50
bosimni esa oshirib borish orqali gazlarni suyuq holga o'tqazish).
2.
Suyultirilgan gazlar aralashmasini ketma-ketlik bilan bug‘lantirish yoki
rektifikatsiyalash.
3.
Absorbsiyalash va desorbsiyalash.
4.
Adsorbsiyalash va desorbsiyalash.
Ketma-ketlik
bilan
kondensatsiyalash
usuli
gazlar
aralashmasi
komponentlarining suyuqlanish haroratlari har xilligiga asoslangan. Bu usul bilan
qattiq yoqilg'ilarni kokslashda foydalaniladi. Hosil boMuvchi uchinchi
mahsulotlarni, tabiiy gazni, neftni qayta ishlashda hosil bo'lgan gazlar qayta
ishlanadi. Keng qo‘llaniladigan usullardan biri absorbsion — desorbsion usuldir.
Bu usulda gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlardan biri sovuq erituvchida
tanlab yuttiriladi. So‘ngra absorbsiyalangan gaz eritmani qizdirish yo‘li bilan
ajratib olinadi.
Bunda absorblovchi suyuqlik awal absorberni sug'oradi, unga qarama- qarshi
oqimda esa, ostdan gazlar aralashmasi kiritiladi. Absorbsiyalagan
suyuqlik issiq almashtirgichga oqib o‘tadi va ancha issiq desorberning tepasidan
sachratiladi. Undan gaz ajralib chiqqach desorberdan erituvchi avval issiq
almashtirgich orqali o‘tib soviydi. So‘ngra sovitgich orqali sovib, yana absorberga
keladi. Shunday qilib, erituvchi suyuqlik ketma-ket bir necha marta aylanadi
(sirkulatsiyalanadi). Bu usulda gazlarni etanolamining suvdagi eritmasidan
foydalanib, H,S, CO
2
, SO, lardan tozalanadi. Masalan, rangli metallurgiya
gazlaridan SO, ni ajratib olishda, koks gazlaridan xom benzolni, turli
uglevodorodlarni ajratib olishda va boshqalar. Adsorbsiya-desorbsion usulda
aralashmalar qattiq adsorbentga yuttirib ajratiladi. Bu usul absorbsion-desorbsion
usuldan adsorbentning agregat holati bilan farq qiladi.
51
Adsorbsiya-desorbsiya usulda gazlarni ajratish qurilmasining sxemasi:
1 -absorber; 2 -sovitgich, 3 - issiqlik almashtirgich, 4 -desorber, 5 -isituvchi
ko'ylak.