 (satr boshiga), 1 (satr oxiriga), 9 (bir abzats yuqoriga), 3 (bir abzats qo’yiga), . (kursordan keyingi belgini o’chiradi) tugmachalarni bosish mumkin. Agar NumLock faollashmagan bo’lsa matematik amallarni bajarib bo’lmaydi, biroq kursorni boshqarish Shift tugmachasiz xam amalga oshirsa bo’ladi, shuningdek
matnda Q, -, *, G’ belgilarini kiritishda foydalanish imkoniyati mavjud.
Sichqon bilan ishlash
Zamonaviy dasturlar bilan ishlashni sichqonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu sichqon yordamida bor-yo’g’i bir necha amallarni bajarish mumkin. Lekin ular barcha dasturlarda juda keng qo’llaniladi:
Sichqonni stol ustida harakatlantirish. Bunda sichqonning ekrandagi ko’rsatkichi ham mos yo’nalishda harakatlanadi. Sichqonning ko’rsatkichlari holatlarga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda bo’ladi: - oddiy ko’rinish, - ma’lumotnomani chaqirish, dasturni yuklash, - matnni ajratish, -vertikal o’lchamlarni o’zgartirish, -gorizontal o’lchamlarni o’zgartirish, - dioganal o’lchamlarni o’zgartirish,- ko’chirib o’tish - gipermurojaat holatida.
Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini chertish. Bunda ushbu ob’ekt tanlanadi (ba’zan bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi).
Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini ikki marta chertish. Bunda bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi.
Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmani bosish va uni qo’yib yubormasdan sichqonni harakatlantirish. Bunda ob’ekt sichqonning ko’rsatkichi bilan birga harakatlana boshlaydi. Tugma qo’yib yuborilgach, ob’ekt yangi joyda qoladi. Bu amal ob’ektni sichqon bilan sudrash deb ataladi.
Sichqonni ob’ektning ustiga olib kelib, o’ng tugmasini chertish. Bunda ob’ekt ustida shu vaqtda bajarish mumkin bo’lgan amallardan ba’zilarining ro’yxati paydo bo’ladi (kontekst menyu) va ulardan birini uning ustiga sichqon ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmasini chertish bilan bajarish mumkin. Bu amal kontekst menyuni chaqirish deb ataladi.
Sichqon tugmalarining o’rtasida joylashgan g’ildirakchani aylantirish. Buning natijasida ekranga sig’maydigan ob’ekt (ro’yxat yoki matn) yuqoriga yoki pastga qarab siljiy boshlaydi. Bu amal ob’ektni aylantirish deb ataladi. Bunda agar ob’ekt to’laligicha ekranda bo’lsa, uning masshtabi kattalashishi yoki kichiklashishi ham mumkin.
Topshiriqlar:
Xotira qurilmalarini o’rganib chhiqing
Kiritish qurilmalasi yordamida ma’lumotlarni kiriting
Chiqarish qurilmalarini o’rganing, ma’lumotni chop eting
Sichqoncha ko’rsatkichlarini sozlang
Sichqonchani sozlang
Klaviaturani klavishalari o’rganing.
Boshqaruvga oid klavishalarni o’rganing. Har bir klavishani tasniflang, birgalikda ishlovch klavishalarni (Shift+Alt, Ctrl+O, Ctrl+C va h.z) tasniflang
Shaxsiy komputerning dasturiy ta’minoti deb axborotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturlar jamlanmasiga aytiladi.
Dasturiy ta’minotni ikki guruhga ajratish mumkin: tizimli dasturiy ta ’minot va amaliy dasturiy ta’minot.
Tizimli dasturiy ta’minot komputerda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun meyordagi ish muhitini ta’minlaydi.
Tizimli dasturiy ta’minot tarkibiga asosan operatsion tizimlar va servis dasturlar kiradi.
Operatsion tizimlar komputerning ish faoliyatini va unda axborotni qayta ishlanish jarayonini boshqarib turuvchi, komputerning texnik resurslari va turli dasturlari orasidagi aloqalarni amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchi bilan komputer muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
Operatsion tizimlar:
foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi;
kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini boshqaradi va nazorat qiladi;
ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira ) unumli foydalanishni ta’minlaydi;
boshqa dasturlarni yuklaydi;
tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k.
Tizimli dasturiy ta’minot.
Servis dasturlar deb komputer bilan ishlashda foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadigan va operatsion tizimlarning imkoniyatini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar yi g‘indisiga aytiladi.
Servis dasturlarni operatsion tizimlar uchun qobiq dasturlar, utilitalar va mustaqil dastur ko‘rinishida taqdim etiladigan antiviruslar tashkil etadi.
Shaxsiy komputerlarning amaliy dasturiy ta’minoti.
