Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi




Download 165,49 Kb.
bet20/25
Sana19.01.2024
Hajmi165,49 Kb.
#141078
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakul-fayllar.org

Gazsimon yoqilg‘ilar 
Yonuvchi gazlarga: tabiiy va yo‘ldosh gazlar, neftni qayta ishlashdan hosil 
bo'lgan gazlar (kreking, riforming, piroliz gazlari), generator gazlari koks va
domna gazlari kiradi. Ular yoqilg'i sifatida hamda kimyo sanoatining xomashyosi 
sifatida foydalaniladi. 1940-yillargacha dunyoda xalq xo‘jaligining gazga bo‘lgan
talabi qattiq yoqilg'ilarni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan sintetik gaz hisobiga 
qondirilib kelingan bo‘lsa, hozirgi davrda esa asosan tabiiy va neft gazlari hisobiga
qondirilmoqda. Tabiiy gaz tarkibida qo‘shimcha sifatida ozroq noorganik gazlar 
(vodorod sulfid, uglerod (IV) oksidi, azot, geliy va boshqalar) aralashmasini
saqlovchi metan qatoridagi gazsimon uglevodorodlar aralashmasidan iboratdir. 


48
Tarkibida neft bo‘lmagan, yer ostida to'plangan gazlarni tabiiy gaz, uning 


konlarini gaz konlari deyiladi. Neft olganda u bilan aralashib chiqadigan gazlarni


yoldosh yoki neft gazlari deyiladi. Tabiiy gaz asosan metandan tashkil topgan, neft 
gazlari esa metandan tashqari anchagina uning gomologlarini (C
2
dan C. gacha) 

ushlaydi. Gaz kondensati konlari ham uchraydi. (Tabiiy gaz konlaridan gaz


chiqqanda bosim kamayib, undan suyuq uglevodorodlar kondensati ham ajralib 
chiqadi.) Bu yer ostida qanchalik chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, uning tarkibida
kondensat miqdori ham shunchalik ko‘p bo'ladi. Ba’zi gaz konlaridagi gazning 
tarkibi 8-jadvalda berilgan.
Gaz sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi gazning ajoyib yoqilg‘i 
ekanligi bilan bog‘liq. U yonganda to‘liq yonadi, tutun va zaharli moddalar, kul
hosil qilmaydi, qulay va iqtisodiy jihatdan arzon, siqilgan va suyultirilgan holda 
saqlash mumkin, qazib olish ancha arzon (shartli yoqilg‘i birligiga aylantirib
hisoblanganda ko‘mir qiymatining 10 % ini tashkil etadi). Mamlakatda 
ishlatiladigan jarni gazning 55 %i sanoatga sarflanadi, 26 %i elektr stansiyalarda
yoqiladi, 15 %i turmush ehtiyojlari uchun va 4 %i xalq xo'jaligining turli 
tarmoqlarida sarflanadi. Hozirgi kunda po'latning 90 %, cho‘yanning 85 %,
sementning 60 % va o‘g‘itning 85 %i gazdan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. 
Tabiiy gazning barcha tarkibiy qismlaridan kimyo sanoatida keng foydalaniladi.
Ayniqsa neft kimyo sanoati uchun neftni qayta ishlashdan hosil bo'lgan 
to‘yinmagan uglevodorodlar saqlovchi gazlar muhim xomashyodir. Neftni qayta
ishlash natijasida qayta ishlash usullariga qarab hosil bo‘lgan gazlarning tarkibi 
(o‘rtacha)



49
9- jadvalda berilgan. 


Neftni qayta ishlash natijasiga qarab hosil bo‘lgan gazlarning tarkibi


Neftni

qayta
ishlash usullari 


Gazlarning tarkibi va ulushi% (hajm bo'yicha)
H
CH 

CH
CH

CH
CH CH

C
H


Suyuq 

fazali
kreking

3.5
45

17.5
13

5.5
2.5

7
4.



Piroliz
12

56
6
0.5 

0.2
17

7.5
4.

Katalitik


kreking

5.5
10

4
18

44
3



45
Kattalitik 


riforming
9

13
37

35
-

-
Gaz quduqlarini qazish neft qazishdan amalda farq qilmaydi. Respublikamizda 


sanoat miqyosida gaz qazib olish asosan 1965-yillardan keyin boshlandi.
Foydalaniladigan yirik gaz konlari Buxorodagi: Gazli, Qorovulbozor, Dengizko‘1, 
Jarqoq; Qashqadaryodagi: Sho‘rtan, Zevarda, Shimoliy va Janubiy Muborak,
0‘rtabuloq, Pomir, Qoraqum, Qultoq, Alan va boshqalar, jami 30 dan ortiq, 
0‘zbekiston 1976-yilga kelib 36,1 mlrd m
3
gaz ishlab chiqardi. Bu Bolgariya, 

Chexiya va Slovakiya, Angliyada ishlab chiqarilgan gazlarning hammasini qo‘shib


hisoblagandagi miqdordan ham ortiqdir. Hozirgi paytda Respublikamiz Yaponiya, 
Fransiya, Angliya kabi rivojlangan mamlakatlarni qo‘shib hisoblaganda ham
ulardan ko‘proq gaz ishlab chiqarmoqda, Respublikamizda 55—60 mlrd m
3
gaz

zaxirasi aniqlangan.



Download 165,49 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 165,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi

Download 165,49 Kb.