-rasm. Katalizatori qo‘zg‘alib turuvchi reaktorda katalitik kreking sxemasi: 1




Download 165,49 Kb.
bet19/25
Sana19.01.2024
Hajmi165,49 Kb.
#141078
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakul-fayllar.org

-rasm. Katalizatori qo‘zg‘alib turuvchi reaktorda katalitik kreking sxemasi: 1
pech, 2 — reaktor; 3 — bunker; 4 — regenerator; 5,7 — nasoslar; 6 — quvur. 



45
Sanoatda katalitik kreking katalizator qavatining holati bilan farq qiluvchi uch 


turdagi qurilmalarda amalga oshiriladi: zarrachalari muallaq osilib turuvchi


katalizator qavati yoki qaynovchi qavatli va kukunsimon katalizatoming muallaq 
zarrachalari oqimi tipida ishlashi bilan ular bir- biridan farq qiladi. Katalitik
kreking 0,05—0,1 MPa bosimda 450—500° S da bug
1
fazada alumosilikatli 

katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. 98- rasmda harakat qilib turuvchi


katalizatorli krekingning sxemasi berilgan. 
Xomashyo quvursimon pechda (1) 350—360° S gacha qizdiriladi va reaktorga
(2) boradi. Reaktorga bunkerdan (3) 550—600° S haroratgacha qizigan katalizator 
ham kelib tushadi. Katalizator zarrachalari og‘irlik kuchi hisobiga reaktorning
yuqorisidan pastigacha tushadi, xomashyoni krekingga uchratadi hamda reaktorda 
o‘z issiqligini o‘tkazishi hisobiga haroratni 450—500° S da saqlab turadi.
Katalizator regeneratorga (4) borishdan oldin sirtidagi yengil uglevodorodlarni 
desorbsiyalanishini kuchaytirish uchun bug
1
bilan ishlov beriladi. Kreking 

mahsulotlari reaktordan (2) chiqib, gaz va benzin fraksiyalarini bir-biridan ajratish


uchun rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi. Regeneratorga (4) havo puflagich (5) 
yordamida katalizator sirtiga yopishib qolgan koksni yonish uchun to'xtovsiz havo
berilib turiladi. Regeneratordan hosil bo'lgan tutun gazlari bug
1
olish maqsadida 

utilizator qozoniga yuboriladi. Regeneratsiyalagan katalizator siqilgan havo


yordamida tushuvchi qurilmaga tushadi, u yerdan havo puflagichdan (7) chiqqan 
siqilgan havo yordamida quvur (6) orqali bunkerga (3) o'tadi. Bunkerdan yana
reaktorga (2) boradi. Katalitik kreking natijasida oktan soni 76—82 bo‘lgan 70 % 
unum bilan benzin, 12—15 % bir atomdan to‘rt atomgacha uglerod saqlovchi
gazlar va 6 %gacha koks olinadi. Sanoatda katalizatori qaynovchi qavatda bo‘lgan 
katalitik tipidagi qurilma keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda katalizator sifatida
siyrak

yer
elementlari 


bilan
aktivlangan 

alumosilikatlardan


(seolitlar) 
foydalaniladi.
Katalizatorni qo‘llash energetik xarajatlarni kamaytirishga, qurilmalarning 
mahsuldorligini oshirishga, benzinning sifatini va miqdorini ko'paytirishga imkon



