• Neft va tabiiy gaz qazib olish usullari
  • III. Bob. Yoqilg‘i maxsulotlari haqida ma’lumot




    Download 165,49 Kb.
    bet9/25
    Sana19.01.2024
    Hajmi165,49 Kb.
    #141078
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
    Bog'liq
    Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakul-fayllar.org

    III. Bob. Yoqilg‘i maxsulotlari haqida ma’lumot 


    Neft va tabiiy gazni qayta ishlash 
    Neft yerosti qazilma yoqilg'ining yagona suyuq vakili. Uni bashariyat juda 
    qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida
    olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000— 4000 yil ilgariyoq 
    neftdan foydalanilganligidan shohidlik beradi. Neft tabiatda yer po‘stlog‘ining
    tektonik faoliyati tufayli hosil bo‘lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g‘ovak 
    qatlamlarida, yorug’ va bo‘shliqlarida to‘planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari
    konlarida, turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo‘ladi. 
    Neft katta bosim ostida bo‘lib, odatda yo’ldosh gazlar va neft suvi bilan birga
    uchraydi. 


    Neft va tabiiy gaz qazib olish usullari 
    Neft va gaz qazib olish uchun yer yoki tog‘ jinslari maxsus burg‘ulovchi 
    qurilmalar (burovoylar) yordamida diametri 150—250 mm bo‘lgan burg‘u
    quduqchalar qaziladi. Burg‘ulash qurilmasining balandligi 54 m bo'ladi. 
    Burg‘ulash qanday usulda olib borilmasin, quduq (skvajina) chuqurlashib borgan
    sayin uzunligi 4,5 m va diametri 168 mm li quvurlar biriga ulanib uzaytirib 
    borilaveradi. Burg'ulash jaravonida hosil bo‘lgan maydalangan jinslar quduqdan
    yuvuvchi suyuqlik (loyqa eritma) yordamida qarib tashlanadi. Qazish ma’lum 
    chuqurlikka yetgach, maxsus foydalanish quvuri o‘rnatilib, quvurning tashqi
    tomoni sementlab tashlanadi. Keyingi qazish ishlari diametri foydalanish 
    quvuridan kichik bo’lgan quvur yordamida amalga oshiriladi va shu yo‘sinda
    kerakli chuqurlikkacha qazib boriladi. So‘ngra oxirgi quvur ham sementlanadi. 
    Eng yirik tepa qismi esa armatura yordamida mahkamlanadi. So‘ngra maxsuldor
    qatlam portlatish yo‘li bilan ochiladi. Keyingi yillarda qazish ishlari qiya holda 
    ham amalga oshirilgan. Bu usul juda foydali bo‘lib, burovoy o'rnatish mumkin
    bolmagan joylarda ham (masalan, dengiz osti, aholi yashaydigan joylar, qurilishlari 


    26
    bo‘lgan joylar) qazish ishlarini olib borish imkonini beradi.


    Odatda neft va gaz yer ostida joylashgan chuqurligi, harorati va boshqalarga


    bog‘liq holda 1—50 MPa bosim ostida boladi. Kon ochilgan boshlang‘ich 
    davrlarida neft quduqdan yer yuzasiga o‘zi otilib chiqadi. Neft qazib olishning
    bunday usuli fontan usuli deyiladi. Barcha gaz quduqlaridan foydalanish yer 
    qatlamlarining bosimi tufayli fontan usulida boriladi. Neft olinavergach qatlamdagi
    bosim kamayadi. So'ngra majburiy yo‘l bilan chiqarishga o‘tiladi. Majburiy 
    yollaiga: quduqqa nasos tashlab chiqarish va kompressor usullari kiradi. Quduqqa
    nasos tashlab chiqarish usulida, quduq diametridan kichikroq diametrli uchiga 
    nasos o’rnatilgan quvur quduqqa tashlanadi va nasos neftni yuqoriga chiqarib
    beradi. Kompressor usulida quduqqa katta bosimda neft gazlari yoki havo 
    yuboriladi. Gazlar o‘zi bilan neftni ham olib chiqadi. Ayniqsa, yer ostiga neft
    qatlamlariga gaz yoki havo yuborib kata bosim hosil qilish usuli keng qo‘llaniladi. 
    Bu usullarni qo‘llash bilan kondagi neftning 50 %ini olish mumkin. Neft
    kamaygan konlardan foydalanish uchun yerosti neft qatlamlariga turli
    usullar
    bilan

    ta’sir
    ko‘rsatadilar. 





    Erosti qavatlarida bosim hosil qilish bilan neft qazib olish. Masalan, gidravlik 


    usulida (suv yuborib), kislota bilan ishlov berish, burg‘u quduqlariga bug

    yuborish 

    yoki issiq suv yuborish yoki yer ostida neftning ozroq qismini yoqish va


    boshqalar. Bu usullarni qo'llash neft chiqarishni 80 — 90%ga yetkazadi. 
    0‘zbekistonda neft qadim zamonlardan beri ma’lum. Farg‘ona neft konlaridan
    foydalanish asosan XX asrning dastlabki yillaridan boshlangan Dastvval Chimyon 
    (1904-yil), keyinchalik Moylisoy, Selroha, Neftobod (1934-yil), Andijon neft
    konlari ishga tushirildi. Farg'ona vodiysida 30 dan ortiq neft konlari bor. Buxoro, 
    Sirdaryo va Qashqadaryodagi Polvontov (1944-yil), So‘x, Lalmikor, Qakaydi
    (1939-yil), Uchqizil (1940), Sariton (1956), Muborak, Qoraxitoy, Qorabair va 
    boshqa neft konlaridan neft qazib olinmoqda. Neft qazib chiqarish yildan-yilga
    o‘shib bormoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ikkita juda yirik neft 
    koni — Namangandagi Mingbuloq va Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq neft konlari
    topildi. Ularning har qaysisidan yiliga 5—6 mln t. neft qazib olish mumkin. Ushbu 
    konlar bazasida respublikamizda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi
    rekonstruksiya qilindi va yiliga 5—6 mln t. neftni qayta ishlash qudratiga ega 
    bo‘ldi. Buxoroda (Qorovulbozorda) ham Yaponiya texnologiyasi asosida eng
    zamonaviy neftni qayta ishlash zavodi qurilishi jadal sur’atlarda olib borilib, 1996-
    yilning dekabrida zavod qurilishi tugadi. Bu zavod yiliga 5 mln. t. neftni qayta
    ishlash qudratiga ega. Har ikkala zavod to‘la quvvat bilan ishlay boshlagach 
    respublikamizning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabi to‘la qondiriladi va chetdan
    benzin va boshqa neft mahsulotlari sotib olishga ehtiyoj qolmaydi. 



    Download 165,49 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




    Download 165,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Bob. Yoqilg‘i maxsulotlari haqida ma’lumot

    Download 165,49 Kb.