Shaxsiy komputerlarning amaliy dasturiy ta’minoti deb, foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarishga mo‘ljallangan tayyor vositalarni tavsiya etuvchi amaliy dasturlar majmuasiga aytiladi.
Har bir amaliy dastur muayyan operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Bugungi kunda istalgan sohada faoliyat ko‘rsatuvchilarning muammolarini komputerda imkon qadar hal etishga yo‘naltirilgan son-sanoqsiz amaliy dasturlarni uchratish mumkin. Masalan, nashriyot tizimida kitob, jurnal va gazeta sahifalarini tayyorlashda keng qo‘llaniladigan MS Word, WordPerfect matn muharrirlari, Paint, Corel Draw, PhotoShop, Adobe Illustrator kabi grafik muharrirlar, yoki bu har ikkala muharrirlarning imkoniyatlarini birlashtiruvchi Quark Xpress, Page Maker, Corel Ventura kabi sahifalash tizimlarini eng ommabop amaliy dasturlar sifatida misol keltirish mumkin.
Bulardan tashqari, jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun MS Excel, Lotus 1-2-3, Quattro Pro kabi dasturiy mahsulotlardan foydalanisa, ichki mashina axborot tizimini yaratish uchun esa maxsus MS Access, MS Foxpro, Paradox, Progress va boshqa bir qator ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) yordamga keladi.
2. Operasion tizimlar va ularning turlari.
Operatsion tizim (OT) - bu EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
EHMning istalgan konponentiari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy muharrir, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar zahira bo‘lib xizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo‘lishi mumkin.
Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro tasirini ta’minlovchi vositalar yig‘indisidir.
Operatsion tizimlar quyidagi omillar bo‘yicha tasniflanadi;
- bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar: bir (kishi) foydalanuvchi, ko‘p (kishi) foydalanuvchilar soniga ko‘ra;
-tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalanuvchi jarayonlar: bir vazifali, k o‘p vazifalilar soniga ko‘ra,
-qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar: bir prossesorli, ko‘p prossesorlilar soniga ko‘ra;
-OT kodi razryadliligi: 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli, 64 razryadliligiga ko‘ra;
-interfeys turi: buyruq (matnli) va obyektli-yo‘naltirilgan (grafik)ligiga ko‘ra;
-foydalanuvchining EHMga kirishi turi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo‘linishi, real vaqtga ko‘ra;
-zahiralardan foydalanish turi: tarmoqli, lokalligiga ko‘ra.
3. Windows operatsion tizimi. Ishchi stol elementlari bilan tanihish.
Windows nima? Bu operatsion tizim (OT). Ya’ni inson bilan kompyuterni o‘zaro bog‘lash uchun qo‘llaniladigan vositalardan biri. OTning turlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan MS DOS, OS/2, UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko‘p tarqalgani MS kompaniyasining Windows operatsion tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko‘rinib turishidir.
Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. MS (MS) firmasining dastur mahsuli bo‘lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o‘rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 9x operatsion tizimi 1990 yildan ishlatila boshlangan.
Windows ishchi stolini tuzilishi quyidagicha Мой компьютер, Сетевое окружение, Корзина ва masalalar panelidan iborat.
Masalalar panelida Bosh menyu(Пуск) joylashgan bo’lib, u orqali Windows OS ning ixtiyoriy vazifasilarini amalga oshirish mumkin.
Bosh menyu(Пуск) ko`rinishi 2 xil: Меню «Пуск», Классическое меню «Пуск».
Bosh menyuni qisqacha tuzilishi quyidagicha:
Программы – Barcha o`rnatilgan dasturlar majmui;
Документы – Oxirgi 15 ta ishlatilgan fayllar ro`yhati;
Настройка – Windows konfiguratsiyasi va qurilmalarini o`rnatish va sozlash;
Найти – Ma’lumotlar va ob’yektlarni izlash;
Справка и поддержка – Windows yordam ma’lumotlar bloki;
Выполнить – Standart dasturlar va ishchi fayllarni ishga tushirish;
Выключить компьютер – Windows OS ni yakunlash
Fayl va papka ustida amallar.
Fayl va kataloglar bilan ishlash uchun ishchi stolidagi Мой комьпютер yoki kontekst menyu orqali hosil bo’ladigan Проводник dasturlarini ishga tushirish lozim.
Yangi papka yaratish.
Файл menyusining Создать папку buyrug’ini tanlash. Yoki ishchi soxa bosh joyida kontekst menyu hosil qilish, yoki Ctrl+N tugmalarini bosish.
Yangi papkaga nom klaviaturada kiritiladi.
- Enter bosiladi.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish.
- Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish.
- Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun Копиравать/(Copy)- "Buferga nusxasini ko`chirish" asbobini, ko`chirish uchun esa Вырезать/Сut-"Buferga ko`chirish" asbobini tanlash.
- Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash.
- Asboblar panelidan Вcтавить/(Paste)- "Buferga nusxasini ko`chirish" asbobini tanlash.
Yuqoridagi amallar ketma-ketligini Правка menyusi, kotekst menyu, klaviaturadagi Ctrl+Insert va Shift+Insert yoki Crtl+S(Ctrl+Y) va Ctrl+V tugmaliri orqali ham bajarish mumkin.
Fayl nomini o`zrartirish.
- Nomi o`zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.
- Fayl nomi yoki papka nomi ustida sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi. Yana Файл menyusi yoki kontekst menyuning Переименовать buyrug’i yoki F2 funksional tugmani bosish mumkin.
- Yangi nom klaviatura yordamida kiritiladi.
- Enter bosiladi.
Fayllarni o’chirish.
O’chiriladigan faylni ajratish.
Klaviaturadan Delete klavishini bosiladi yoki Файл menyusining Удалить/(Delete) –“O’chirish” buyrug`i tanlanadi, yoki asboblar panelidagi Удалить/(Delete)-"O’chirish" asbobi Tanlanadi. Ekranda chiqarilgan so`rovga qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Дa (Xa) tugmasini bosib javob beriladi.
O’chirilgan fayllarni qayta tiklash.
- Ish stolidagi Корзина yorlig’i ustida "sichqoncha" chap tugmasi ikki marta tez-tez bosiladi.
- Oynadagi yo`qotilgan fayllar ro`yxatidan kerakli faylni aniqlab, uni ajratish.
- Файл menyusidan Восстоновить - "Qayta tiklash" buyrug`i tanlanadi. Yoki kontekst menyudan ham foydalanish mumkin.
Windowsda ma’lumotlarni izlash.
Windowsda ma’lumot izlash oynasini chaqirishni 3 xil usuli mavjud:
Klaviaturadan F3 yoki + F tugmalar orqali;
Bosh menyudan Пуск→Найти(Поиск) orqali;
Ixtiyoriy ob’yekt yoki papkani ochgandan so`ng Asboblar panelidan tugmasi orqali ishga tushirish mumkin.
Qidiruv muloqot oynasi chaqiriladi.
Muloqot oynaning o`ng panelida qanday tartibdagi ma`lumotni izlash haqida punktlar mavjud. Ularni quyidagicha tavsiflab o`tamiz.
Изображения, музыку или видео – ushbu band orqali barcha turdagi audio, video va tasvirli ma`lumotlar qidirish;
Документы (тектовые файлы, электронные таблицы и т.д.) – Barcha turdagi matnli, electron jadval va HTML turdagi ma’lumotlarni izlash;
Файлы и папки – Barcha turdagi fayllarni (qismi,kengaytmasi va xokozo) qidirish;
Компьютеры и людей – Lokal tizimga ulangan kompyuterlar yoki Internet orqali Insonlarni qidirish;
Информацию в центре справки и поддержки – Windows yordam olish tizimi orqali ma’lumot izlash;
Выполнить поиск в Интернете – Internet orqali qidirishni amalgam oshiradi.
Masalan 27.08.2019 sanada yozilgan matnli fayllarni qidirish uchun qidiruv muloqot oynasidan Файлы и папки punktidan Часть имени файла или имя целиком ga *.doc Когда были поизведены последние изменения→Указать диапазон га с 27.09.2019 , по 27.09.2019 yozib qidirish mumkin.
Topshiriqlar.
Ishchi stolda yangi yorliq yarating.
Yorliq manzilini aniqlang .
Talaba.doc faylini student.doc nomli faylga o`zgartiring
Talaba.doc fayli to`grisida ma’lumotni ekranga chiqaring.
Masalalar paneliga Talaba.doc faylini joylashtiring.
Keraksiz fayllar guruhini Korzina dan tozalang.
C diskga NamDU papkasini hosil qiling.
NamDU papakasiga bir necha fayllarni ko`chiring.
Talaba.doc faylini qidirish usullarini ko`rsating.
Fayl atributlarini o`rnatish va olib tashlash .(guruh, yakka tartibda)
Talaba.doc faylini A diskka ko`chirish usullarini ko`rsating.
Talaba.doc faylini o`chrish usullarini ko`rsating.
NamDU papkasidagi fayllarni tartiblang.(sana,hajmi,nomi)
Matnli fayllarni aniqlang.
Ishchi stol fonini o’zgartiring
monitor dam olish rejimiga (заставка) o’z ismingizni xarakatli xolatini tashkil eting.
|
| |