46
beradi. Keyingi yillarda gidrokreking ham keng qo llanilmoqda. Bu 6 MPa 


bosimda 360—450° S da alumosilikatlarga qo‘shilgan metall (Ni,W,Co,Mo)


katalizatorlarda amalga oshiriladi. 
Katalilitik riforming — oktan soni yuqori bo‘lgan benzin yoki individual
aromatik birikmalar olish maqsadida, oktan soni kichik bo‘lgan benzin va ligroinni 
vodorodli muhitida qayta ishlash jarayonidir. Riformingda katalizator ta’sirida bir
vaqtning o‘zida quyidagi: olti a’zoli naftenlarning degidrogenlanishi, 
parafinlarning digidrogenlanib halqali birikmalarga aylanishi, besh a’zoli
naftenlarning olti a’zoli birikmalarga degidrogenlanib izomerlanishi, parafm 
uglevodorodlarning gidrokrekingi va izomerlanishi reaksiyalari boradi. Co va Mo
li katalizatorlar neft mahsulotlarining S li birikmalarini gidrogenlab H
2
S hosil 

qilinishiga olib keladi. Bu hoi S li (C li birikmalari ko‘p bolgan) neftlarni qayta


ishlash imkoniyatini beradi. 
Riforming ikki tipga -platforming va gidroformingga bo‘linadi. Platforming
ftorlangan aluminiy oksidiga joylashtirilgan platina katalizatorda 480—510° S 
harorat va 2—4 MPa vodorod bosimida olib boriladi. Gidroforming alumolibdenli
katalizator qavatda 1,7— 1,9 MPa gaz bosimida amalga oshiriladi. 
Neft mahsulotlarini tozalash. Haydash yo‘li bilan va krekinglash orqali olingan
neft mahsulotlari tarkibida olefinlar, diolefinlar, oltingugurtli, kislorodli va azotli 
birikmalar saqlaydi. Ular kimyoviy aktiv moddalar bo‘lganligidan saqlash vaqtida
oksidlanadilar va polimerlanadilar. 
Neft mahsulotlarini tozalashning usullari kimyoviy va fizik-kimyoviyga
bo‘linadi. Kimyoviy tozalash usullariga: gidrotozalash va sulfat kislota bilan 
tozalashlar kiradi. Fizik-kimyoviyga adsorbsion va absorbsion tozalash usullari
kiradi.

Sulfat kislota bilan tozalash usuli katta miqdorda o'yuvchi reagentlar talab


qiladi va bundan foydalanish qiyin bo‘lgan chiqindilar hosil bo‘ladi. Shuning 


47
uchun hozirgi davrda gidrotozalash usuli keng tarqalgan, bu usul neft 


mahsulotlarini oltingugurtli neftdan olish imkonini beradi. Bu usul 380 — 420°C


va 3 — 4 MPa bosimda neft mahsulotlarini kobalt-molibdenli katalizatorlar 
ishtirokida selektiv gidrogenlashga asoslangan. Natijada oltingugurt, kislorod va
azotning organik birikmalaridan uglevodorodlar hamda ajralib chiqishi oson 
bo‘lgan H,S, NH, va H
2
0 hosil bo‘ladi. 

Shu bilan bir qatorda dienlarning va aktiv olifinlarning gidrogenlanib to'yingan


uglevodorodlar hosil qilish jarayoni ham boradi. Gidrotozalashda riforming 
natijasida olinadigan arzon vodoroddan foydalaniladi.
Adsorbsion usullar. Bunda neft mahsulotlari adsorbentlar — tabiiy tuproq, 
boksit, silikagel kabilar bilan aralashtiriladi, ularning yuzasiga birinchi navbatda
oltingugurt, azot va kislorod saqlovchi birikmalar hamda diolefmlar adsorblanadi. 
Absorbsion usullar. Kerosin va moylarning zararli aralashmalarini ular bilan
aralashmaydigan suyuqliklarda tanlab erib o‘tish xossasiga asososlangan. Shunday 
suyuqlik sifatida suyuq oltingugurt (IV)oksidi, furforol, nitrobenzol, dixloretan,
etil efiri va boshqalar qo'llaniladi. Erituvchilar haydash yo‘li bilan 
regeneratsiyalanadi.

Download 165,49 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Download 165,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Katalizatori qo‘zg‘alib turuvchi reaktorda katalitik kreking sxemasi: 1

Download 165,49 Kb.