uskunalarni uch turga bo‘lish mumkin: xomashyoni qizdirishni va o‘zgarishini
ta’minlovchi pechlar va reaktorlar, mahsulotlarni bir-biridan ajratish uchun
rektifikatsiya kolonnalari (ustunlari), issiqlikni bekoiga chiqib ketmasligi, ya’ni
undan foydalanish uchun (utilizatsiyalash uchun) hamda sovitish kerak bo‘lgan
mahsulotlarni sovitish uchun issiq almashtirish uskunalari. Neft va neft
mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari odatda endotermik
bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishini talab qiladi.
-rasm. Issiqlik berishning asosiy usullari:
a —
tashqaridan qizdirish bilan; b — suv bug‘i bilan adiabatir;
d —
avtotermik (oksidlanish bilan); s —
qattiq issiqlik tashuvchi bilan.
Shu maqsadda qo‘llaniladigan uskunalar issiqlik berish usullari bilan bir-biridan
farq qiladi (-rasm). a-sxemada xomashyoni tashqi tomonidan qizdirish usulidan
foydalanib, b-sxemada qizdirishning adiabatik sharoitida, ya’ni issiqlik o‘tkazuvchi
yuza bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladi. Issiqlik tashuvchi sifatida yuqori
haroratdagi (90°—95° C) suv bug‘i ishlatiladi.
Avtotermik yoki oksidlash usulida (d-sxemada) zarur issiqlik xomashyoni bir
qismini atmosfera kislorodida yoqish bilan olinadi. Qattiq issiqlik tashuvchidan
Qizigan xomashyo pechning tepa qismidan chiqadi va qayta ishlash uchun
yuboriladi. Pech, keramik prizma shaklidagi pech devoriga mahkamlangan gorelka
(3) yordamida gaz yoqilg‘isi yoqib qizdiriladi. Bunday pechlar ixcham va yuqori
foydalanish koeffitsientiga ega. Neft mahsulotlarini bir-biridan ajratish turli
turdagi reaktifikatsiya kolonnalarida amalga oshiriladi. Qalpoqli tarelkasimon
turdagi barbotajli kolonnalar keng tarqalgan bo‘lib, odatda har bir kolonnada 30—
60 tagacha tarelkalari bo'ladi (ular gorizontal tekislikda o‘rnatilgan bo‘ladi).
Haydab ajratib olinadigan fraksiyalarning qaynash haroratini pasaytirish uchun
hamda uglevorodlarning termik parchalanishini oldini olish uchun ko'pincha suv
bug‘i bilan haydaladi.