43
Katalizator sifatida g‘ovak tashuvchilarga (moddalarga) shimdirilgan holdagi
sintetik alumosilikatlar, platina, molibden va xrom oksidlari ishlatiladi. Katalitik
kreking bu tipik geterogen kataliz bo‘lib, dastlabki moddalarning gaz fazadan
katalizator
sirtiga
xemosorbsiyalanishi,
kimyoviy
reaksiya,
kreking
mahsuiotlarining katalizator sirtidan disorbsiyalanishi va ularning gaz fazaga
diffuziyalanishi kabi ketma-ketlik tartibda boradi. Shuning uchun ham
foydalaniladigan katalizatorlarning nisbiy sirti katta bo'lishi (~700m
2
/g), yaxshi
regeneratsiyalanish xossasiga ega bo'lishi, oltingugurt birikmalariga chidamli
bo‘lmog‘i hamda mexanik mustahkam bo'lishi lozim. Katalizator sirtida boruvchi
kimyoviy jarayonlar ionli xarakterga ega. Lekin bir vaqtning o‘zida katalizatordan
tashqarida harorat ta’sirida zanjirli radikal jarayonlar ham boradi, ammo ular sust
ketadi.
Katalitik kreking sharoitiga eng chidamli bo‘lgan birikmalar normal tuzilishli
parafmlar va almashmagan aromatik uglevodorodlardir. Olefinlar, naftenlar va
uzun zanjirli yon o‘rinbosarlari bolgan aromatik uglevodorodlar chidamsiz bo‘lib,
ular birinchi bo‘lib krekinga uchraydilar. Uzun yon zanjirli aromatik
uglevodorodlar oddiy aromatik birikmalar va olefinlarga parchalanadilar.
Kondensirlangan aromatik birikmalar o‘rinbosarlarini yo'qotadi va yanada
zichlashib koks hosil qiladi. Naftenlik uglevodorodlar katalizator sirtida
degidrogenlanadi va yon zanjiming uzilishi hamda halqaning ochilishi bilan
boradi, C-C bog*lari uzilib parchalanadi. Polisiklik naftenlar, yon o‘rinbosarlar
uzilgandan so‘ng, oddiy aromatik uglevodorodlar hosil qiladi- yu, ammo ular
qisman zichlashish mahsuloti sifatida katalizator sirtida qoladi.
Kreking natijasida hosil bo‘lgan olefinlar C-C bog'dan uzilib parchalanadilar,
izomerlanadilar, polimerlanadilar, gidrogenlanadilar, halqali uglevodorodlarga
aylanib, degidrogenlanadilar va aromatik birikmalar hosil qiladilar. Kataliz
sharoitida olefinlarning gidrogenlanish jarayoni katta ahamiyatga ega, chunki
bunda birdaniga tarkibida kam olefin saqlovchi turg'un benzin hosil bo'ladi.
Parafln uglevodorodlari katalizator sirtida parchalanadi va izomerlanadilar.
44
Demak, katalizatorda krekinglashning muhim o‘ziga xos tomoni shundaki, bunda
tarkibida oktan sonini 98 gacha yetkazuvchi tarmoqlangan zanjirli to‘yingan
uglevodorodlar hamda aromatik uglevodorodlar saqlovchi yengil motor yoqilg‘isi
— benzin olinadi. Kreking jarayonida alumosilikatli katalizatorning sirtida qattiq
koks o‘tirib qolishi sababli uning aktivligi tezda pasayadi. Katalizator aktivligini
qayta tiklash uchun uni 550—600° S da havo purkash orqali regeneratsiyalaydilar.
Katalizator sirtini qoplab olgan koksning yonishi natijasida bir tomondan
katalizator qayta aktiv holga o‘tsa (regeneratsiyalansa), ikkinchi tomondan u
qiziydi va regeneratordan reaktorga issiqlik olib o‘tish vazifasini ham bajaradi.