Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo




Download 25.77 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi25.77 Kb.
#34674
1   2   3   4
Bog'liq
КУРС ИШИ БЎЙИЧА ТАВСИЯЛАР
Mustaqi ish mavzulari 1, metodichka, AES VA GES HAQIDA MA’LUMOT, 5-oy, 6-dars, Mavzu css rang berish usullari, chegara, orqa fon, shrift, marg, Mavzu Pedagogik Kompyuter dasturlari, 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Kurs ishi mavzusini tanlaganingizdan so'ng tanlangan mavzuga
oid savollar doirasi bilan tanishib, ma ’ruza materiallarini jamlab chiqing. Fan bo'yicha o'quv dasturida ushbu mavzuni o'rganish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar bilan qaytadan tanishib, ularni tahlil qiling.
Kurs ishi rejasini tuzish tavsiya qilingan adabiyotlarni o'rganib chiqilgandan keyin boshlanadi.
Reja eng qisqa yozma matn hisoblanib:

  • fikrlar ketma-ketligini o' zida mujassam etadi va umumlashtiradi;

  • manba mazmunini xotirada tiklaydi;

  • konspekt va tezislar o' mini bosadi;

  • har xil turdagi yozishmalar, ma’rnza, xabarnoma, hisobot tuzishga yordam beradi;

  • o'z-o'zini nazorat qilishni tezlashtiradi;

  • e’tiboming bir nuqtada bo'lishligiga va mashg'ulotlarni rag'batlantirishga imkon beradi;

  • yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo' lishida foydalaniladi.

LEKIN: kurs ishi mazmunini yoritmaydi, faqat unga yo'nalish beradi va
tuzilishini ko'rsatadi.
Reja tuzilganda ko'zda tutilgan masalalarni aniq ifoda qilishga harakat qilish kerak.
Ayrim hollarda talaba tuzgan reja oldin ko'zda tutilgan masalalami takrorlaydi. Masalan, uchinchi masala birinchi masalani, to'rtinchi masala ikkinchi masalani takrorlamasligi kerak.
Kurs ishining tuzilishi umumiy qoida sifatida o'rnatilgan kirish, asosiy bo'lim, xulosa, statistik ma’lumotlar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topadi. Kurs ishining barcha qismlari bir biri bilan o'zaro bog'langan va mavzuni ochib berishga xizmat qilishi talab etiladi.
Ayrim hollarda talaba tuzgan reja oldin ko'zda tutilgan masalalami takrorlaydi. Masalan, uchinchi masala birinchi masalani, to'rtinchi masala ikkinchi masalani takrorlamasligi kerak.
Kurs ishining tuzilishi umumiy qoida sifatida o'rnatilgan kirish, asosiy bo'lim, xulosa, statistik ma’lumotlar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topadi. Kurs ishining barcha qismlari bir biri bilan o'zaro bog'langan va mavzuni ochib berishga xizmat qilishi talab etiladi.
KURS ISHIGA QOYILGAN ASOSIY TALABLAR
Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o'rtacha 25-36 bet, qo'l yozmada 35-50 bet bo'lishi kerak.
Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida bandlarga, ya'ni paragraflarga bo'linadi. Bu bandlarning nomi qisqacha bo'lib, mavzuning mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan pastki qismning o'rtasida qo'yilishi kerak.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim:

  • titul varog'i

  • reja

  • kirish qismi

  • asosiy qism

  • xulosa va takliflar

  • foydalanilgan adabiyotlar ro' yxati

  • ilovalar

  • mundarija.

Kurs ishi A4 (210 x 297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda, 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o' lchamiga rioya qilinishi lozim:
Chap hoshiya - 30 mm. O'ng hoshiya - 15 mm. Pastki hoshiya -20 mm. Yuqori hoshiya - 20 mm.
Kurs ishi teztikkichga (skoroshivatelga) tikiladi yoki oddiy muqova qilinadi va titul varag'i (1-ilova) uning ustiga yelimlanadi.
Kurs ishini raqamlash reja yozilgan varog'idan boshlanib, oxirgi betgacha hamma varag'larni qamrab olishi lozim. Reja yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo'yilmaydi.
Rejada kurs ishining barcha bandlari, ya'ni kirish, asosiy qism, paragraflar, xulosa va takliflar keltiriladi.
Kirish qismining hajmi 3-5 betdan oshmasligi lozim. Unda nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishining umumiy hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismi paragraflarda berilishi va paragraflar soni kamida besh yoki oltita bo'lishi lozim.
Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko'rib chiqiladi, statistik ma'lumotlar tahlili natijalari ochib beriladi, o'rganilayotgan tarihiy voqea va hodisalarining rivojlanish yo'nalishlari va qonuniyatlari, ularga ta'sir qiluvchi omillar aniqlanadi hamda o'rganilayotgan jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan tafsiyalar ishlab chiqiladi.
Huddi shu bo'limlarni yozishda talaba olgan nazariy bilimlarini O'zbekiston Respublikasi oldida turgan amaliy masalalar bilan o'zaro bog'lay olish qobiliyatini ko'rsata olishi kerak. Unda umumlashtirish, mavjud kamchiliklarni va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash muhim o'rin egallaydi.

Download 25.77 Kb.
1   2   3   4




Download 25.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo

Download 25.77 Kb.