Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo




Download 25.77 Kb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi25.77 Kb.
#34674
1   2   3   4
Bog'liq
КУРС ИШИ БЎЙИЧА ТАВСИЯЛАР
Mustaqi ish mavzulari 1, metodichka, AES VA GES HAQIDA MA’LUMOT, 5-oy, 6-dars, Mavzu css rang berish usullari, chegara, orqa fon, shrift, marg, Mavzu Pedagogik Kompyuter dasturlari, 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Kurs ishi rejasidagi har bir qismiga doir materiallar alohida-alohida
ajratilishi talaba uchun qulaylik yaratadi.
Manbalardan olingan fikrlar, ma’lumotlar, jadval va chizmalar (snoska tarzida) asoslanishi shart.

  • Kurs ishini talab darajasida yozish uchun ko'p miqdordagi adabiyotni ko'rib chiqish va o'rganish talab qilinganligi sababli parchalar shaklida to'plangan ma'lumotlarni tartibga solish lozim. Shuningdek, yig'ilgan ma'lumotlarni har bir paragraf ichida yoritiladigan savollar bo'yicha ham tartibga solish maqsadga muvofiqdir.

  • Agar adabiyotlar manbalari bilan ishlash talaba tomonidan vijdonan amalga oshirilsa, u qaysi savollar bo'yicha qanday amaliy ma'lumotlar to'plash kerakligini va bu ma'lumotlarni qaysi yo'nalishda qayta ishlash va tahlil qilish kerakligini yaxshi biladi.

  • Soha yo'nalishiga tegishli barcha materiallarni internet sahifalaridan izlab topish, ma’lumotlar to'plash ham mumkin. Bunda ilmiy ma’lumotlarni (chet el manbaalaridan) olish uchun albatta chet tilini (ayniqsa ingliz tilini) bilish talab qilinadi. Unda sohani Respublika va rivojlangan mamlakatlar miqyosida rivojlanish tendentsiyasi, soha ishlab chiqarishini asosiy ko'rsatkichlari, sohani rivojlanish istiqbollari va sohani dunyo darajasidagi texnik, texnologik, iqtisodiy to'liq bilishi, ilmiy muammolar ro'yxati belgilab olish kerak.

5. KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH
Kurs ishiga umumiy metodik rahbarlik ilmiy rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kurs ishi yozish bo'yicha uslubiy ko'rsatmani har bir talabaga tarqatish;

  • kurs ishi yozish bo'yicha vazifa berish;

  • talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish;

  • talabaga mavzu bo'yicha asosiy va qo'shimcha adabiyotlarni, ma'lumotlarni tanlashda yordam berish;

  • talaba bilan birgalikda tadqiqot ob'ekti va doirasini, ob'ekt faoliyatini o'rganish, ma'lumotlar yig'ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.

  • Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo'llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam beradi. Ilmiy rahbarning kurs ishi yozish masalasi bo'yicha maslahatlar berishi ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o'z muddatida olib boriladi.

  • Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o' z mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo'nalishda o'zgartirish va to'ldirish kerakligi to'g'risida maslahat beradi.

  • Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish to'g'risida o'z fikrini bildiradi.

  • Ilmiy rahbar kurs ishi talab darajasida bajarilmagan bo'lsa, qabul qilmasligi mumkin.



KURS ISHI HIMOYASI


Belgilangan tartibda yozilgan kurs ishi (kompyuterda bajarilgan holda uning elektron varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Ilmiy rahbar roziligi bilan kurs ishi taqrizga yuboriladi.
Taqrizda ko'rsatilgan kamchiliklarga talaba yozma ravishda javob beradi. Kurs ishi kafedraga belgilangan himoya kunidan 10 kun oldin topshiriladi.
Kursishlarihimoyasidailmiyrahbarvamutaxassislikkafedrasidanprofessor-o'qituvchilarishtiroketadi. Kurs ishi himoyasi tartibi quyidagilardan iborat:

  1. Talaba 10-15 daqiqa davomida himoyada ishtirok etayotganlarga kurs ishining maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda oz tavsiyalari va takliflari to'g'risida axborot beradi.

  2. Kurs ishi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentatsiya) shaklida tashkil etiladi va otkaziladi.

  3. Shundan so'ng talaba kurs ishi mavzusiga va u bilan bog'liq bo'lgan himoyada ishtirok etayotganlarning savollariga javob beradi.

  4. Kurs ishi bahosi himoyada ishtirok etayotganlar va ilmiy rahbar tomonidan birgalikda talabaning javoblari asosida belgilanadi.

  5. Kurs ishi 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.

  6. Kurs ishi himoyasi natijasi sifatida ilmiy rahbarning tavsiyasi bilan ilmiy maqola shakliga keltirish va uni ilmiy jurnallarda nashr etishi mumkin.

KURS ISHINI BAHOLASH


Maksimal ball - 100
Saralash ball - 55
86-100 ball
71-85 ball
55-70 ball



Kurs ishini baholash mezonlari

Ballar

1.

Kurs ishi rejasining mavzuga mosligi

5

2.

Kurs ishi nazariy qismining yoritilishi

50

3.

Adabiyotlar va internetdan foydalanganlik darajasi,

10




snoskalarning berilganligi




4.

Kurs ishini rasmiylashtirish qoidalariga amal qilganligi

10

5.

Kurs ishining himoya qilinishi va taqdimoti

15

6.

Kurs ishi taqdimotida talabaning qo'shimcha savollargi javob berishi

10




Jami

100



Kafedra mudiri F. Haydarov.
Download 25.77 Kb.
1   2   3   4




Download 25.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo

Download 25.77 Kb.