Neftni qayta ishlashning fizik usullari texnologiyasi




Download 165,49 Kb.
bet14/25
Sana19.01.2024
Hajmi165,49 Kb.
#141078
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakul-fayllar.org

Neftni qayta ishlashning fizik usullari texnologiyasi 
Neftni qayta ishlash va qaynash harorati farqiga qarab alohida fraksiyalarga 
(distillatlarga) ajratish bir bosqichli yoki ikki bosqichli uskunalarda amalga
oshiriladi. Binnchi holda jarayon atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli 
motor yoqilg‘ilari va mazut (ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil boladi. Ikki
bosqichli qurilmalarda neft awal atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg‘isi va 
mazut olinadi. So‘ngra mazutdan past bosimda haydab turli surkov moylari va
gudron olinadi. Gudron keyin qayta ishlanib rek, asfalt va neft koksi olinadi. 

Atmosfera vakuumli qurilmada neftni haydash 







Ikkala bosqichni birlashtirish katta iqtisodiy samara beradi va bunday qo‘shma 


uskuna atmosfera-vakuumli quvursimon qurilma (AVQ) deyiladi. AVQning
sxemasi -rasmda berilgan. 
Unda neft nasos (5) bilan (6,9,12,13) — quvursimon issiq almashtirgichlarga
navbat bilan ko‘tarib beriladi, u yerda 170—180" S gacha qizdiriladi so‘ngra 
quvursimon pech (l)ga o‘tib 320° S gacha qizib suyuq va bug
1
holatda 

rektifikatsiya kolonnasi (3)ning ostki qismiga boradi. U yerda bug'lanadi va bug‘


mazutning suyuq qismidan ajraladi. Bug' yuqoriga ko‘tarilib fraksiyalarga: solyar 
moylari (300—350"C 5%), kerosin (200—300°C, 19%), ligroinga (160—200"C,
8%) ajraladi. Bu fraksiyalar sovitilgach yig‘gichlarga borib yig‘iladi. Benzin (170° 
S gacha 15 %) kolonnaning yuqori qismidan bug
1
holatda chiqarib olinadi va awal 

issiqalmashtirgich (6)dan (toza neft bilan), so‘ngra kondensator (7)da


kondensatlangan suyuq holda suvdan ajratish uchun tindirgich (8)ga oqib o‘tadi. 
Olingan benzinning bir qismi yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug‘larini
kondensatlash uchun kolonnani sug‘orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini 
yaxshilaydi. Kolonnaning ostki qismidan neftning asosiy tarkibiy qismlarini
qaynash haroratini pasaytirish uchun o‘tkir bug
1
kiritiladi. 

Birinchi kolonnaning ostidan oqib chiqqan issiq mazut (55 %) 270— 280° S


haroratda quvursimon pech (2)ga olib boriladi. U yerda 400—420" S gacha qiziydi 
va 8—11 KPa bosimda vakuum ostida ishlovchi 4-kolonnaga yo‘llanadi.
Kolonnaning ostki qismidan qattiq qizigan bug* kiritiladi. Bug' awal gudrondan 
ajraladi, keyin yuqoriga ko‘tarilib silindr, mashina va vereten moyi fraksiyalarga
ajraladi. Ular sovitiladi va yig'ichga yuboriladi. Og‘irgazoyl kolonnadan bug
1

holda chiqariladi va issiqalmashtirgich (9)da, hamda kondensatorda sovitilib 


yig‘gichga yuboriladi. Uning bir qismi kolonnani sug‘orish uchun qaytariladi.


Kolonnaning ostki qismidan suyuq qoldiq gudron chiqarib olinadi. Shunday 
yo‘l bilan olingan fraksiyalar oltingugurt va kislorod saqlovchi birikmalardan
tozaianadi va zaruriy miqdorda sifatini yaxshilovchi moddalar qo'shilgach tayyor 



motor yoqilg'isi va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Olingan mahsulotlaming 


sifati va miqdori qayta ishlanadigan neftning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 165,49 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Download 165,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni qayta ishlashning fizik usullari texnologiyasi

Download 165,49 Kb.