• EDTANING TAXMINIY 0,05 N ERITMASINI TAYYORLASH VA RUXNING STANDART ERITMASI BILAN STANDARTLASH
  • Ruxning birlamchi standart eritmasini rux metallidan tayyorlash
  • AMALIY QISM KOMPLEKSONOMETRIK TITRLASH METODI




    Download 16.95 Kb.
    bet3/4
    Sana31.05.2023
    Hajmi16.95 Kb.
    #67756
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Analitik kimyoda organik reagentlar-fayllar.org

    AMALIY QISM
    KOMPLEKSONOMETRIK TITRLASH METODI
    Metodning mohiyati. Kompleksonometrik titrlash metodi metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar hosil bo‘ladi. Titrimetrik analizda asosan etilendiamintetraatsetat kislotasi (EDTA) ning natriyli tuzi ishlatiladi. Uni ko‘pincha trilon-B yoki komplekson III deb ham ataladi. Komplekson III ning molekular formulasi quyidagicha:
    Bu tuzning ionlanish konstantasi katta bo‘lib, metallar bilan hosil qilingan kompleksning barqarorligi metallarning xususiyatiga bog‘liq. Ichki kompleks tuzning hosil bo‘lishida metall ionlari karboksil gruppadagi vodorod atomlari o‘rnini egallaydi, azotvatomlari bilan esa koordinatsion bog‘ hosil qiladi va reaksiya ammiakli bufer aralashma muhitida olib boriladi:
    Me2++H2Y2- + 2NH3 = MeY2-+NH4+
    EDTANING TAXMINIY 0,05 N ERITMASINI TAYYORLASH VA RUXNING STANDART ERITMASI BILAN STANDARTLASH
    EDTA ning kationlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalaridagi ekvivalent massasi molecular massasining yarmiga teng:
    EDTA= M/2 =372,2:2=186,1 g/ekv
    1,0 l 0,05 n eritma tayyorlash uchun 186,1005=9305 g EDTA, 500 ml tayyorlash uchun esa, 9,305500/1000=4,653 g EDTA olish kerak bo‘ladi. EDTA eritmasini tayyorlash usuli. EDTA ning hisoblangan tortimini texnik tarozida tortib olib, eritma saqlash kolbasiga solinadi, ustiga 500 ml distillangan suv quyiladi va to‘la eriguncha aralashtiriladi. Agar laboratoriyada EDTA ning yuqori konsentratsiyali eritmasi tayyor holda bo‘lsa, unda suyultirilib tayyorlash ham mumkin.
    Ruxning birlamchi standart eritmasini rux metallidan tayyorlash
    Ruxning kerakli tortimini hisoblash. Ruxning EDTA bilan reaksiyasidagi ekvivalent massasi mol massasining yarmiga, ya’ni 65,37:2=32,69 g/ekv ga teng. Demak, 250 ml 0,05 n rux eritmasini tayyorlash uchun rux metalidan 32,69x0,05:4 = 0,4086 g olish kerak bo‘ladi.
    Eritmani tayyorlash usuli. “Kimyoviy toza” Rux metalli granulalaridan texnik tarozida 0,4-0,5 g oralig‘idagisini tanlab, so‘ngra analitik tarozida aniq tortib olinadi. Tortimni 250 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi, ustiga, 5–6 ml kons. HC1 va 5 ml suv quyiladi. Ruxning hammasi erib bo‘lgach, kolbaning belgisigacha suv solib aralashtiriladi.
    Rux eritmasining normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

    Download 16.95 Kb.
    1   2   3   4




    Download 16.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AMALIY QISM KOMPLEKSONOMETRIK TITRLASH METODI

    Download 16.95 Kb.