stansiyalarining, sanoat pechlarining o‘txonasida yoqiladi. Surkov moylari
harakatdagi qismlarni bir-biriga tegib, joylari ishqalanishini kamaytirish
maqsadida qo'llaniladi.
Bunda
ishqalanishga kam
energiya
sarflanadi,
mexanizmlarning mustahkamligi ta’minlanadi, ularning yedirilishini oldi olinadi.
Surkov moylari qo‘llanish sohasiga qarab: industrial (vereten, mashina moylariga),
ichki yonar dvigatellari moylari (avtollar va aviatsiya moylari), transmission
(dvigatelning harakatini yoki aylanishini g'ildirak va tasmalar orqali boshqa
mexanizmlarga uzatuvchi qurilmalar uchun), turbina, kompressor va maxsus
maqsadlar uchun qo‘llaniladigan moylarga bo‘linadi. Surkov moylarining sifati
ularning surkash qobiliyati, qovushqoqligi, qotish va yonish harorati barqarorligi,
zichligi kabilar bilan belgilanadi.
Neftni qayta ishlashga tayyorlash. Neft quduqlaridan qazib olingan neft
tarkibida erigan gazlar, suv va mexanik aralashmalar — qum va tuproq ushlaydi.
Shuning uchun neft konlarida va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Neft
kondan maxsus quvurlar orqali po‘latdan yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz
ajratgich) oqib keladi. U yerda neftning bosimi va oqimi kamayganligidan unda
erigan gazlar (yo‘ldosh gazlar) ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida neft
tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman ajraladi. Mineral
tuzlarni ajratish uchun neft yumshoq va issiq suv bilan yuviladi. Neft suv bilan
mustahkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun ham tindirish yo'li bilan suvni
to'liq ajratib bo‘lmaydi. Suvni va tuzni neftdan to‘liq ajratish turli termokimyoviy
va elektrkimyoviy usullami qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Elektro-tuzsizlash
qurilmalarida shunday ishlov berish natijasida neft tarkibida suv 0,1% gacha, tuz
esa 70 — 100mg/l gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach stabillanadi, ya’ni oson
qaynovchi butan- pentanli fraksiya (qisman geksan fraksiyasi) haydab ajratib
olinadi. Bu operatsiya natijasida neftni saqlash va tashish jarayonida yengil
uglevodorodlarning yo‘qotishi oldi olinadi.