Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo




Download 25.77 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi25.77 Kb.
#34674
1   2   3   4
Bog'liq
КУРС ИШИ БЎЙИЧА ТАВСИЯЛАР
Mustaqi ish mavzulari 1, metodichka, AES VA GES HAQIDA MA’LUMOT, 5-oy, 6-dars, Mavzu css rang berish usullari, chegara, orqa fon, shrift, marg, Mavzu Pedagogik Kompyuter dasturlari, 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Kurs ishida o'rganilgan va tahlil qilingan masalani takomillashtirishga
qaratilgan tavsiyalar va takliflar berilishi lozim.
Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 3-6 bet atrofida bo'lib, unda talaba ilmiy tadqiqotning xulosa va takliflarini bayon etadi.
Kurs ishining oxirida mavzuga taalluqli so'zlarning (20-30 ta) izohli ma ’nosi berilishi maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida talaba kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar ro'yxatini keltiradi.
Ilovalarda asosiy matnda o'qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Talaba tomonidan nashr etilgan ishlar ham ilovada berilishi mumkin.
Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to'g'ri tuzib chiqilgan jadvallar, grafiklar, rasmlar, diagrammalar va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim. Sahifaning atroflariga bezakli chiziqlar qilinishi mumkin.
Mundarijada kurs ishining barcha qismlari, ya'ni kirish, bob yoki bo'limlar, paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar joylashgan sahifa raqamlari bilan birgalikda keltiriladi.
Kurs ishlari o'quv jarayoni olib borilayotgan tilda yoziladi. Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq ifodalanishi, ular o'zaro bog'liq bo'lishi va bir-birini to'ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan statistik ma'lumotlar faqatgina ko'rgazma (illyustratsiya) vazifasini o'tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs ishida keltirilgan barcha asoslar va ma'lumotlarning aniqligi va haqiqiyligi uchun uning muallifi javobgardir.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda shaxsan baiarilishi shart.
Talaba tomonidan turli xil manbalardan dalillar, statistik ma'lumotlar, turli mualliflarning_fikrlaridan iqtiboslar keltirish to'g'ri va ilmiy ma'lumotlari bilan
taminlangan bo'lishi kerak.
Kurs ishida ilmiy-ma'lumotlarga sayqal berish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob berishi kerak.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo'lgan va o'zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlar, ilmiy maqolalar, ma'lumotnomalardan dalillar keltirishi zarur.
Ilmiy-ma'lumotlarga sayqal berish davomida talaba quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:

  • kurs ishini yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil keltirish bir xil tartibda yoritilishi kerak;

  • matnda foydalanilgan manbalar sahifa ostida izoh (snoska) tarzida aniq va to'liq keltirilishi, ya'ni muallif va adabiyotning nomi, nashriyoti, yili va beti keltirilishi kerak;

  • sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo'shtirnoqqa olinmaydi;

  • sahifa ostidagi izoh (snoska)1 intervalda 10 shriftda yozilishi lozim.

  • kurs ishlari yozish jarayonida foydalanilgan adabiyot va ilmiy manbalar soni mavzuni ochib beradigan darajada bo'lishi zarur.

3. ILMIY-NAZARIY ADABIY OTLARDAN FOYDALANISH


Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu bo'yicha mavjudmaxsus adabiyotlarni chuqur o'rganish hisoblanadi.

  • Bunda ko'rib chiqilayotgan savollarga tegishli rasmiy ma'lumotlami, ilmiy asarlami, darsliklarni, ilmiy maqolalar to'plamlarini, gazeta maqolalarini, ilmiy anjumanlar materiallarini, statistik ma'lumotlarni o'rganib chiqish zarur.

  • Adabiyotlarni o'rganish jarayonida asosiy e'tiborni birinchi navbatda maqola yoki kitobning kurs ishi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan qismlariga, ya'ni bob va paragraflarga qaratish kerak. Shu bilan birga kurs ishini yozish jarayonida zarur savollarni tushirib qoldirmaslik maqsadida har bir o'rganilayotgan adabiyotni boshidan oxirigacha ko'z yugurtirib chiqish lozim.

  • Adabiyotlarni o'qish va o'rganish jarayonida kurs ishi bilan bog'liq bo'lgan savollardan parcha ko'chirib olish zarur. Har bir parchada uning manbasi va manbadagi sahifasi ko'rsatilishi kerak. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida muallif o'z xulosalarini isbotlash uchun foydalangan tahlilning texnik usullarini, ya'ni jadvallar, shakllar, statistik ma'lumotlarni guruhlarga bo'lish va boshqalarni yozib qo'yish zarur, chunki ulardan ba'zi birlaridan kurs ishini yozish davomida foydalanish mumkin.

  • O'rganilayotgan adabiyotlardan ko'chirib olinayotgan parchalarni alohida qog'ozning faqat bir tomoniga, yozuv uchun hoshiya qoldirgan holda yozish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kelgan g'oyalarni shu holdayoq yozib qo'yish maqsadga muvofiqdir.


Download 25.77 Kb.
1   2   3   4




Download 25.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo

Download 25.77 Kb.